12 - Ma‘ruza. MAVZU 12. Stabilizatorlar. Suspenziyalarning xususiy texnologiyasi, sifatini baholash. Ma‘ruza maqsadi: suspenziyalar va ularning tarkibi dori modasi va yordamchi
moddalarni fizik- kimyoviy xossalari haqida nazariy bilimlarni o‘rganish. Shuningdek nazariy
bilimlari asosida talabalar dispersion, kondensatsion usul suspenziyalarni tayyorlash va sifatini
tahlil qilishni o‘rganish.
Reja: Gidrofil moddalardan suspenziyalar tayyorlash.
Gidrofob moddalardan suspenziyalar tayyorlash.
Suspenziyalar sifatini aniqlash.
Tayanch atama va iboralar: gidrofil xususiyatli moddalar, gidrofob xususiyatli moddalar,
kuchli gidrofob xususiyatli moddalar, kuchsiz gidrofob xususiyatli moddalar, stabilisator.
Gidrofil moddalardan tayyorlanadigan miksturalar Agar dorixatda ko‘rsatilgan dori moddalar yuzasi suv bilan yaxshi xo‘llansa-yu, lekin
zarrachalari yirik bo‘lsa, suvda erib yetarli darajada turg‘un mikstura-suspenziyalar olish
mumkin. Tabiiy mayda gidrofil xossali kukunlardan tayyorlangan suspenziyalarga tatbik
qilingan omillarni, agregat turg‘unlik holatini hosil qiladigan suspenziyalarga ham tatbiqqilsa
bo‘ladi.
Rp.: Bismuthi subnitratis 4,0
Aguae Foeniculi 200,0 ml
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 marta ichilsin. Ichishdan oldin chayqatilsin.
Hovonchada vismut nitrat asosini 1,5-2 ml ukropli suv bilan eziladi. Suyuq bir xil massa
olingandan keyin dasta bilan aralashtirib turgan holda suv qo‘shiladi, so‘ng hovonchani qolgan
ukropli suv bilan chayib beriladigan idishga quyiladi.
S. F. Shubin o‘zining kitobida vismut nitrat asosini jelatoza bilan stabillashni tavsiya
qilgan. Buning zarurati yo‘q. Yuqorida keltirilgan mikstura, yaxshi ezib tayyorlangan suspenziya
bo‘lib, sekinlik bilan cho‘kmaga tushadi, ammo chayqatilsa, osonlikcha oldingi holiga qaytadi.
Bu berilgan miksturada, stabillash sabablaridan biri yuza taranglik potensiali bo‘lib, vismut nitrat
asosi zarrachalarining elektrolitik parchalanishi natijasida hosil bo‘ladi. Agar retsept tarkibiga
dispersion muxit qovushqoqligini oshiradigan modda qo‘shilsa,bu modda yuza faol modda
bo‘lmasa ham, gidrofilli moddalar bilan tayyorlangan mikstura-suspenziyalar turg‘unligi ancha
yuqori bo‘ladi. Masalan: bunday miksturalarga shakar va meva sharbatlaridan qo‘shish tavsiya
20
Ллойд В.Аллен, Гаврилов А.С. Фармацевтичесая технология изготовления лекарственных
препаратов.-«ГЭОТАР-Медиа».- Москва.-2014. (511 бет)
etiladi. Bunda dori modda oz miqdordagi sharbat bilan ezilib, hosil bo‘lgan massani qolgan
sharbat bilan, keyin suv bilan eziladi.
Sharbatlar miksturaning qovushqoqligini oshiradi, buning natijasida dori moddalarning
osilmadagi zarrachalarining cho‘kmaga tushish tezligi kamayadi va to‘gri dozalarga bo‘linadi.