Streptotsid 90 % li etanolda eritiladi, kerak bo‗lsa bir bo‗lak paxtada suziladi, paxta etanolda
namlangan bo‗lishi kerak, so‗ngra 3 % vodorod peroksid qo‗shiladi
16
.
Rp.: Natrii hydrocarbonatis 0,4
Glycerini 10,0
M.D.S. 3 tomchidan kuniga 2 mahal o‗ng quloqqa
Natriy gidrokarbonatning glitserindagi eruvchanligi 1:25. Natriy gidrokarbonatni to‗liq
eritish uchun hovonchada uni glitserin bilan ezg‗ilanadi. Suzilmaydi.
Rp.: Phenolipuri 0,5
Glycerini 10,0
M.D.S. 5 tomchidan kuniga 3 mahal iliq holda chap quloqqa
Kristall fenolni bemorga beriladigan shishacha glitserin bilan solib, qizdirilgan holda eritiladi
(issiq suvli idishga solinadi). Yaxshi eriydi. Suzilmaydi. Fenol ishlatishda ehtiyotkorlik talab
qilinadi.
Rp.:Mentholi 0,05
Phenylii salicylatis 0,25
Solutionis Adrenalini hydrochloridi 1:1000gtt XX
Olei Vaselini 10,0
Mentholi 0,05
M.D.S. Burun tomchisi
Mentol va fenilsalitsilat iliq moyda (40—50°C) birin- ketin eritiladi. So‗ngra adrenalin
gidroxlorid eritmasi qo‗shiladi. Suzilmaydigan mayin suspenziya hosil bo‗ladi
Rp.:Chlorali hydrati
Camphorae aa 3,0
Mentholi 0,3
M.D.S. Tish tomchisi
Bu retsept tish tomchisi sifatida keng qo‗llaniladi. Uni shishacha komponentlarni bir - birida
qizdirib, aralashtirish yo‗li bilan olinadi (shishacha issiq suvga solinadi). Bu dori turi evtetik
aralashma hisoblanadi.