sonli shisha filtrlardan foydalanish yoki paxta orqali suzish ham mumkin. Tayyor eritma rangli
shisha idishga solinib jihozlanadi.
Rp.:
Solutionis Collargoli 2%-200 ml.
D. S. 1-2 tomchidan 3 marta quloq tomchisi.
Pasport
: Kolorgol 4,0
Tozalangan suv 196 ml
V umumiy=200ml
Kollargol tarkibida 70% kumush bor. 30% oksil bilan muxofazalangan kolloid preparat
bo‗lib muxofazalovchi oksil sifatida lizalbin, izalbin va protalbin kislotalarining natriyli tuzi
ishlatiladi
18
.
Bemorga beriladigan idishga filtrlangan 196 ml suvda 4,0 chayqatib eritiladi. Eritishni
osonlashtirish uchun uni hovonchada tayyorlash mumkin. Kollargol hovonchaga solinib, uni 10–
15 tomchi suv bilan eziladi, so‗ng qolgan suvni solib aralashtiriladi. Kollargol preparati eski
bo‗lsa, uni erishi kiyin bo‗ladi. CHunki uni kurishi va xavo ta‘sirida oksillarning eriydigan
natriyli tuzlari erimaydigan kislotalarga aylanib kolishi mumkin. Bunda kollargolni eritish
natijasida uning qoldiq bo‗lakchalari erimay qoladi. Bunday hollarda 1 tomchi 0,1n natriy
ishqori tomizilsa, qoldiq erib ketadi. Eritmani paxta chimdimi orqali suzib tozalash mumkin.
qadoqlash uchun rangli shisha idish ishlatgan ma‘qul.