Sattarov abdumurod sattarovich oqava suvlardan sifatli




Download 1,97 Mb.
bet21/25
Sana30.11.2023
Hajmi1,97 Mb.
#108594
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
monograph Satorov indiya 2022 besh (1)

XULOSA VA TAVSIYALAR


Buyuk kimyogar olim D.I.Mendeleev “Ilg‘or texnologiyaning bosh maqsadi tashlab yuboriladigan, foydasiz narsalardan inson uchun kerakli mahsulot ishlab chiqarish usullarini qidirib topishdir”, - degan edi. Darhaqiqat, yuqorida ta’kidlaganimizdek, tabiatda foydasiz narsaning o‘zi yo‘q.


Ayniqsa, bizning mamlakatimizda boyliklarini isrof qilish, ekologik muvozanat buzilishiga qarshi kurashda olib borilgan tadbirlar natijasida ana shu boyliklar muhofaza qilinmoqda. Respublikamizda davlat tomonidan barcha huquqiy, iqtisodiy va boshqaruv shart–sharoitlar tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan. Xalq xo‘jaligini rejalashtirishda davlat tomonidan tabiiy muhitni himoya qilish va uni qayta tiklash uchun e’tibor berilib, kerakli mablag‘ ajratilishi zarur. Shuningdek, ekologik dunyoqarashni shakllantirishga alohida e’tibor berish kerak. Yaqin kelajakda moddiy ne’matlarning qiymatini, iqtisodiy arzonchilik, yuqori sifatli, estetik jihatlari emas, balki ekologik ko‘rsatkichlari belgilab turishiga shubha yo‘q. Xuddi shu qoidaga asosan ilmiy–texnika inqilobining ijobiy yoki salbiy oqibatlari baholanadi, ya’ni uning ahamiyati tabiat ustidan hukmronlikning mukammal texnik vositalari texnologik jarayonini vujudga keltirishi bilan emas, balki tabiatni muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlashga qo‘shayotgan hissasi bilan belgilanadi.
Hayotimizni suvsiz tasavvur qilish qiyin, tabiat hosilasi bo‘lgan suv sanoat korxonalari, qishloq xo‘jaligi ekinlari, xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari uchun eng zarur omillardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda aholiga va ishlab chiqarish sohalarida sifatli ichimlik suvini yetkazib berish dolzarb masalaga aylangan. Bu soha bo‘yicha bir qator sa‘y harakatlar, ilmiy tadqiqot ishlari va amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Suvni qayta ishlash va unga ishlov berish bo‘yicha uni filtrlash jarayonlariga, ayniqsa, katta e‘tibor beriladi. Inson salomatligida suvning ahamiyati beqiyos. Qolaversa, tajriba va tadqiqotni O‘zbekistan sharoitida olib boradigan bo‘lsak, toza ichimlik suvini yetkazishda yana bir qadam olg‘a yurgan bo‘lamiz.
Suvning har bir tomchisini tejamog`imiz va qadrlamog‘imiz lozim. Zero, suvni aholiga va ishlab chiqarish sohalarida sifat darajasiga yetkazilishida
qanchadan qancha insonlarning mehnati va yurtimiz mablag‘lari ketgan. Aholiga va ishlab chiqarish sohalarida markazlashtirilgan, davlat standartlariga to‘liq javob bera oladigan toza ichimlik suvi bilan ta‘minlash zamon bilan hamnafas, rivojlangan texnika asrida kommunikatsiya sohasida ham bir qator yangicha o‘zgarishlar va yangicha ko‘rinishlar aks etgan, jumladan suvga ishlov berish, uni zararsizlantirish va aholiga qolaversa ishlab chiqarish sohalarida sifatli suv uzatish ulkan mas‘uliyat kasb etadi.
Mamlakat xalq xo‘jaligi rivojlanishining asosiy ijtimoiy–itisodiy vazifasi umumxalq ma‘naviy va moddiy ehtiyojini to‘liq qondirishda ishlab chiqarish kuchlarini oqilona rivojlantirishdir. Markazlashgan xo‘jalik–ichimlik suvi manbai sifatida yer osti suv manbalari, toza suv havzalari tanlanadi. Bular daryolar, kanallar, suv omborlari, O‘rta Osiyo respublikalarida esa, irrigatsiya kanallari, katta ariqlar va bosha suv manbalaridir. O‘rta Osiyo mintaqasidagi sun‘iy irrigatsiya kanallari, suv tarmoqlari orqali tarqalib ketadi, ular o‘zining gidrogeologik asoslari bilan ajralib turadi. Umuman, suv oqib kelayotgan regioni va suv havzalarini baholash uchun oqib kelayotgan suvga ta‘sir qiluvchi barcha omillar hisobga olinishi kerak. Jumladan, suv havzalarining gidrogeologik kelib chiqishiga, tuprog‘iga, o‘simlik dunyosiga, o‘rmon massivlarining bor–yo‘qligiga, ishlatiladigan yerlarga, ekin maydonlariga, turar–joylarning sanitariya holatlariga, aholining ish bilan bandligiga, sanoat korxonalarining bor–yo‘qligiga, korxona ishchilari soniga, ular ishlab chiqargan mahsulotlariga, korxonaning joylashgan joyiga nisbatan joylashishiga ta‘sir etuvchi sabablarni aniqlash, yangi oqova suvlarning mavjudligi, qattiq va yirik chiqindilarning yoyilishi, ularni olib chiqib ketishni to‘g‘ri tashkillashtirish, axlatxonalarni suv havzalarini hisobga olgan holda joylashtirish va boshqa maqsadlar sanitariya shifokorlari nazoratidan chetda qolmasligi kerak bo‘ladi.
Bizning tadqiqot ishimiz ham aynan toza, sanitariya talablariga to`liq javob beradigan, atrof–muhitga zararli ta`sir ko`rsatmaydigan suvni tozalashni ko`zda tutadigan usullarga bag`ishlangan.
Olib borilgan gidrokimyoviy va mikrobiologik tadqiqotlarimiz natijalariga ko‘ra, turli oqova suvlarni 12–15 sutkada to‘liq bitexnologik usulda tozalashi mumkin. Bu vaqt ichida:

–suv tarkibidagi mikrofloraning miqdori keskin kamayib, o‘simlik va hayvonlar uchun patogen hisoblangan mikroskopik zamburug‘lar yo‘qolib ketadi;

    • suvning fizikaviy va kimyoviy ko‘rsatkichlari yaxshilanadi, ya'ni:

    • suvning oksidlanishi darajasi kamayadi;

    • suvdagi azot va fosfor ionlari o‘simliklar tomonidan deyarli to‘la o‘zlashtiriladi;

    • suvda erigan kislorod miqdori ko‘payadi;

    • oqova suv tiniqlashadi va

    • qo‘lansa hidi yo‘qoladi.

Oqova suvlarni yuksak suv o‘simliklari yordamida tozalash biotexnologiyasi bir qancha afzalliklarga ega bo‘lib:
birinchidan, sianidli va rodanidli oqova suvlarni suyultirish uchun ichimlik suvi o‘rniga kommunal–xo‘jalik oqova suvidan foydalaniladi;
ikkinchidan, eyxorniya, pistiya, ryaska va azollani o‘stirish uchun qo‘shimcha ozuqa muhiti talab qilinmaydi;
uchinchidan, kommunal–xo‘jalik oqova suvlarini tozalashga amalda sarflanayotgan mablag‘ (ishchi kuchi, elektroenergiya, tozalash inshooti, dezinfeksiyalovchi vositalar va boshqalar) tejab qolinadi;
to‘rtinchidan, tozalash inshootida yetishtirilgan yuksak suv o‘simliklari biomassasidan noan’anaviy energiya manbai (biogaz, bioetanol, biodizel) olishda foydalanish mumkin;
beshinchidan, tozalash inshootida yuksak suv o‘simliklari yordamida tozalangan suvdan oqova suvlarni suyultirishda, korxonada texnologik maqsadlarda yoki tozalash inshooti atrofi ixota daraxtzorlarini sug‘orishda, manzarali o‘simliklar xilma–xilligini oshirish uchun hovuzlarni bezashda ham foydalanish mumkin .
Demak, laboratoriya sharoitida olib borilgan tajriba natijalari shuni ko'rsatdiki, tadqiqot sifatida olingan yuksak suv o’simliklari: azolla, eyxorniya va pistiya o'simliklari oqova suvlarni tarkibidagi turli moddalarni o'zlashtirib sezilarli darajada tozalash xususiyatiga ega ekan. O'tkazilgan tajriba natijalari mazkur suv o'simliklarini ishlab chiqarish sharoitida sinab ko'rish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Yuqoridagi natijalardan shunday xulosa qilish mumkin, ishlab chiqarish sharoitida olib borilgan tajriba natijalari shuni ko'rsatmoqda, suv o'simligi pistiyani maishiy kommunal oqova suvlarni biologik tozalash texnologiyalarda foydalanish mumkinligini, tajribada 5–7 kunda oqova suvni tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalar40–70% pistiya suv o'simligi tomondan o'zlashtirilganligi, kislorodga bo'lgan talab 90–92% qondirilganligi aniqlandi va tozalash
samaradorligi 95% gacha tashkil etdi.
Mazkur natijalar asosida oqova suvlarini suv o'simliklari bilan tozalash texnologiyalari usullarini joriy qilish mumkin. Xuddi shunday texnologiyalarni respublikamizdagi barcha shaharlarda aholi yashash punktlarida shakllangan oqova suvlarni tozalash jarayonlarida o'tkazish mumkin.

Download 1,97 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Download 1,97 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sattarov abdumurod sattarovich oqava suvlardan sifatli

Download 1,97 Mb.