Unguenti Naphthalani 40,0
Amyli 20,0
M.F. pasta
D.S. Sirtga surtish uchun
Texnologiyasi: rux oksidi va oltingugurt yaxshilab aralashtiriladi, ustiga naftolan
mazidan ozgina eritib solinadi, va massa yaxshilab eziladi. So’ngra massa ustiga eritilgan
mazni qolgan qismi solinib, bir hil massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi, Tayyor pasta og’zi
yaxshi yopiladigan idishlarga qadoqlanadi “Sirtga" yorlig’i bilan jihozlanadi. Bundan
tashqari terini turli qitiqlovchi moddalardan saqlaydigan
HIOT- 6 pastasi tarkibi: 2,4 -
jelatina, 5,6 - kraxmal, 72 - glitserin. 20 - Burov suyuqligidan va 8- suvdan iborat.
Pastalar sifatini baholash
1. Pastalar sifatini tashqi ko’rinishi bo’yicha baholanadi.
2. Pastalar tarkibidagi moddalarning bir xil tarqalganligi, bir xil massaga ega ekanligi bilan
baholanadi.
3. Tayyor massa kaftga surtganda hech qanday zarrachalar sezilmasligi kerak.
4. Pastalar mazlarga qo’yilgan barcha talablarga javob berishi kerak. Pastalar og’zi ya xshi
yopiladigan idishlarda, salqin va qorong’i joyda saqlanadi.