• Nastoykalar va suyuq ekstraktlardan miksturalar tayyorlash.
  • Kondensatsion usulda suspenziyalar tayyorlash




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet59/436
    Sana01.02.2024
    Hajmi7,28 Mb.
    #149752
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   436
    Bog'liq
    farmatsevtik texnologiya

    Kondensatsion usulda suspenziyalar tayyorlash
    Kondensatsion yo‘l bilan suspenziya tayyorlash 2 xil usulda bo‘ladi:
    erituvchining o‘zgarishi hisobiga eruvchanlikni kamayishi natijasida;
    kimyoviy reaksiya natijasida.
    Erituvchini almashtirish usuli
    Moddalarning molekulalarini dispers holatidan suspenziya holatiga o‘tishi bir necha 
    bosqichdan iborat bo‘lib, ko‘pdan-ko‘p qo‘pol dispers darajali sistemalarni tashqil qiladi. Oxirida 
    ko‘p dispersli sistema bo‘lib, shunday bir qancha kolloid zarrachalarni birlashtiradi. Moddalarni 
    yangi dispers muxitga o‘tkazishda gidrofob xossasi bo‘lgan flokulyasiya hodisasini hosil 
    qilmaslik uchun stabilizator kiritilishi kerak. Qaysi biri zaryad bilan zarrachalarni xabardor qilsa, 
    shunga o‘xshash dispersion muhitda suyuqlik pardasini va adsorbsion pardani hosil qiladi. 
    Erituvchini almashtirish usuli bilan mexaniq dispergirlashga qaraganda turg‘unroq suspenziya 
    hosil bo‘ladi.
    Ko‘rinishidan bu xira (kattaligi zarrachani 0,1-1 mkm gacha) Shunga ko‘ra bu guruhdagi 
    miksturalar xira miksturalar (Mixcturae turbidae) nomi bilan ataladi. Suvli eritmalarga 
    nastoykalarni, suyuq ekstraktlarni va boshqa galen preparatlarini qo‘shsak, xira miksturalar hosil 
    bo‘ladi.
    Nastoykalar va suyuq ekstraktlardan miksturalar tayyorlash.
    Keng tarqalgan yozmalarni ko‘ramiz.
    Rp.: Sol. Natrii bromidi 6,0:200 ml
    Tincturae Convalariae
    Tincturae Valerianae ana8 ml
    M. D. S. 1 osh qoshiqdan 3 marta ichilsin.
    Agar suzilgan natriy bromid eritmasi ustiga tindirmalarni qo‘shsak, undagi tiniq rangsiz 
    eritmada xira, ochroq, qo‘ngir suyuqlik hosil bo‘ladi. Nastoykalar tarkibidagi erigan moddalar, 
    (70°) spirtda tayyorlangan (suyultirish natijasida o‘sha erigan moddalar) mayda gidrofil 
    zarrachalari cho‘kmaga tushadi. Mikstura tarkibiga elektrolitlar kirsa (dorixatda keltirilishicha, 
    bunday miksturalarda turishi natijasida galen preparatlaridan o‘tgan engil, parcha-parcha 
    cho‘kmalar paydo bo‘lib), ekstrafaol moddalarning cho‘kishini ko‘ramiz.
    Nastoykalar bilan tayyorlangan miksturalarga qaraganda suyuq ekstraktlarda tayyorlangan 
    miksturalar xiraroq bo‘ladi. Nastoykalarga ko‘ra, suyuq ekstraktlar 1:1 nisbatda tayyorlangan 
    bo‘lib, o‘zida ko‘p miqdorda ekstrafaol moddalar saqlaydi. Shuni aytish kerakki, miksturalardagi 
    tuzli eritmani suzilgandan keyin galen preparatlarini quyish lozim.

    Download 7,28 Mb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   436




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kondensatsion usulda suspenziyalar tayyorlash

    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish