idishga kuyamiz. Belladonna ekstraktini suv qo‘shilmasdan ilgari birlamchi massa bilan ezgan
yaxshiroq. Ekstrakt kolloid eritma holida joylashgan bo‘ladi.
Agar metilsellyulozani va
kraxmalni qo‘shsak, massani darrov 5% metilsellyuloza va 5% kraxmal elimi bilan olamiz. har
xil stibilizatorlar bilan fenilsalitsilat suspenziyasi dispersligini aniqlash 6-jadvalda keltirilgan.
Ma‘lumki, fenilsalitsilatning yuqori dispersli suspenziyasi 5% metilsellyuloza eritmasi
bilan, jelatoza, gorchitsa urug‘i shilimshig‘i va polisaxarid eritmasini kompleks (chuchukmiya
ildizi) olish mumkin.
Yuqori molekulali birikmalar suspenziyalarni stabillash uchun keng qo‘llaniladi va gidrofil
dori moddalardan suspenziya tayyorlashda ham foydalaniladi. Bariy sulfat suspenziyasini
stabillash alohida muximroq savollardan bo‘lib, uning me‘da-ichak yo‘llari
rentgen suratini
olishda yuqori konsentratli suvli 45-55% suspenziya ishlatiladi. Bu suspenziya xaddan tashqari
turg‘unmas, tezda bo‘laklarga ajraladi, shu bilan birga dispers fazani cho‘kmasi oldingi holiga
qaytishi kiyin. Bunday suspenziyalarni stabillash uchun har xil yuqori molekulali moddalar:
zig‘ir urug‘ining shilimshig‘i - mutsin, bentonit va b. taklif qilingan.