|
Termiz sharoitida oqova suvda suv o'simliklarini o'stirish, chidamlilarini tanlab olish va ularni tozalash darajalarini o'rganish
|
bet | 18/25 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 1,97 Mb. | | #108594 |
Bog'liq monograph Satorov indiya 2022 besh (1) Termiz sharoitida oqova suvda suv o'simliklarini o'stirish, chidamlilarini tanlab olish va ularni tozalash darajalarini o'rganish
Tadqiqotlarimizda bajarilishi belgilab berilgan keyingi tajribalar Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti “Botanika” kafedrasi qoshida qurilgan maxsus hovuzda amalga oshirildi.
Labaratoriya tekshiruvlari: suvning sifat ko’rsatkichlarini aniqlash tahlillari Termiz shahar “O’zsuvta’minot” AJ labaratoriyasida, shuningdek, Termiz shahar Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo’limida amalga oshirildi.
Oqava suvni tozalash samaradorligini oshirish uchun biotexnologik tozalash texnologiyasini takomillashtirish asosida oqava suvga chidamli yuksak suv o’simliklarini tanlab olish tajribalarini bajardik. Biotexnologik tozalash obyekti sifatida oqova suvga chidamli turini tanlab olish uchun suv o'simliklari kolleksiyasidan quyidagi turlarni (pistiya, eyxorniya, azolla, ryaska) tanladik. Ushbu o'simliklarni Termiz shahar suv tozalash inshootidan olib kelingan 100% li oqova suvda 5 kun o'stirdik (3.1–jadval). Shu vaqt ichida o'simliklarni kunlik o'sish, morfologik holati va hosildorligni aniqlab bordik. Hosildorlikni aniqlash ho'l biomassani tarozida tortish usulida olib borildi. Oqova suvni tajribadan oldin va tajribadan keyingi fizik va kimyoviy xususiyatlari Y.Lure usuli bo'yicha olib borildi. Tanlab olingan oqova suvga chidamli o'simlik turlarini oqova suvni tozalash darajalarini aniqlash uchun, laboratoriya sharoitida 25 l sharsimon akvariumda hamda nazorat varianti sifatida Tamiya mineral ozuqa muhitida suv o'simliklarini 1–hafta o'stirdik va kunlik o'sishi va morfologik holatini kuzatib bordik.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Termiz sharoitida oqova suvda suv o'simliklarini o'stirish, chidamlilarini tanlab olish va ularni tozalash darajalarini o'rganish
|