• Birinchi usul . Kontinental usul
  • Yog‘li emulsiyalar (Emulsa oleosa)




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet74/436
    Sana01.02.2024
    Hajmi7,28 Mb.
    #149752
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   436
    Bog'liq
    farmatsevtik texnologiya

    Yog‘li emulsiyalar (Emulsa oleosa)
    Hamma yog‘li emulsiyalar, agar retseptda yog‘ning nomi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, DF ga 
    asosan bodom yoki unga o‘xshash o‘rik, shaftoli yog‘idan tayyorlanadi. Agar yog‘ning miqdori 
    ko‘rsatilmagan bo‘lsa, 100 g emulsiya tayyorlash uchun 10 g yog‘ olinadi. Emulgatorning nomi 
    ko‘rsatilmaganda, uni tanlash texnolog ixtiyorida bo‘ladi. Tayyorlangan emulsiyalar zarur 
    bo‘lganda ikki qavatli dokadan suziladi. Emulsiyalarning bir xilligini ta‘minlash maqsadida 
    gemogenizatorlardan o‘tkaziladi. Bunda yog‘ tomchilari bir xil katta-kichiklikda bo‘ladi. yog‘li 
    emulsiyalarni tayyorlashda quyidagi usullarning birini qo‘llash mumkin.
    Birinchi usulKontinental usul. yog‘ni hovonchada ma‘lum qismdagi emulgator va shu
    emulgatorni erishi, bo‘kishi uchun etadigan suv bilan aralashtiriladi. Aralashma o‘ziga xos ovoz 
    chiqquncha yaxshilab eziladi. SHunda qaymoqqa o‘xshash massa hosil bo‘lib, suv tomchilari 
    dumalamasdan,aralashib ketadi. Ovozning chiqishi yog‘ tomchilarini turg‘un ximoya parda xavo 
    bilan o‘rab olinib, bo‘laklarga bo‘linishidan dalolat beradi. Birlamchi emulsiya hosil bo‘lgandan 
    keyin, yana bir marta yaxshi aralashtirib, qolgan suvni oz-ozdan qo‘shiladi. Emulgirlash davrida 
    hovoncha dastasini "spiral" ravishda faqat bir tomonlama harakatlantirish kerak. yog‘ tomchilari 
    bu paytda ip shaklida cho‘zilib, ximoya parda bo‘laklarga bo‘linadi. Agar emulgirlash davrida 
    hovoncha dastasini har tomonlama harakatlantirsak, emulsiya hosil bo‘lishi ancha sustlashadi. 
    Hovonchaga har doim birinchi bo‘lib emulgator, keyin esa yog‘ olinadi. YUmaloklangan narsa 
    hosil bo‘lmasligi uchun emulgator va hovoncha quruq bo‘lishi kerak. yog‘ bilan suvning kerakli 
    miqdori olingan vaqtdagina emulgator emulgirlash ta‘sirini ko‘rsatadi. Agar yuqorida aytilgan 
    shartlarga e‘tibor berilmasa, emulsiya turg‘un bo‘lmaydi yoki butunlay hosil bo‘lmasligi 
    mumkin. Ayniqsa "birlamchi emulsiya" hosil bo‘lmasdan qolgan suvni qo‘shish mumkin emas. 
    Agar emulsiya hosil bo‘lmasa, yog‘ tomchilari suv qo‘shilgandan keyin ham ajralib chiqsa, uni 
    to‘grilash mumkin emas. qaytadan tayyorlash kerak.

    Download 7,28 Mb.
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   436




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish