|
-mavzu. Suvli ajratmalar, ularni olish jarayoniga ta’sir qiluvchi omillar. Qo‘llaniladigan Pdf ko'rish
|
bet | 395/436 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 7,28 Mb. | | #149752 |
Bog'liq farmatsevtik texnologiya 15-mavzu. Suvli ajratmalar, ularni olish jarayoniga ta’sir qiluvchi omillar. Qo‘llaniladigan
asbob-uskunalar.
Suvli ajratmalarning ta’rifi, tasnifi, dori shakli sifatida afzallik va kamchiliklari. Ekstraksiya
jarayonining nazariy asoslari. Suvli ajratmalardan biofaol moddalarni ajralishiga ta’sir etuvchi
omillar (xom ashyoni maydalik darajasi, ajratmaning pH muhiti, xom ashyoni suv shimish
koeffitsiyenti, konsentratsiyalar farqi, xom ashyo va ekstragent nisbati, harorat tasiri va b.).
Damlama va qaynatmalarni olishda qo‘llaniladigan asbob-uskunalar: infundir apparat tuzilishi,
ishlash prinsipi.
16-mavzu. Suvli ajratmalarning xususiy texnologiyasi, sifatini baholash. Mualliflik tarkiblari.
Damlama va qaynatma tayyorlashning o‘ziga xos texnologiyalari: alkaloid, yurak
glikozidlari, antroglikozidlar, oshlovchi moddalar, efir moylari , saponinlar saqlovchi o‘simlik xom
ashyosidan suvli ajratmalar olish. Damlama va qaynatmalarga dori moddalarini qo‘shish qoidalari.
O‘z RSSVning 2002 yil 29 dekabrdagi 582-sonli va 583-sonli buyruqlarida suvli ajratmalar
texnologiyasiga oid bo‘limlari.
17-mavzu. Shilimshiqlar. Ekstrakt konsentratlardan foydalanib suvli ajratmalar tayyorlash,
sifatini baholash
Shilimshiq saqlagan xom ashyodan (gulxayri ildizi, zig‘ir urug‘i, salep tuganagi va b.)
ajratma olishning o‘ziga xos tomonlari. Sarf koeffitsient tushunchasi, uning qo‘llanilishi. Ekstrakt-
konsentratlar tushunchasi, tasnifi, ularni suvli ajratmalar olishda qo‘llanilishi. Suvli ajratmalarning
ekstrakt-konsentratlardan foydalangan holda olishning afzalliklari. Murakkab tarkibli dorixatlarda
ekstrakt konsentratlardan foydalanganda dorivor moddalarni qo’shish qoidalari. Mualliflik
takriblar. Suvli ajratmalarni saqlash, sifatini baholash va takomillashtirish yo‘llari.
18-mavzu. Fitoterapiyaning asosiy qoidalari. Fitoterapiyaning tasnifi va xususiy
texnologiyasi.
Fitoterapiya tushunchasi, kelib chiqish tarixi, ahamiyati, qoidalari va prinsiplari. Qadimda va
bugungi kunda faoliyat yuritayotgan maktablar. Fitopreparatlar tasnifi. O’zbekiston Respublikasi
SSVning 2009 yil 2 fevraldagi 25-sonli buyrug’iga asosan dorixonalarda va DPMlarda fitobarlarni
tashkil etish, fitoichimliklarni afzalligi. Jihozlash va qadoqlash qoidalari.
|
| |