|
II. O`quv (modul) dasturining maqsadi va vazifalari Pdf ko'rish
|
bet | 390/436 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 7,28 Mb. | | #149752 |
Bog'liq farmatsevtik texnologiya II. O`quv (modul) dasturining maqsadi va vazifalari
Fan dasturining maqsadi - talabalarda dorixona sharoitida ishlab chiqariladigan dori
turlarini tayyorlash usullari, dori ishlab chiqarishda ishlatiladigan yordamchi moddalar, ularning
sifati va mutanosibligini, dorixonada dori tayyorlashda hozirgi zamon talablarini o‘rgatish hamda
ularni amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarning nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, dori
tayyorlashga va sifatini baholashga uslubiy yondoshuvni shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fan dasturining vazifalari:
-
farmatsevtik texnologiyaning asosiy tushunchalari, uning maqsad va vazifalari, rivojlanish
bosqichlari, dorilar texnologiyasi sohasidagi ilmiy tekshirishlarning asosiy yo‘nalishlari;
-
bugungi kundagi dori turlari nomenklaturasi va tasnifi;
-
dori turlarini tayyorlashning asoslari, qadoqlash va jihozlash masalalari;
-
dori turlarini sifatini MH asosida nazorat qilish tartibi;
- dori turlarining tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishi to‘g‘risida asosiy ma’lumotlarni bilishi;
- talabalarni nazariy ma'lumotdan boshlangich amaliy ko’nikmalarni bajarish darajasiga
qadamma-qadam o’rgatish;
- zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalarni dars jarayoniga tadbiq etib, talabani fikrlash va
bilimini saqlash darajasini oshirish.
Fan bo’yicha talabalarning bilim ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi.
Tаlabа:
- tarozini metrologik tavsifini hamda uni tuzatish va ishlata olishni;
- kichik mexanizatsiya asboblari va anjomlari bilan ishlashni;
- kerakli hisob-kitoblarni qilishni;
- aseptik sharoit yaratishni va unda ishlashni;
- hajm o‘lchov asboblarini tasnifi, tavsifi va ishlash qoidalarini bilishni;
- dori turlarini berish va jihozlashni;
- dorilarni saqlash sharoitlari va saqlash muddatini;
- laboratoriya va korxona sharoitida ish joyini tashkil qilishni;
- mutaxassislik bo‘yicha muammolarni yechishda me’yoriy-texnik hujjatlar, ma’lumotnoma va
ilmiy adabiyotlardan foydalanishni (DF, reglament, DST va boshqalar).
- moddalarning fizik-kimyoviy va texnologik xossalariga binoan bog‘lovchi moddalarni tanlashni;
- in’yeksion eritmalarning, ko‘z dori turlarining barqarorligini ta’minlash usullarini tasavvurga ega
|
| |