• Gidrofil - lipofil balansi
  • Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet70/436
    Sana01.02.2024
    Hajmi7,28 Mb.
    #149752
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   436
    Bog'liq
    farmatsevtik texnologiya

    Emulgatorlar
    Emulgatorlar emulsiya tayyorlash uchun zarur komponent hisoblanadi. Ularning dispers 
    faza zarrachalari maydalik darajasini oshirish qobiliyati va shu mayda zarracha atrofida 
    mustaxkam parda hosil kilish xususiyatlari emulgator kimmatini belgilaydigan ko‘rsatkichlar 
    hisoblanadi.
    Bundan tashkari, emulsiya hosil kilish uchun emulgatordan ketadigan miqdor hamda uning 
    bor-yo‘qligi, kiymati, biofarmatsevtik xususiyatlari hisobga olinmogi shart.
    Emulgatorlar farmakologik jixatdan ta‘sir etmaydigan, ayniqsa, salbiy ta‘sir 
    ko‘rsatmaydigan modda bo‘lishi kerak. Dorixonada tayyorlanadigan emulsiyalarning ko‘pchiligi 
    ichish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, moyning suvdagi emulsiyasi shaklida bo‘ladi. Emulgator 
    sifatida yuqori molekulali moddalar ishlatiladi. Emulgatorlarning ko‘pchiligi tabiiy moddalardir. 
    Elimlar, shilimshiqlar, oqsil modda va boshqalar.
    Sintetik va yarim sintetik moddalardan iborat ba‘zi bir emulgatorlar yuqori molekulali 
    moddalar bo‘lib, ularga tvinlar, spanlar va ularning hosilalari kiradi. Hamma emulgatorlar 
    ionlanish xossasiga qarab 3 guruhga bo‘linadi. 1. Ionogen emulgatorlar. 2. Ionogen bo‘lmagan 
    emulgatorlar. 3. Amfoter xususiyatiga ega emulgatorlar.
    Gidrofil - lipofil balansi
    Xar qanday emulgator samaradorligini ta‘riflaydigan maxsus birlik GLB deb - ikki bir-
    biriga qarama-qarshi gidrofil va gidrofob molekulalar nisbatiga aytiladi.
    Xozirgi vaqtda moddalar molekulalarining tuzilishi yoki fizik-kimyoviy xossasiga qarab 
    GLB ahamiyatini aniqlovchi nazariya yo‘k. SHuning uchun 1949 yilda Griffin tomonidan taklif 
    etilgan yarim empirik sistema qo‘llaniladi. Bu Griffin soni deb atalib, sirt-faol moddalarning 
    qaysi molekulalaridan tuzilganligini aniqlaydi, shu alohida guruhlarni suv bilan birikib 
    kirishishini shartli son darajasiga ko‘taradi. har xil sirt-faol moddalarning GLB soni
    molekuladagi guruhlarni son yigindisi kerakli formula bo‘yicha hisoblanadi yoki tajriba orqali 
    aniqlanadi.
    Sirt-faol moddalarning molekulasida gidrofob qismga nisbatan gidrofil qism qancha ko‘p 
    bo‘lsa, GLB soni shuncha yuqori bo‘ladi. GLB soni hamma tabiatda uchraydigan sirt-faol 
    moddalar uchun ko‘rsatkichi 1 dan 40 gacha bo‘lish mumkin. 10 soni faol moddaning lipofil va 
    gidrofil moddalarning o‘rtasidagi chegara hisoblanadi. Emulgator yog‘da erisa suvning moydagi 
    emulsiyasini hosil qiladi. Bunda GLB soni 10 dan past bo‘ladi. GLB soni qancha yuqori bo‘lsa, 
    bunday emulgator moyning suvdagi emulsiyasini hosil kilishga moyil bo‘ladi. GLB ko‘rsatkichi 
    asosan emulgatorlarni tanlashda xizmat qiladi va sirt-faol modda GLB ci — 1-3 bo‘lsa,ko‘pik 
    so‘ndiruvchi, 3 dan 6 gacha suvni yog‘dagi emulgatori, 7-8 yuvuvchi moddalar, 8-13 gacha


    moyning suvdagi emulsiyasini hosil qiluvchi emulgatorlar, 13-15 detergent, 15 dan yuqori 
    bo‘lsa, solyubilizator eruvchanlikni oshiruvchi moddalar sifatida ishlatilishga tavsiya etiladi.
    10-jadval

    Download 7,28 Mb.
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   436




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi

    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish