|
–rasm. Tajribaning birinchi kunidagi ko‘rinish
|
bet | 16/25 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 1,97 Mb. | | #108594 |
Bog'liq monograph Satorov indiya 2022 besh (1) –rasm. Tajribaning birinchi kunidagi ko‘rinish.
–rasm. Tajribaning 3–4 kunlaridagi ko‘rinishi Manba: Toshkent kimyo texnologiyasi institutida tasvirga olindi.
Yana bir tajriba 26 sentyabr – 3 oktyabr sanalarida Toshkent kimyo texnologiya institutining “Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi” fakultetida tashkil
etildi. Tajriba davomida 1.5 m3 to‘ldirilgan ikkita hovuzda mavjud Azolladan fondalanildi. Birinchi hovuz to‘liq artezan suvi bilan to‘ldirilgan bo‘lsa, ikkinchi hovuzda artezan suvi ishlab chiqarishdan keltirilgan xrom bilan zararlantirilgan. Zararlantirish hajmi 5 litr (0.33%).
Tajriba davomida 6 ta idishdan foydalanildi. Idishlar 5 litrdan artezan suvi bilan to‘ldirildi. 6 ta tanlab olingan idishlar uchun ikki hovuzda mavjud Azolla tanlab olindi. Ya’ni birinchi hovuzda mavjud Azolla oddiy artezan suvida yashayotgan bo‘lsa, ikkinchi artezan suvidagi Azolla xrom bilan oz miqdorda zararlantirilgan artezan suvida o’stirildi. O‘z navbatida idishlar 2 ta Azolla uchun 3 donadan teng ulushda bo‘lindi. Teng ulushda bo‘lingan idishlar 5 litrdan artezan suvi bilan to‘ldirilib, so‘ng 0.5, 1 va 1.5 foizlik nisbatda xrom bilan zararlantirildi. Birinchi hovuzdan olingan Azolla A deb belgilangan bo‘lsa, ikkinchi hovuzdan olingan Azolla A.cr deb belgilab olindi. Tajriba davomida havo harorati kunduz kunlari 20–22 Co daraja, kechalari esa, 7–9 Co darajada saqlanib turdi. Tajriba davom etgan kunlar davomida hech qanday yog‘ingarchiliklar kuzatilmadi.
Tajribaning 4– kunidan boshlab A mavjud idishlarda ko‘k–yashil suv o‘tlari asta sekin rivojlanishi ko‘zga tashlandi. A.cr mavjud idishlarda esa, badbo’y hid yo‘qolishi hamda hech qanday ko‘k–yashil suv o‘tlarining rivojlanishi kuzatilmadi. Tajribaning so‘ngi kunida A mavjud idishlar Azolla hamda baqaton bilan qoplanib suvning yashil tusga kirishi va suvning ustida ko‘pirish holatlari kuzatildi. A.cr da esa, aksincha suv tiniq holatda saqlanib qoldi hamda Azollaning massasi oshishi kuzatildi. Tajriba davomida A va A.cr mavjud idishlarda Azollaning nobud bo‘lish holatlari ham ko‘zga tashlandi. Albatta, A mavjud idishlarda nobud bo‘lish holatlari A.cr mavjud idishlarga qaraganda ko‘proq kuzatildi.
|
| |