Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi




Download 7,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/436
Sana01.02.2024
Hajmi7,28 Mb.
#149752
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

Kamed eritmalari (elimlar)
Kamed eritmalari (gummiarabika, tragakant, olcha elimi) — suyuq shakli bo‗lib, 
shilimshiqlar (Mucilaqines) deb umumiy nom bilan atalgan, bunday eritmalar yopishkokligi 
jixatidan hamda dori moddalarni o‗rab olish xossasi jixatidan YUMBga o‗xshashliklari ko‗p.
Arab elimi eritmasi Mucilagines Gummi Arabicae — 1:30 nisbatda tayyorlanadi (IX DF). 
Elim — mayda parchalar ko‗rinishida dorixonaga keltiriladi. Uni yigib olinadigan erdagi 
sharoiti, vaqti va usuliga qarab tozalik darajasi turli xil bo‗lishi mumkin. Eritma tayyorlanganda 
uning tarkibidagi iflosliklar eritmaga o‗tmasligi uchun bu eritmani alohida usul bilan tayyorlash 
tavsiya etiladi. Tortib olingan kamed doka xaltachaga solinib, uni suv to‗ldirilgan idishga kamed 
suvga bo‗kadigan qilib osiltirib qo‗yiladi.
Kamed erish jarayonida og‗irligi bilan banka tubiga bor cho‗kadi va o‗rniga yangi qism 
erituvchi kirib, kamed eritma holda suvga o‗tadi. Bunda suzish (tozalash) jarayoni ham oldindan 
bajariladi.
Uy sharoitida bu miksturada bijgish va achish xodisalari ro‗y berishi mumkin, shuning 
uchun qorongi va salqin joyda saqlanadi.
Tragakant shilimshig‗i (Mucilago tragacanti) 1:100 nisbatda tayyorlanadi. Eritma 
turg‗unligini oshirish maqsadida uning tarkibidagi tragakantni 20% miqdorida arab elimi bilan 
aralashtiriladi. Uni makromolekulalari tragakant makromolekulalaridan kichik bo‗lgani tufayli 
tragakantdan oldin bo‗kadi va eriydi, tragakant molekulalari orasiga joylashib uning ulkan 
molekulasini soddalashtiradi.
Rp.: Mucilaginis Tragacanthae 100,0
D. S. Ichish uchun.
Pasporti: Tragakant 0,8
Arab elimi 0,2
Toza suv 100ml
V
um
=100 ml
0,8 tragakant va 0,2 arab elimi yaxshilab maydalanadi, bir xil kukun hosil bo‗lguncha, 
keyin taxminan 100 ml suv bir xil massa hosil bo‗lguncha, keyin oz-ozdan qolgan suv bilan 
suyultiriladi.

Download 7,28 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   436




Download 7,28 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi

Download 7,28 Mb.
Pdf ko'rish