3-mavzu. Zaharli va kuchli ta’sir etuvchi moddalar ro‘yxatiga kiradigan dorilar bilan ishlash qoidalari, ular bilan murakkab poroshoklar tayyorlash O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 1996 yil 17 iyundagi 489-son
buyrug‘i. Zaharli va kuchli ta’sir etuvchi moddalar ro‘yxatiga kiradigan dorilar bilan ishlash
qoidalari. Zaharli va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bilan murakkab poroshoklar tayyorlashning
o‘ziga xosligi. Trituratlar tushunchasi. Trituratlar tayyorlash texnologiyasi. Trituratlardan
foydalangan holda poroshoklar tayyorlash, ularni qadoqlash qoidalari, yorliqlash va sifatini
tekshirish.
4-mavzu. Yig‘malarning tayyorlanish texnologiyasi, sifatini baholash Dorixona sharoitida yig‘malar texnologiyasi. Yig‘mlar ta’rifi, tasnifi, retsept yozish
qoidalari.Yig‘malar texnologiyasi (maydalash, elash, aralashtirish, dozalash). O’simlik xom
ashyosiga qo’yilgan talablar. Dori moddalarni (tuzlar, efir moylari, spirtli eritmalar) yig‘malar
tarkibiga kiritish qoidalari. Yig‘malarning mualliflik tarkiblari. Dozalangan yig’malar. Yorliqlash.
Yig‘malarlarni qadoqlanishi, sifatini tekshirish va saqlash.
5-mavzu. Suyuq dori turlari ta’rifi, tasnifi, texnologiyasi. Erituvchilar va ularning zamonaviy tasnifi Suyuq dori shakllarining ta’rifi, tasnifi. Eruvchanlik tushunchasi. Erituvchilar tasnifi, ularga
qo‘yilgan talablar. Suyuq dori turlariga retsept yozish tartibi va konsentratsiyasini belgilash
usullari. Eritma tayyorlashni umumiy texnologik jarayoni. Eritmalariga xos tayyorlash usullari.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2002 yil 29 dekabrdagi 582-sonli buyruq
bilan tasdiqlangan “Dorixona muassasalarida suyuq dori turlarini tayyorlash bo‘yicha qo‘llanma”
bilan tanishtirish.
6-mavzu. Suvli eritmalar texnologiyasi. Konsentrlangan eritmalar tayyorlash texnologiyasi
Dori moddalarni fizik-kimyoviy xususiyatlaridan kelib chiqib (oson va qiyin eriydigan,
kompleks birikma hosil qiladigan, kuchli oksidlovchilar va b.) suvli eritmalar texnologiyasini ishlab
chiqish qoidalari. Byuretka moslamasi uchun konsentrlangan eritmalar tayyorlash, ularni
quyultirish va suyultirish usullari. O‘zR SSV 2002 yil 29 dekabrdagi 582-sonli va 583-sonli
buyruqlariga asosan ish olib borilishi.