I. O`quv fanining dolzarbligi va ahamiyati, oliy kasbiy ta'limdagi o`rni
Ushbu fan dasturi O`zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy
maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh etish, rivojlangan davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va
ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashdir. Oliy farmatsevtika ta’lim
tizimida “Farmatsevtik texnologiya” fani muhim o’rin egallaydi hamda yuqori malakali kadrlarni
tayyorlashda asosiy fanlardan biri hisoblanadi. Mazkur tayyorlangan dastur O`zR Prezidentining
“O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi
2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son farmoni va O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim
vazirligining “O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 fevraldagi 81-sonli buyrug`ida
belgilangan vazifalar hamda xorijiy adibiyotlardan foydalanilgan holda ishlab chiqilgan.
Ushbu dasturda farmatsevtik texnologiya fanini ta’rifi, uning maqsadi va vazifalari, fan
bo‘yicha talabalarning bilimiga, o‘quv ko‘nikmasiga qo‘yiladigan talablar, ma’lum maqsadga
qaratilgan masalalari mutaxassislik fanlarning o‘zaro bog‘liqligi, hozirgi zamon tibbiyotida dori
preparatlarining tutgan o‘rni, dori turlari texnologiyasida farmatsevtik texnologiya asoslarini
mukammallashtirish omillari, dorixonada dori tayyorlashda xom ashyoga bo‘lgan talablar, dori
tayyorlash xonalariga, ishlovchi mutaxassislarga dorixonada tayyorlanadigan dori turlarini sifatini
me’yorlashda alohida e’tibor berish ko‘rsatib o‘tilgan.
Dasturda dorixona sharoitida ishlab chiqariladigan dori turlarini tayyorlash usullari asosiy
o‘rin tutadi. Dori ishlab chiqarishda dorixona sharoitlari va ularni tashkillashtirish belgilangan.