Jelatin eritmasini tayyorlash Jelatina eritmalarining ancha yuqori konsentratsiyada ishlatilishi ular eritmalarining
ishlatilishi bilan bog‗liq. Jelatina eritmalari asosan me‘da, o‗pka, ichaklar yallig‗lanishi va kon
aralash suyuqliklar chikqanda konni to‗xtatish maqsadida qo‗llaniladi. Jelatina oksil tabiatli
YUMB bo‗lib, uning tarkibida kalsiy tuzi bo‗lishi uni kon to‗xtatish xususiyati bilan bog‗liq
deb tushuniladi.
Jelatina bo‗kish jarayonida ma‘lum hajmgacha kattalashib bo‗kish jarayonida to‗xtaydi.
Jelatina molekulalararo "ko‗priksimon" boglanishda bo‗lishi uning molekulalarini o‗zaro ulab
bu molekulalarni alohida bo‗lib eritmaga o‗tishiga to‗skinlik qiladi va bu molekulalar orasi
erituvchi bilan to‗lgandan keyin ham ularni bir-biridan ajralishi kiyinlashib, ular shu holda
ma‘lum sirt tarangligida (studen) qoladi.
Harorat ta‘sirida molekulalararo boglanish kuchining susayishi, ularning suyuqlikka va
erituvchi bilan yaxshi aralashishiga sabab bo‗ladi, lekin bunday eritma sovishi natijasida yana
ma‘lum darajada quyuqlashadi.
Jelatin oshkozon, ichak, upkadan qon oqishida va gemofiliyada qon tuxtatuvchi vosita
sifatida ishlatiladi. Uning kon tuxtatish xususiyati tarkibida kalsiy tuzlari borligi bilan bog‗liq
deb izoxlaniladi. U teri, suyak va paylarda bo‗ladigan kollagen va osseinni gidrolizlab olinadi.
Jelatin fibrillyar va tolali oksillarga kirib, makromolekulalari ipsimon tuzilishga ega. Bu
makromolekulalar o‗zaro vodorod bogi orqali ko‗priksimon boglanishga ega. Jelatinni xona
sharoitida suvda buktirilganda uning hajmi 14 barobar oshadi. Harorat kutarilganda
molekulalararo boglar o‗zilib, jelatin eritmaga aylanadi. Jelatinni bo‗ktirish vaqti eritma
konsentratsiyasiga bog‗liq
17
.
Rp.: Gelatinae medicinalis 10,0
Aquae purificatae 180 ml
M. D. S. 1 osh qoshiqdan har 1-2 soatda.
Tibbiyotda ishlatiladigan jelatinadan olib, uni mayda bo‗laklarga maydalanadi. CHinni
kosachaga solib unga 1-5 barobar miqdorda suv solib, 1-2 soat bo‗kishga qo‗yiladi. SHundan
so‗ng qolgan miqdordagi suv solinib, 40-50°S da suv hammomida aralashtiriladi.
Aralashtirilganda jelatina asosan eritmaga o‗tadi.
Rp.: Sol. Gelatinae medicinalis 5% — 100 ml
17
Lloyd V.Allen, Gavrilov A.S. Farmatsevtichesaya texnologiya izgotovleniya
lekarstvennыxpreparatov.-«GEOTAR-Media».- Moskva.-2014. (511 bet)
M.D.S. 1 osh qoshiqdan har ikki soatda ichilsin.
5 g jelatin 4—10 barobar ko‗p suvda buktiriladi. 30—40 daqiqadan so‗ng qolgan suv
solinib 60—70°S da suv hammomida erib ketguncha qizdiriladi. So‗ngra shisha idishga suziladi.
Zarur bo‗lsa suv qo‗shib hajmi 100 ml gacha etkaziladi. Eritma sovigach quyuqlashadi.