• III BOB. TAJRIBALAR QISMI. TADQIQOT NATIJALARI VA
  • –jadval Termiz shahar “Suvta’minot”– oqava suvlarni tozalash inshooti oqava




    Download 1,97 Mb.
    bet15/25
    Sana30.11.2023
    Hajmi1,97 Mb.
    #108594
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
    Bog'liq
    monograph Satorov indiya 2022 besh (1)

    –jadval Termiz shahar “Suvta’minot”– oqava suvlarni tozalash inshooti oqava


    suvlarining nazorat metodlari1



    T/r

    Nomi

    Nazorat metodi

    1.

    Hidi

    ГОСТ 3351

    2.

    Loyqaligi

    ГОСТ 3351

    3.

    Rangi

    ГОСТ 3351

    4.

    Vodorod ko’rsatkichi

    pHda o’lchanadi

    5.

    Umumiy mineralizatsiyasi (quruq qoldiq)

    ГОСТ 18164–72

    6.

    Sulfat

    ГОСТ 4389–72

    7.

    Xlorid

    ГОСТ 4245–72

    8.

    Nitrat

    ГОСТ 4192–82

    9.

    Nitrit

    ГОСТ 4192–82

    Ichimlik suvlarning fizik xossasi va kimyoviy tarkibi Y. Lure (1984) uslublari bo‘yicha hamda yuqoridagi jadvalda berilgan nazorat metodlariga asoslanib o’tkazildi. Bunda sifatli usullar yordamida suvda uchraydigan kimyoviy birikmalarni aniqlab, ularni miqdorini sanitariya tomonidan baholandi.




    1 http://www.ecosystema.ru/07referats/b_och_water.htm
    Suvni labaratoriya tekshiruvi Termiz shahar “O’zsuvta’minot” AJ ga qarashli suv tozalash inshooti labaratoriya bo’limida amalga oshirildi.

    III BOB. TAJRIBALAR QISMI. TADQIQOT NATIJALARI VA


    UNING TAHLILI
      1. Azolla yuksak suv o’simligi yordamida biotexnologik tozalashning ifloslangan suv ko’rsatkichlarining o’zgarishiga ta’siri


    Tadqiqotlarimizda bajarilishi belgilab berilgan dastlabki tajribalar Toshkent kimyo texnologiya institutining “Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi” fakultetida amalga oshirildi. Toshkent kimyo texnologiya institutining “Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi” fakulteti professori Nortoji Xo’jamshukurov hamda Termiz davlat universiteti dotsenti Abdumurod Sattorov birgalikda 2020 va 2021 yillar davomida Gulistonda joylashgan O‘zbek–Xitoy charm ishlab chiqarish qo‘shma korxonasidan xrom bilan zararlangan suvlarini biotexnologik toza bioremidatsiya usuli orqali makrosuvo‘tlari yordamida tozalash bo‘yicha tajriba ishlarini olib bordi.


    Birinchi tajriba davomida kichik yasalgan hovuz fakultet bazasida mavjud artezan suvi bilan 1,5 m3 to‘ldirildi. Hovuz ishlab chiqarishdan keltirilgan xrom bilan zararlantirilgan suv bilan zararlantirildi. Zararlantirish hajmi 5 litr (0,33%). Biotexnologik obyekt sifatida Azolla makrosuvo’ti tanlab olindi. Suvning xrom konsentratsiyasi bilan kam miqdorda zararlantirishning asosiy maqsadi, Azolla ning zararlangan suvga moslashuvini yumshatish hamda zararlangan suvda yashashga moslashgan yangi avlodni shakllantirish qilib belgilandi. Zararlangan suvga 1,5 kg hajmda Azolla tashlandi. (3.1–rasm)
    Tajribaning 1–2 kunlarida ko‘zga tashlanadigan o‘zgarishlar qayd etilmagan bo‘lsa, 3–4 kundan boshlab Azolla ning 50–80% qismida rangning fotosintez jarayoni to‘xtagani va rangining yashildan qizamtir rangga o‘zgarishi kuzatila boshladi. Shuningdek shu kunlar davomida yangi avlod ham paydo bo‘lishi kuzatildi (3.2– rasm). 7 kun davomidaga kuzatuvlar jarayonida suv sathining 1–kunga nisbatan 2–3 barobar katta qismi Azolla bilan qoplanishi kuzatildi.
    19 sentyabrda zararlangan suvda badbo‘y hid urib turgan bo‘lsa, tajriba yakuni 26 sentyabrda bu hidning yo‘qolishi kuzatildi.


      1. Download 1,97 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




    Download 1,97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    –jadval Termiz shahar “Suvta’minot”– oqava suvlarni tozalash inshooti oqava

    Download 1,97 Mb.