• Texnologiyasi
  • Gidrofob moddalardan suspenziya tayyorlash




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet65/436
    Sana01.02.2024
    Hajmi7,28 Mb.
    #149752
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   436
    Bog'liq
    farmatsevtik texnologiya

    Gidrofob moddalardan suspenziya tayyorlash
    Gidrofob moddalar ikki guruhga bo‘linadi:
    kuchli gidrofob xossaga ega bo‘lgan;
    kuchsiz gidrofob xossaga ega bo‘lgan.
    Kuchli gidrofob xossani namoyon etuvchi moddalarga kamfora, mentol, timol, oltingugurt 
    kiradi. Kuchsiz gidrofob xossani namoyon etuvchi moddalarga sulfanilamid preparatlari, 
    terpingidrat, benzonaftol, fenilsalitsilat kabilar kiradi. Ulardan dispersion usulda suspenziya 
    tayyorlaganda dispers faza suyuqlik ustiga kalkib chikib flokulyasiyaga uchraydi yoki idish 
    devorlariga yopishib qoladi. Shunday xodisalarni oldini olish uchun bu moddalarni gidrofillash 
    talab qilinadi. Gidrofillash uchun ishlatiladigan moddalar stabilizatorlar deb ataladi. Ularga 
    jelatoza (jelatinani chala gidroliz mahsuloti), elimlar, o‘simliklardan olinadigan shilimshiq 
    moddalar, kraxmal kleysteri, polisaxarid komplekslari, MS, KMS, PVP, poliglyukin, spanlar, 
    tvinlar, bentonit va boshqalar misol bo‘ladi.
    Masalan, stabilizator sifatida jelatoza ishlatsak, 1 g kuchli gidrofob xossaga ega bo‘lgan 
    moddaga — 1 g, kuchsiz gidrofob xossaga ega bo‘lgan moddalarga — 0,5 g jelatoza qo‘shiladi.
    Rp.: Sol. Natrii bromidi 0,5%—120 ml
    Camphorae 1,0
    Coffeini natrii — benzoatis 0,5
    M.D.S. 1 osh qoshiqdan 3 mahal.
    Pasporti: Natriy bromid eritmasi (1:5) 3ml
    Koffein benzoat natriy eritmasi (1:10) 5ml
    Tozalangan suv 112 ml
    Kamfora 1,0
    Jelatoza 1,0
    V umumiy=120ml
    Texnologiyasi: Yordamchi idishga 112 ml tozalangan suv, 5 ml kofein benzoat natriy
    eritmasi (1:10), 3ml natriy bromid eritmasi (1:5) solamiz. Hovonchada 1 g kamfora 1 ml 90% li 
    etanol bilan maydalanadi. So‘ngra 1 g jelatoza qo‘shib aralashtiriladi. Ustiga 1 ml tayyorlangan 
    eritmadan qo‘shib mayin pulpa hosil qilinadi va beriladigan idishga oldin tayyorlab quyilgan 
    eritma bilan chayib solinadi.
    Oltingugurt bilan tayyorlanadigan suspenziya o‘ziga xos usulda tayyorlanadi. 1g 
    oltingugurtga 0,1-0,2 g tibbiet sovuni (kaliyli sovun) qo‘shish kerak. YUMB larni stabilizator 
    sifatida ishlatish mumkin emas. Chunki ular oltingugurtning farmakologik ta‘sirini kamaytirib 
    yuboradi.
    Rp.: Sulfuris praecipitati 4,0
    Spiritus aethylici 10 ml
    Glycerini 15,0
    Aq. purif. ad 180 ml


    M.D.S. Sirtga.
    Pasport: Oltingugurt 4,0
    Glitserin 15,0
    Etil spirti (90 %) 10ml
    Kaliyli sovun 0,4 g
    Tozalangan suv 180 ml
    V umumiy=180ml

    Download 7,28 Mb.
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   436




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gidrofob moddalardan suspenziya tayyorlash

    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish