|
–jadval Pistiya suv o’simligini oqava suvlarda o’stirilgandan oldingi va keyingi fizik–
|
bet | 20/25 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 1,97 Mb. | | #108594 |
Bog'liq monograph Satorov indiya 2022 besh (1) –jadval Pistiya suv o’simligini oqava suvlarda o’stirilgandan oldingi va keyingi fizik–
kimyoviy tarkibi (7 kun oralig’ida)2
Kimyoviy
ko’rsatkichlar
|
Tajribagacha
|
Tajribadan keyin
|
Hidi
|
5,0
|
1,5
|
Rangi
|
3,5
|
1,8
|
pH
|
9,0
|
6,1
|
KBS5, mgO2/l (BPK5)
|
56,0
|
27,0
|
Fosfatlar mg/l
|
3,1
|
2,1
|
Mis mg/l
|
2,6
|
0,9
|
Ammiak mg/l
|
3,8
|
2,1
|
Temir mg/l
|
1,5
|
4,0
|
Xloridlar mg/l
|
487,0
|
242,0
|
Xrom mg/l
|
0,8
|
0,0
|
Sulfatlar mg/l
|
39,0
|
26,0
|
Nitratlar mg/l
|
0,9
|
3,0
|
Nitritlar mg/l
|
0,3
|
1,5
|
Eyxorniya o’simligi o’stirilgan suvning hidi 5 balldan 1,8 balga tushgan, muallaq moddalar boshqa oqova suvni turli kontsentratsiya variantlarida 10 barobar, quruq qoldiq 50 % gacha, umumiy azot 85–100 % gacha, xlor 40 %, sulfat 50 %, kislorodga bo'lgan ehtiyoj 85 % ga kamayganligini kuzatish mumkin.
1 Лурье Ю. Гидрохимические анализы воды. 1984 М.; Химия-298с
2 O’lchovlar Termiz suv tozalash inshooti labaratoriyasida olindi
–jadval Eyxorniya suv o’simligini oqava suvlarda o’stirilgandan oldingi va keyingi
fizik–kimyoviy tarkibi (7 kun oralig’ida)1
Kimyoviy
ko’rsatkichlar
|
Tajribagacha
|
Tajribadan keyin
|
Hidi
|
5,0
|
1,8
|
Rangi
|
3,5
|
2,1
|
pH
|
9,0
|
7,3
|
KBS5, mgO2/l (BPK5)
|
56,0
|
32,4
|
Fosfatlar mg/l
|
3,1
|
2,5
|
Mis mg/l
|
2,6
|
1,0
|
Ammiak mg/l
|
3,8
|
2,5
|
Temir mg/l
|
1,5
|
4,8
|
Xloridlar mg/l
|
487,0
|
290,0
|
Xrom mg/l
|
0,8
|
0,1
|
Sulfatlar mg/l
|
39,0
|
31,20
|
Nitratlar mg/l
|
0,9
|
3,6
|
Nitritlar mg/l
|
0,3
|
1,8
|
Pistiyaning oqova suvni kislorodga bo'lgan talabni qondirish bo'yicha ko'rsatkichlari eyxorniya o'simligiga nisbatan, biroz balandroq, bu farq faqatgina kimyoviy ko'rsatkichlarda emas, ya'ni o'simlikning xosildorligida xam ko'rishimiz mumkin. Bunga sabab yuqorida qayd etganimizdek pistiya o'simligi barglari yirik bo'lib satxini keng bo'lishi, bunda fotosintez jarayoni jadal kechishi va buning natijasida o'simlikning yaxshi rivojlanishini ta'minlashi va ildizini zich bo'lib, baquvvat bo'lishi, oziq moddalarni faol o'zlashtirishiga imkon yaratishi asosiy omillardan biri bo'lib, tabiatda pistiya o'simligi ushbu oqova suv tarkibiga yaqin suv manbalarida tarqalishi katta rol` o'ynagan bo'lishi mumkin.
1 O’lchovlar Termiz suv tozalash inshooti labaratoriyasida olindi
Yuqoridagi natijalardan xulosa qilib aytganda, o'tkazilgan laboratoriya sharoitida olib borilgan tajriba natijalari shuni ma'lum qiladiki, eyxorniya va pistiya o'simliklari Termiz shahar oqova suv tozalash inshooti ga tushayotgan oqova suvlarni tarkibidagi turli moddalarni o'zlashtirib sezilarli darajada tozalash xususiyatiga ega ekan. Bajarilgan tajriba natijalaridan ma'lum bo'ldiki suv o'simligi eyxorniya va pistiyani ishlab chiqarishga tavsiya qilishga asos bo'lib xizmat qiladi.
Akvakul`tura sharoitida kommunal–maishiy oqova suvlarni eyxorniya va pistiya yordamida tozalashning samarasi yuqori ekanligi kuzatilgan 10 kun mobaynida oqova suvning tozalanishi KBS5 bo'yicha 96 %, ichak tayoqchasi bakteriyalarning kamayishi 99 %, ammoniy azotning kamayishi 96 %, fosforniki
Suv o'simliklarning ko'pchilik vakillari biologik indikator vazifasini ham bajaradi. Ifloslangan oqova suvlarda suv o'simliklari ko'p miqdorda rivojlanishi natijasida suvni erkin kislorod bilan boyitib, uni tozalanishini tezlashtiradi. Oqova suvda erigan kislorodning miqdori 1 litr suvda 0 dan 10,7 m/g gacha ko'payishi kuzatilgan. Kislorodning biokimyoviy sarflanishi, oksidlanishi kamayadi. Azotli birikmalar: ammiak, nitrit va nitratlar suv o'tlari tomonidan o'zlashtiriladi. Ular oqova suvlarning badbo'y hidini yo'qotadi va rangini tiniqlashtiradi, suvdagi patogen va saprofit bakteriyalar hujayralarining rivojlanishi kamayadi. Suv o'simliklari suvni 70– 75% gacha tozalaydi.
Yuqorida aytib o'tganlarni hisobga olgan holda, suv o'simliklarning har tomonlama o'rganish ularning tabiatdagi xilma–xilligini aniqlash va ularni foydali turlarini ajratib olib, sun'iy ko'paytirish yo'li bilan biomassasini xalq xo'jaligini turli sohalarida ishlatish ustida ish olib borish ahamiyatlidir.
|
| |