• Emulsiyaning mikroskop ostida ko‘rinishi Emulsiyalar
  • Emulsium ad usum internum
  • Emulsiyalarning hosil bo‘lish nazariyasi




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet68/436
    Sana01.02.2024
    Hajmi7,28 Mb.
    #149752
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   436
    Bog'liq
    farmatsevtik texnologiya

    Emulsiyalarning hosil bo‘lish nazariyasi
    Emulsiyalar hosil bo‘lishidagi asosiy masalalardan biri agregat turg‘unlikni o‘rganishdir. 
    Emulsiyalarda agregat turg‘unlik bu har tomonlama dispers sistema bo‘lib, dispers faza, 
    dispersion muxitda ko‘prok vaqt ichida bir xilda muallak tarqalishdir. Bunda asosan har bir 
    zarracha alohida koagulyasiya holatisiz yoki koalessensiyasiz cho‘kmaga tushadi. Dorixonada 
    tayyorlanadigan emulsiyalarning hosil bo‘lishida agregat turg‘unlik asosiy hisoblanganligi uchun 
    emulsiya hosil bo‘lish nazariyasidagi ba‘zi bir masalalarga to‘xtalib o‘tamiz.


    23
    Emulsiyaning mikroskop ostida ko‘rinishi
    Emulsiyalar xususiyatiga va eng asosiy agregat turg‘unligiga qarab, emulsiyalar ikkiga
    bo‘linishi mumkin: suyultirilgan va konsentrlangan. Suyultirilgan emulsiyalarda dispers fazaning 
    hajmi (yog yoki suv) 0,1% dan oshmaydi. Aniqlanishicha, suyultirilgan emulsiyalarda osilgan 
    zarrachalarni elektr zaryadi yordamida stabillash asosiy omillardan biridir yoki suyultirilgan 
    emulsiyalar kolloid zoliga o‘xshashdir. Tibbiyotda ishlatiladigan emulsiyalarga konsentrlangan 
    emulsiyalar kiradi. Undagi dispers fazaning miqdori 5% dan oshik. Bu sistemadagi stabillash —
    (turg‘unligini oshirish) holati kolloid eritmalardan birmuncha farqlanadi. Dispers fazada 
    zarrachalarning elektr zaryadi — emulsiyalarda ikkinchi o‘rinda turadi. Agarda o‘simlik moyi va 
    suv teng hajmda olinib aralashtirilsa, disperslanish nazariy jixatdan bir xil bo‘lib, bir vaqtning 
    o‘zida ikkala turdagi m/s va s/m emulsiyasi hosil bo‘ladi. Bu holat bir fazaning ikkinchi fazadan 
    oshikrok turg‘unligiga bog‘liq. Bu konsentrlangan emulsiyalarning suyultirgan emulsiyalardan 
    birinchi farqi hisoblanadi. Ikkinchi farqi shundaki, konsentrlangan emulsiyalar ikki xil toza 
    suyuqlikdan tashqil topgan bo‘lib, dispergirlashni to‘xtatish bilan bu sistemaning butunlay 
    turg‘unligi buzilib bo‘laklarga bo‘linadi. Bu holatning turg‘unligini oshirish va dispers 
    sistemadagi tomchilar bir-biri bilan yopishib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun uchinchi bir 
    modda qo‘shiladi.
    Bunday modda dispers fazadagi tomchilarning qo‘shilib ketmasligiga va turg‘un 
    bo‘lmagan emulsiyalarni turg‘un emulsiyalarga o‘tishiga — emulgirlanishiga olib keladigan 
    modda hisoblanib bu moddalar emulgatorlar deyiladi. Emulgatorlar xossalariga ko‘ra har xil 
    bo‘ladi: biri emulsiyani moyni suvdagi turini turg‘unligini oshirsa, boshqasi suvni moydagi 
    emulsiyasini barkarorligini kuchaytiradi. Faol emulgatorlar yordamida yuqori konsentrlangan 
    emulsiyalar hosil kilish mumkin. Masalan: 99% li benzol va 1% li natriy oleat tuzi eritmasidan 
    moyning suvdagi (m/s) yuqori konsentrlangan emulsiyasi hosil qilingan. Bunda dispersion muxit 
    yupka pardadan iborat bo‘lib (qalinligi atigi 10 mkm ga yakin) shaklini yo‘kotayotgan yog‘ 
    tomchilarining o‘rtasida joylashgan. Bunday emulsiyalar studen holatida bo‘lib, ularni pichok 
    bilan kesish mumkin.
    Emulsiyalarni agregat turg‘unligi va emulsiyalash qoidasi
    E =  * s
    bu
    E — emulsiya hosil kilish uchun sarf bo‘lgan energiya (n/m)
    23
    Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология. Изготовления лекарственных препаратов.-
    «ГЭОТАР-Медиа».- Москва.-2016. (196 bet)


    — emulsiya zarrachalari yuzasining umumiy yigindisi (m
    2
    ) у — sirt 
    taranglik kuchi (n/m)
    Agregat turg‘unlikka ega bo‘lgan emulsiyalarni tayyorlashda (konsentrlangan emulsiya 
    nazarda tutiladi) shu xildagi aralashmalar uchun to‘la faol emulgatorlar topish kerak. 
    Emulsiyalarning tayyorlanishi har doim mexanik energiyani sarf bo‘lishi bilan bog‘liqdir.
    Emulsiyalarning hosil bo‘lishi zarrachalar sonini oshishi va shu barobarida yangi yuza 
    hosil bo‘lishi bilan bog‘liq jarayon hisoblanadi.
    Emulsiya hosil bo‘lishida sarflangan quvvati esa ana shu yuza va sirt taranglik kuchi bilan 
    bog‘liqdir.
    Formuladan ma‘lumki, fazaning sirt taranglik kuchi qancha katta bo‘lsa, undagi erkin sirt 
    energiyasining kuchi shuncha ko‘p bo‘ladi, emulsiya hosil kilishda sarflangan quvvati ko‘payadi. 
    Bunday holat termodinamik jixatdan barkaror bo‘lmay, o‘z-o‘zidan sistemadagi erkin zaxira 
    energiyasini kamaytirish tomoniga siljitadi.
    Amalda bu holat tomchilarning bir-biri bilan birlashib, o‘z-o‘zidan yiriklashishiga sabab 
    bo‘ladi. Yiriklashish natijasida emulsiyalarning to‘liq buzilishi va ikki qavatga ajralishi yuz 
    beradi. Emulsiyalarni alohida mayda zarrachalar holida agregat turg‘unligini saqlash uchun 
    dispers holatda saqlash kerak. Buning uchun esa sirt taranglik va ayniqsa, erkin sirt energiya 
    birmuncha kamaytirilishi zarur.
    Amaliyotda bu vazifa suyuqliklardagi sirt taranglikni kamaytiradigan, suyuqliklar sathida 
    mustaxkam ximoya parda hosil kila oladigan moddalar yordamida amalga oshiriladi. Bunday 
    moddalar sirt-faol moddalardir (SFM). Misol orqali tushuntirilganda: benzolni suv bilan 
    aralashmasida E=35 dina/sm bo‘lsa, emulsiya tez katlamlarga ajraladi. E=10 dina/sm bo‘lganda 
    emulsiya hosil kilish osonlashadi. E=1 dina/sm bo‘lsa aralashma o‘z-o‘zidan emulgirlanib, hosil 
    bo‘lgan emulsiyaning turg‘unligi bir necha marta oshadi. Sirt-faol modda — emulgator elektrolit 
    bo‘lsa, dispers fazadagi zarrachalarning ustki qismida ikki qavatli elektr katlamini hosil qiladi va 
    barkarorligini oshiradi.
    Sirt-faol moddalar emulgatorlar faza sathidagi moy-suv sirt oraligidagi erkin qinetik 
    energiyani kamaytiradi va sistema turg‘unligini ta‘minlaydi.
    Bu holat dispers fazada yopishgan emulgatordan hosil bo‘lgan, ximoya qavat, ya‘ni sirt-
    faol modda qavati xususiyatiga bog‘liq. Emulgatorlar molekulasi yoki mitsellasi faza 
    chegarasida tartibli ravishda chegaralangan chizma bir yoki bir necha qator bo‘lib joylashadi. 
    Mitsellalar joylanishi shu emulgator molekulasi tarkibidagi funksional kimyoviy guruhlar 
    xossasiga bog‘liq. Bu guruhlar gidrofil xossaga ega bo‘lsa, mitsellalarning ana shu guruhlari 
    suvda eriydi va suv bilan yaxshi aralashadi. Natijada suv emulgirlangan zarrachalar —
    mitsellalar bilan yaxshi aralashadi. Emulgator yaxshi eriydigan suyuqlik dispersion muxit 
    hisoblanadi. SHunday qilib turg‘un m/suvdagi emulsiyasini hosil kilish uchun gidrofil xossasi 
    bo‘lgan, suvda yaxshi eriydigan va yog‘ tomchilari sathini o‘rab ustida ximoya parda hosil qila 
    oladigan emulgator kerak. Suvning yog‘dagi emulsiyasini hosil kilish uchun oleofil yoki yog‘da 
    yaxshi eriydigan emulgator zarur. Dispers fazadagi tomchilarning katta-kichikligi sarflangan 
    energiyani miqdoriga, ikki faza o‘rtasidagi sirt taranglik kuchini pasayishiga bog‘liq. Ayniqsa 
    gomogenizatsiya usuli bilan emulsiya tayyorlashda katta mexaniq kuch sarflansa turg‘un 
    emulsiya hosil kilish mumkin. Gomogenizatsiya usulida emulsiyani faqatgina dispersligi 
    oshmasdan, uning turg‘unligi ham oshadi.
    Ichish uchun ishlatiladigan emulsiyalar Emulsium ad usum internum.
    Emulsiyalar - dispers faza va dispersion muxitdan tashqil topgan mikrogeterogen sistema 
    bo‘lib, bir-birida juda kam yoki mutlako erimaydigan suyuqliklar aralashmasiga aytiladi. 
    Emulsiyalar dagal disperslangan (tomchilarning diametri 1 dan 50 mkm gacha) yoki mayda 
    disperslangan (zarrachalar diametri 0,1 mkm) sistemadir. Amaliyotda ko‘prok qo‘llaniladigan 
    emulsiyalar suv bilan yog‘ aralashmasidan tayyorlanadi. Bunda ―yog‖ shartli tushuncha bo‘lib, 
    bu faza yog‘simon moddalardan va mineral yog‘lardan hamda kimyoviy jixatdan esa na yog‘lar 
    va na mineral yog‘lar bilan xech bir umumiylikka ega bo‘lmasligi mumkin (xloroform, benzol va


    shunga o‘xshash polyar bo‘lmagan suyuqliklardan hosil bo‘lishi mumkin). SHunga o‘xshash 
    suyuqliklar emulsiyalarning ikki turini hosil qiladi (1.4.-jadval):
    9.-jadval
    Faza
    Dispersion
    Emulsiyalarning turi va nomi
    Muxit
    yog‘
    suv
    Moyning suvdagi emulsiyasi (m/s)- emulsiyaning
    birinchi turi yoki to‘g‘ri emulsiya
    suv
    yog‘
    - suvning moydagi emulsiyasi (s/m) – emulsiyasining
    ikkinchi turi yoki teskari emulsiyalar
    Emulsiya turlari quyidagi usullar bilan aniqlanadi:
    Parafinli plastinka usuli: yupka qilib parafin surtilgan shisha plastinkaga bir tomchi 
    emulsiya tomizganda tomchi parafinga shimilib ketsa, s/m emulsiyasi ekanligi ma‘lum bo‘ladi, 
    agarda shimilib ketmasa, m/s emulsiyasi bo‘ladi.
    Suyultirish usuli: moyning suvdagi emulsiyasiga oz miqdorda suv qo‘shib 
    suyultirilganda aralashsa — m/s emulsiyasi, moy bilan aralashsa — s/m emulsiyasi bo‘ladi.
    Bo‘yash usuli: bunda dispersion muxit bo‘yok bilan bo‘yaladi. Bir tomchi aniqlovchi 
    emulsiyaning ustiga suvda eriydigan bo‘yok kukunidan, masalan, metilen ko‘ki kukuni solib 
    mikroskopda ko‘rilsa agarda moyning suvdagi emulsiyasi bo‘lsa dispersion muhit havo rangga 
    bo‘yalib, bo‘yalmagan yog‘ tomchilari shar shaklida ko‘rinadi, aksincha suvning moydagi 
    emulsiyasi bo‘lsa, dispersion muxit bo‘yalmagan bo‘lib, tomchi ustida xavo rang kukun ko‘rinib 
    turadi.

    Download 7,28 Mb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   436




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Emulsiyalarning hosil bo‘lish nazariyasi

    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish