• Ikkinchi usul . Ingliz usuli.
  • Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet78/436
    Sana01.02.2024
    Hajmi7,28 Mb.
    #149752
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   436
    Bog'liq
    farmatsevtik texnologiya

    Birinchi usulKontinental usul. yog‘ni hovonchada ma‘lum qismdagi emulgator va shu
    emulgatorni erishi, bo‘kishi uchun etadigan suv bilan aralashtiriladi. Aralashma o‘ziga xos ovoz 
    chikkuncha yaxshilab eziladi. SHunda kaymokka o‘xshash massa hosil bo‘lib, suv tomchilari 
    dumalamasdan,aralashib ketadi. Ovozning chiqishi yog‘ tomchilarini turg‘un ximoya parda xavo


    bilan o‘rab olinib, bo‘laklarga bo‘linishidan dalolat beradi. Birlamchi emulsiya hosil bo‘lgandan 
    keyin, yana bir marta yaxshi aralashtirib, qolgan suvni oz-ozdan qo‘shiladi. Emulgirlash davrida 
    hovoncha dastasini "spiral" ravishda faqat bir tomonlama harakatlantirish kerak. yog‘ tomchilari 
    bu paytda ip shaklida cho‘zilib, ximoya parda bo‘laklarga bo‘linadi. Agar emulgirlash davrida 
    hovoncha dastasini har tomonlama harakatlantirsak, emulsiya hosil bo‘lishi ancha sustlashadi. 
    Hovonchaga har doim birinchi bo‘lib emulgator, keyin esa yog‘ olinadi. YUmaloqlangan narsa 
    hosil bo‘lmasligi uchun emulgator va hovoncha quruq bo‘lishi kerak. yog‘ bilan suvning kerakli 
    miqdori olingan vaqtdagina emulgator emulgirlash ta‘sirini ko‘rsatadi. Agar yuqorida aytilgan 
    shartlarga e‘tibor berilmasa, emulsiya turg‘un bo‘lmaydi yoki butunlay hosil bo‘lmasligi 
    mumkin. Ayniqsa "birlamchi emulsiya" hosil bo‘lmasdan qolgan suvni qo‘shish mumkin emas. 
    Agar emulsiya hosil bo‘lmasa, yog‘ tomchilari suv qo‘shilgandan keyin ham ajralib chiqsa, uni 
    to‘grilash mumkin emas. qaytadan tayyorlash kerak.
    Ikkinchi usulIngliz usuli. Olingan miqdordagi emulgatorni oz miqdordagi suvda eritib,
    keyin tomchilab yog‘ qo‘shiladi. Hamma yog‘ni emulgirlab bo‘lgandan keyin, birlamchi 
    emulsiyaga qolgan suv quyiladi.
    Uchinchi usul. Ibn Sino usuli(Rus usuli) . Stakanga suv tortib olinadi, ustiga yog‘.
    Kerakli miqdorda olingan emulgatorni hovonchada eziladi va unga yog‘ bilan suvning arashmasi 
    qo‘shib aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan birlamchi emulsiyaga suv qo‘shiladi. SHunday qilib 
    yuqorida berilgan usullar moddalarning oldinma-ketin olinishiga va ba‘zi bir texnik usullarni 
    qo‘llashga bog‘liq. Komponentlarning miqdori — yog‘ni retsept ko‘rsatmasi bilan, emulgator 
    miqdorini emulgirlash qobiliyatiga qarab, suv miqdorini emulgatorning suvda erishini hisobga 
    olib, birlamchi emulsiya hosil qilishiga ko‘ra olinadi.
    Boshqa emulgatorlar uchun suv va emulgatorlar miqdori boshqacha. Masalan: bu 
    emulsiyani o‘rik elimi yoki olxo‘ri elimi bilan tayyorlansa, 6 g emulgator, 25-30 ml suv olinib, 
    ularning arab elimiga nisbatan kam eruvchanligini hisobga olish kerak. Ko‘rsatilgan usullar bilan 
    emulsiyalarni barcha emulgatorlardan tayyorlasa bo‘ladi (eritma holida ishlatiladigan salep 
    shilimshig‘i, kraxmal elimidan tashkari). Ularga ikkinchi usulni qo‘llash mumkin.
    Kraxmal bilan emulsiya quyidagicha tayyorlanadi: 10 g kraxmalni chinni idishga teng 
    miqdordagi sovuq suv solib aralashtiriladi va 80 ml kaynok suvni ustiga qo‘shib aralashtiriladi 
    va bir oz qaynagunga kadar isitiladi. Hovonchaga o‘tqazilgan yarim sovutilgan, eritmaga 20 g 
    yog‘ oz-ozdan qo‘shib, hovonchada yaxshilab emulgirlanadi. Birlamchi emulsiyaga oz-ozdan 
    suv qo‘shib 200,0 gacha suyultiriladi.
    Tragakant bilan tayyorlash quyidagicha: 2 g mayda tragakant poroshogidan, 20 marta ko‘p 
    suv bilan tragakant shilimshig‘ini tayyorlab olinib, unga tomchilab 20 g yog‘ qo‘shiladi. Hosil 
    bo‘lgan birlamchi emulsiyaga 200 g bo‘lguncha suv qo‘shiladi.
    quruq sut bilan emulgirlash quyidagicha: 10 g quruq sut, 10 g yog‘ bilan aralashtirib, 10 g 
    suv qo‘shiladi va hovonchada birlamchi emulsiya hosil bo‘lguncha eziladi va kerakli 
    miqdorgacha suv qo‘shiladi. Emulgator T-2 qo‘llanganda uning kerakli miqdori olinib, suv 
    hammomida eritiladi va hovonchada 10 marta ko‘p 60-70°S suvni ustiga qo‘shiladi va 
    soviguncha aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan kaymokka o‘xshash bir xil aralashma o‘ziga yog‘ni 
    oson qabul qiladi. Hosil bo‘lgan birlamchi emulsiya retseptda ko‘rsatilgan miqdorgacha 
    suyultiriladi.
    Rp.: Emulsi ex oleis 200,0
    D. S. 1 choy qoshiqdan 3 mahal ichilsin.

    Download 7,28 Mb.
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   436




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi

    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish