–rasm. Tajribaning 1–kunidagi ko‘rinishi




Download 1,97 Mb.
bet17/25
Sana30.11.2023
Hajmi1,97 Mb.
#108594
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
Bog'liq
monograph Satorov indiya 2022 besh (1)

–rasm. Tajribaning 1–kunidagi ko‘rinishi


A B


3.5–rasm. Artezan suvi (A) bo’lgan hamda xrom bilan zararlangan suv (A cr) bo’lgan idishdagi holat




Manba: Toshkent kimyo texnologiyasi institutida tasvirga olindi.

Biologik hovuzlarda tozalovchi (agentlar) komponentlar – mikroorganizmlar, suvo'tlari, suv makrofitlari va boshqa gidrobiontlar hisoblanadi.


Oqova suvlarni tozalash ularning tarkibiga, o'sishi va rivojlanishi xususiyatlariga bog'liqdir. Suv havzasidagi o'simliklar turi qancha xilma–xil va ko'p bo'lsa oqova suvning tozalanish samarasi shuncha katta bo'ladi. Suv havzasida turli ekologik guruhlarga mansub o'simliklar bo'lsa ham natija shuncha yaxshi bo'ladi.
Oqova suvlarni tozalashning birinchi bosqichida mikroorganizmlar ishtirok qiladi. Mikroorganizmlar ishtiroki anaerob va aerob sharoitida boradi. Anaerob sharoitida, ya'ni kislorodsiz sharoitda organik moddalarning parchalanishi sekinlik bilan boradi. Mineralizatsiya jarayonini tezlatish uchun oqova suvlar havo yordamida aralashtiriladi, aeratsiya qilinadi. Aerob sharoitda mikroorganizmlar faollik bilan rivojlanib organik moddalarni parchalaydi. Organik moddalarni parchalovchi mikroorganizmlar bo'lmagan taqdirda, ular maxsus laboratoriyalarda ko'paytirilib suvga yuboriladi.
Oqova suvlar tarkibidagi organik moddalar “faol loyqa” ta'sirida parchalanib mineral moddalarga aylanishi, suv havzalarida evtrofikatsiya jarayonining sodir bo'lishiga olib keladi. Suvdagi mineral moddalar hisobiga mikroskopik suv o'tlari va yuksak suv o'simliklari rivojlanadi.
Yuksak suv o’simliklarning ko'pchilik vakillari biologik indikator vazifasini ham bajaradi. Ifloslangan oqova suvlarda suv o'simliklari ko'p miqdorda rivojlanishi natijasida suvni erkin kislorod bilan boyitib, uni tozalanishini tezlashtiradi. Ular oqova suvlarning badbo'y hidini yo'qotadi va rangini tiniqlashtiradi, suvdagi patogen va saprofit bakteriyalar hujayralarining rivojlanishi kamayadi. Suv o'simliklari suvni 70–75% gacha tozalaydi. Shu bilan bir qatorda, suv o'simliklar sanoat chiqindilari chiqarib tashlangan yerlarning ekin ekishga qanchalik yaroqliligini aniqlashda ham bioindikator sifatida foydalaniladi. Shuningdek, zaharli moddalar (gerbitsitlar) ishlatilgandan so'ng, yerlarning yaroqliligini bilishda ham suv o'simliklari muhim indikatorlik vazifasini bajaradi1.




1 Таубаев Т.Т. Флора и растительность водоемов Средней Азии и их использование в народном хозяйстве. –Ташкент: Фан, 1970. - 480 с.

    1. Download 1,97 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Download 1,97 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



–rasm. Tajribaning 1–kunidagi ko‘rinishi

Download 1,97 Mb.