EMULGATOR T-2. Diefir triglitserin.
Mumga o‘xshash qattiq och jigar rang. Glitserinni 16-18 uglerod
atomli moy kislotalari
bilan 200°S da eterifikatsiya qilinishi natijasida olinadi. Ionogen bo‘lmagan SFM ning afzalligi
emulgirlash xususiyatini o‘ziga xosligida. Emulgatorning balanslangan molekulasi birorta fazada
erigan holda bo‘lmasdan fazalararo sathda tarqalgan bo‘ladi. Emulgator T-2 molekulasini yaxshi
balanslangan deyish mumkin, chunki 100 ml turg‘un 10% emulsiyaga faqatgina 1,5 g. T-2
sarflanadi. Ionogen emulgatorlar uchun ham balanslanganlik qoidasini tatbiqqilish mumkin.
Balanslanish birinchidan, uglerod qatorining o‘zunligiga, ikkinchidan, ionogen guruhining suvga
o‘xshashligiga qarab aniqlanadi.
Amfoter xususiyatli emulgatorlar
Bu guruh emulgatorlari oksil moddalardan hosil bo‘lgan. SHuning uchun ular pHi muxit
xususiyatiga qarab nordon va ishqoriy turlariga bo‘linadi.
Jelatoza — (Gelatosa) — jelatinani suv bilan 1:2 nisbatda, avtoklavda 2 soat davomida 2
atm. bosimida to‘liqsiz gidroliz natijasida hosil bo‘lgan modda.
Jelatinani shu usul bilan
ishlanganda elimlash xususiyati yo‘kolib, emulgirlanish xossasi qoladi. Jelatozaning yaxshi navi
arab elimiga tenglashadi. Jelatoza 1931 yilda M. G. Volpe tomonidan taklif qilingan.
Kazein, kazeinat natriy, quruq sutdan tayyorlangan emulsiya
mikroorganizmlar uchun
yaxshi muxit bo‘lgani sababli, ayniqsa yoz kunlarda tez buziladi. quruq sut tarkibidagi
kazeinogen, albumin va globulinlar emulgirlash xususiyati bo‘lgan
moddalar hisoblanib, uni
emulgator sifatida ishlatish mumkin. Amfoter emulgatorlar asosan o‘simlik va xayvonlardan
olingan bo‘lib, ular tarkibida fosfatidlar ko‘p. Bu sifat emulgatorlar nafaqat farmatsevtika, balki
oziq-ovqat sanoatida ham keng qo‘llaniladi.