• MAVZU 9. Tomchilar dori shakli sifatida, ularning tasnifi, texnologiyasi va sifatini baholash. Ma‘ruza maqsadi
  • Reja: 1.Tomchilar, tarifi, tasnifi. Quloq, burun tomchilari Tish tomchilari Tayanch atama va iboralar
  • Suvsiz eritmalar sifatini baholash




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet46/436
    Sana01.02.2024
    Hajmi7,28 Mb.
    #149752
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   436
    Bog'liq
    farmatsevtik texnologiya

    Suvsiz eritmalar sifatini baholash. Suvsiz eritmalar sifatini baholashda avval ularning
    xujjatlari (retsept, pasport), yorlig‘i, rangi, hidi, mexaniq zarrachalarning bor-yukligi tekshiriladi. 
    Glitserinli va moyli eritmalarning umumiy og‘irligi, spirtli eritmalarning esa hajmi tekshiriladi.
    MAVZU 9. 
    Tomchilar dori shakli sifatida, ularning tasnifi, 
    texnologiyasi va sifatini baholash.
    Ma‘ruza maqsadi: tomchi dori turi, tomchilarning texnologiyasi, ichish va sirtga
    qo‘llaniladigan tomchilar bilan tanishib chiqish.
    Reja:
    1.Tomchilar, tarifi, tasnifi.
    Quloq, burun tomchilari
    Tish tomchilari
    Tayanch atama va iboralar: Davlat farmakopeyasi, erituvchi, eritmalar, 582 buyruq,
    konsentrlangan eritmalami quyultirish va suyultirish, tomchi dozator.
    Tomchilar deb, chin va kolloid eritmalardan iborat tomchi holida dozalanadigan suyuq dori 
    turiga aytiladi. Tomchili dozalash — bu dori turining yagona farqlanuvchi belgisi hisoblanadi. 
    Mustaqil guruh sifatida ajralishiga sabab, tarkibidagi dori moddalar shunday konsentratsiyalarda 
    beriladiki, bir martalik doza unda bir necha tomchilardan iborat bo‗ladi. Shu sababli tomchilarni 
    retseptda 10 ml.gacha bo‗lgan miqdorda yoziladi. Tomchilar suyuq dori turlari retsepturasida 
    muhim o‗rin egallaydi (25 % gacha). Tom chilar ichishga va sirtga mo‗ljallanganbo‘ladi.
    Tomchilar ex tempore tayyorlanadi va yana dorixonaning ichki ishlab chiqarish mahsuloti 
    ham hisoblanib, ular haqiqatan ham standart bo‗lib ketgan. Oz hajmda beriladigan tomchilar 
    ayrim xususiyatlarga ega bo‗lib, bular suzish jarayonida kuzatiladi. Shunisi muhimki, eritma 
    konsentratsiyasi va uning miqdori suzilganda kamaymasligi.
    Shuning uchun modda eritilayotganda qism suvni olib qolish kerak. So‗ngra 
    tayyorlanayotgan eritma paxta tampon orqali o‗tkazilayotganda, tampon avvaldan ivitib olinadi, 
    filtrlash tugagandan so‗ng, qolgan erituvchi bilan yuviladi. Shisha filtrlar ishlab chiqilgandan 
    so‗ng, farma- tsevt ishi birmuncha yengillashadi. Asosiy e‘tibor tomchi- larni kerakli hajmgacha 
    dozalashdir. Qulay va sodda dozator DJ-10 ishlab chiqilgan bo‗lib, 10 ml suyuq dori turlarini 
    qadoqlashga mo‗ljallangan. U tik turuvchi asosdan, prujinali shtokdan, ushlovchi — kronshteyn, 
    uchlik nasadka chiquvchi va kiruvchi klapanlardan iborat, «Rekord» turidagi 5—10 ml.li 
    dozator. Dozani o‗zgartirish uchun moslamaning oxirida to‗g‗rilovchi vint bo‗lib, uning 
    yordamida porshenning harakati boshqariladi. Uchlik - nasadkaning boshqa bir uchiga cho‗zma 
    naycha kiygizilib, boshqa naycha uchiga naycha mahkamlab, qadoqlanadigan suyuqlik quyila-
    digan idishga uchi solib qo‗yiladi. Dozatorga kerakli miqdor suyuqlik tortib olinib, so‗ngra 
    dozator porshenini oxirigacha olib boriladi, uchlik-nasadka klapani yordamida suyuqlik 
    dozatordan flakonga quyiladi, so‗ngra dozator tortib olinadi.

    Download 7,28 Mb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   436




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish