- zaharli va kuchli ta’sir etuvchi moddalarning dozalarini tekshirish;
- dori va yordamchi moddalardagi mutanosiblikni belgilash;
- dori turlarini tayyorlashning nazariy asoslarini va amaliy usullarini qo‘llash;
- adabiyotlardan foydalanish
bilishi va ulardan foydalana olish;
- dori turlarini tayyorlashda farmatsevtik texnologiyani to‘g‘ri tashkil qilish;
- retseptni o‘qish, uni yozilishi va rasmiylashtirilishi to‘g‘riligini nazorat qilish;
- dori turlarini tayyorlash uchun kerak bo‘lgan dori va yordamchi moddalar miqdorini hisoblash;
- dori turini tayyorlash uchun zarur bo‘lgan asbob-uskuna va apparatlarni ishlatish, dori tayorlash
texnologiyasini to’g’ri tanlash;
amaliy ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
III. Asosiy nazariy qism (maruza mashg`ulotlari)
5111000 –Kasb ta’limi (5510500 –Farmatsiya
(Farmatsevtika ishi)
5-semestr
1- mavzu. Fanning, asosiy termin va tushunchalari, me’yoriy hujjatlar.
Poroshoklar, ularning umumiy texnologiyasi
Fanning asosiy termin va tushunchalari. Dori moddasi, dori turi va dori preparati
tushunchalari. Dorilarni tayyorlashga, sifatini baholashga taalluqli me’yoriy hujjatlar bilan
tanishtirish. Dori tayyorlash jarayonida foydalaniladigan asbob-uskunalar, ishlash prinsiplari.
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 2018 yil 27 martdagi 17-son buyrug‘i
bilan tanishish. Poroshoklar ta’rifi, tasnifi. Dorixona sharoitida poroshoklar tayyorlashda
ishlatiladigan asbob uskunalar. Poroshoklarni tayyorlashning umumiy texnologik bosqichlari.
2-mavzu. Poroshoklarning xususiy texnologiyasi (to‘zg‘uvchi, bo‘yovchi va qiyin
maydalanuvchi moddalar, ekstraktlar va efir moylari bilan poroshoklar tayyorlash misolida)
Murakkab tarkibli poroshoklar tayyorlash usullari. Bo’yovchi, qiyin maydalanuvchi,
to’zg’uvchi moddalar ro‘yxati, ular bilan poroshoklar tayyorlashning o`ziga xosligi. Ekstraktlar
ta’rifi, tasnifi. Suyuq, quyuq va quruq ekstrakt bilan poroshoklar tayyorlashning o‘ziga xos
tomonlari. Efir moylari ishtirokida poroshoklar tayyorlash qoidalari. Poroshoklarni jihozlash va
sifatini tekshirish.