• Dispers faza zarrachalarining bir xilligi
  • Ma‘ruza maqsadi
  • Tayanch atama va iboralar
  • Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet67/436
    Sana01.02.2024
    Hajmi7,28 Mb.
    #149752
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   436
    Bog'liq
    farmatsevtik texnologiya

    Suspenziyalar sifatini baholash
    Resuspendirlanish. Suspenziya 24 soatdan so‘ng 15—20 soniya chayqatilganda, 3
    sutkadan so‘ng esa 40—60 soniya chayqatilganda o‘zining asl holini tiklashi, ya‘ni zarrachalar 
    bir xilda tarqalishi lozim.
    Dispers faza zarrachalarining bir xilligi. Zarrachalar o‘lchami mikroskopda kurilganda
    ularning o‘lchami xususiy maqolada ko‘rsatilgan darajadan oshib ketmasligi kerak.
    13 - Ma‘ruza.
    MAVZU 13. 
    Emulsiyalar dori shakli sifatida. Emulgatorlar tushunchasi. GLB
    ko‗rsatkichi. Emulsiya turg‗unligiga ta‘sir etuvchi omillar.
    Ma‘ruza maqsadi: emulsiya nima, hosil bo‘lish yo‘llari, GLB ko‘rsatkichlari va ularning
    emulsiya turg‘unligiga ta‘siri, emulsiya tipi aniqlash bilishlari kerak.


    Reja:
    Emulsiyalar ta‘rifi, tasnifi
    Emulsiyalarhosil bo‘lish yo‘llari
    Emulsiya tiplarini aniqlash usullari.
    Emulgatorlar mikdori, GLB ko‘rsatkichlari
    Tayanch atama va iboralar: emul‘siya, emulgator, gidrofil-lipofil balance (GLB), suv-
    moy, moy-suv, continental, ingliz, Ibn Sino usuli, emulgirlash.
    Emulsiya dori sifatida
    Dorixona amaliyotida emulsiya deb disperslangan sistemalarni moyning suvdagi turi deb 
    tushunilib, faqatgina ichish uchun ishlatiladigan dori turiga aytiladi. Vaholanki, emulsiyalar 
    ichish uchun ham, sirtga ishlatish uchun ham va xatto in‘eksiya tarzida ishlatishga ham 
    tayyorlanishi mumkin. Suvning moydagi (s/m) emulsiyasi sirtga ishlatish bilan birga, bu turi 
    boshqa dori shakllarida ham ko‘proq uchraydi. Bu dori turini liniment holida, surtma dori turida 
    tayyorlanishi va ishlatilishi bu dori turlari bilan bog‘liq bo‘limlarda to‘la yoritiladi. 
    Emulgirlashda modda maydalanishi tufayli uning bo‘sh sathi ortadi, maydalanish darajasi 
    ko‘paygan sari sathi osha boradi. Organizmning to‘kimalari va suyuqliklariga tekkan moddaning 
    sathi qanchalik katta bo‘lsa, bo‘larning o‘zaro ta‘siri shunchalik kuchlidir. SHunday qilib 
    preparatning kimmati ko‘p vaqtlarda uning maydalanish darajasi (dispersligi) bilan aniqlanadi. 
    Bundan tashkari ko‘proq disperslangan moddalardagi turli kimyoviy holatlar, bo‘linmagan 
    moddadagiga karaganda faolroq ravishda boradi. SHuning uchun emulsiya holatida turgan 
    yog‘lar emulgirlanmagan yog‘larga karaganda me‘da-ichak yo‘lining fermentlari tomonidan 
    gidroliz holatiga tezrok duchor bo‘ladi. SHuni aytib o‘tish kerakki, bunda yog‘ning bemaza ta‘mi 
    yo‘qoladi, yog‘larni ichish osonlashadi, ayrim preparatlarning ta‘sirlovchi xususiyati kamayadi 
    va dozalarga bo‘lish osonlashadi. Emulsiya, ayniqsa bolalar farmakoterapiyasida katta 
    ahamiyatga ega. Emulsiyalarda sinish ko‘rsatkichi kuchli bo‘lganligi sababli, ko‘rinish jixatdan 
    sutni eslatadi. Shunga ko‘ra bu dori shakllari nomini kelib chiqish sababi quyidagicha: lotincha 
    so‘z emulgere — sogish, bundan emulsio, emulsiones — sogilayotgan, emulsum, emulsa —
    sogilgan. Oxirgi termin nomi aniqrok belgilangan. Emulsiya — qadimgi dori shakli bo‘lib, 1-
    Farmakopeya chop etilgandan buyon rasmiy dori deb hisoblangan.

    Download 7,28 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   436




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi

    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish