(GUTTAE AD USUM INTERNUM)
Tomchilarning bu guruhi rang-barangligi
bilan farqlanib, ular quyidagi misollar bilan
cheklanadi.
Rp.: Solutionis Platyphyllini hydrotartratis 0,2 % 10 ml
D.S. 10 tomchidan ovqatdan oldin ichilsin.
Retseptda suvda oson eriydigan kristall moddaning (1:10)
eritmasi yozilgan, eritmaning
konsentratsiyasi va umumiy og‗irligini saqlash uchun 1-shisha filtrdan foydalaniladi.
Agar bu
filtr bo‗lmasa, uniyuqorida ko‗rsa- tilgandek suzilib, qadoqlangan holda beriladi.
Rp.:Tincturae Convallariae majalis
Tincturae Valerianae aa 10 ml
M.D.S. 25 tomchidan kuniga 2 mahal
Rp.: Aethylmorphyni hydrochloridi 0,2
Mentholi 0,3
Natrii bromidi 1,0
Adonisidi 5 ml
M.D.S. 25 tomchidan kuniga 2 mahal
Tarkibiga ko‗ra, tomchi murakkab bo‗lib, uch xil tuzli komponentlar va uch xil o‗simlik
xomashyosidan, ya‘ni spirtli ajratmadan iborat (2 ta nastoyka, 70 %
etanolda tayyorlangan va
yangi galen preparat adonizid tarkibida 18—20 % etanol saqlaydi). Mentolni eritish uchun 70
dan kichik bo‗lgan etanol kerak bo‗ladi, u avval nastoykalar aralashmasida eritiladi
(bemorga beriladigan flakonga). Uncha katta bo‗lmagan alohida stakanga 5 ml adonizidda
0,2 g dionin eritiladi (dioninning suvda va etanolda eruvchanligi 1:30), so‗ngra
natriy bromid
eritiladi (suvda va mentolda oson eriydi) va eritma flakonga quyiladi (agar kerak bo‗lsa paxta
tamponda suziladi).
Ichishga mo‗ljallangan tomchilarni tayyorlashda «A» va «B» ro‗yxatdagi preparatlarning
dozalarini tekshirish muhim jarayonlardan hisoblanadi. Bunda
dori turi umumiy hajmining
tomchilar soni tekshiriladi (spirtli eritmalar
1 ml.da turli miqdorda tomchi saqlaydi), so‗ngra
proporsiya bilan «zaharli» yoki «kuchli ta‘sir etuvchi» ro‗yxatidagi
moddaning retseptdagi bir
martalik tomchilar soniga ko‗ra ularning miqdori aniqlanadi. Retsept bo‗yicha 25 tomchida
0,004 g dionin bor (yuqori bir martalik doza 0,03 g). Hisob: dori turining umumiy hajmi 25
ml.da 0,008 g dionin bor) yoki 50
tomchi spirtli preparatda, 25 tomchida es a 0,004 g dionin bor.