|
Kichik ryaska (Lemna minor)
|
bet | 13/25 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 1,97 Mb. | | #108594 |
Bog'liq monograph Satorov indiya 2022 besh (1)Kichik ryaska (Lemna minor) (2.5–rasm) Araceae oilasiga mansub ko‘p yillik yuksak suv o‘simligi bo‘lib, suv yuzasida suzib o‘sadi. Lemna minor organik moddalarga boy har qanday ko‘lmak suvlarida o‘sib ko‘payadigan, sovuq va issiq havoga chidamli dorivor suv o‘simligi hisoblanadi. Lemna minorning barglari va ildizchalari mavjud bo‘lib, asosan vegetativ yo‘l bilan ko‘payadi.
–rasm. Lemna minor hamda Eichhornia crassipes
Manba: Termiz davlat universieti “Tabiiy fanlar” fakulteti “Botanika” kafedrasida tasvirga olindi
O‘simlikning kattaligi 5–6 mm ni tashkil etadi. Ryaska fotosintez jarayonida ko‘p miqdorda kislorod ajratib chiqaradi va suv havzalarini tozalashdagi roli ham yuqori. Ryaskani yetishtirish uchun sayoz ko‘lmaklar, bo‘sh yotgan ko‘llar, daryo irmoqlari, sun’iy va tabiiy hovuzlardan foydalansa bo‘ladi. Hosil haftasiga ikki marta yig‘ishtirilib olinadi. Quritib olib saqlab qo‘ysa bo‘ladi. Suv ustida qalin qatlam hosil qiladi va shu bilan zararkunanda o‘tlarning rivojlanishiga yo‘l bermaydi. Yuqori biomassa olish uchun suvga mineral yoki madaniy o‘g‘itlar me’yorida tashlab turiladi. Shu bilan birga yaxshi natijaga erishish uchun uni nazorat qilib turish, hosilni o‘z
vaqtida yig‘ib olish lozim. Bu o‘simlikning optimal o‘sishini, yuqori hosil berishini ta’minlaydi. Uni ho‘l holida ham, quritilgan holida ham hayvon, parranda va baliqlarga bersa bo‘ladi.
Yuksak suv o’simliklari (makrofitlar) suv ekosistemalarining muhim ahamiyatga ega komponentlaridan biri hisoblanadi1. Yuksak suv o’simliklari suvliklarni evtrifikatsiyasi va ifloslanish jarayonlarini ko’rsatuvchi indikator sifatida xizmat qiladi2. Suvda o’sadigan yuksak o’simliklar baliq turlari uchun molluskalar, qisqichbaqasimonlar va suvda yashaydigan hayvonlar uchun yashash makoni, qishlov joyi va oziqasi; suvdagi barcha gidrobiontlar uchun kislorod manbai bo’lib xizmat qiladi. Bu holat iqlim o’zgarishlarida ham muhim ahamiyatga ega3.
Azolla yalpi ko‘payishining optimal davri iyul–sentyabr oylari bo‘lib, bu davrda sutkasiga 250–300 g/m2 biomassa hosil qiladi.
Oqova suvlarda o‘stirilgan azolla 1 gektar suv yuzasidan bir kecha–kunduzda 1500–2000 kg gacha ho‘l biomassa; pistiya va eyxorniya esa, 1800–2700 kg gacha ho‘l yoki 90–135 kg gacha mutlaq quruq biomassa berishi mumkin (iyun–oktabr oylarida).
Yuksak suv o‘simliklarining biomassalarini ko‘chat sifatida oqova suvlarni tozalash inshootlarining biologik hovuzlariga ekish yoki issiqlik yordamida (AVM– 0,65, AVM–1,5) ishlov berib, vitaminli un tayyorlab, oqsil – vitaminli va mineral ozuqa sifatida qishloq xo‘jalik hayvonlari va parrandalarini boqishda ularning ratsioniga qo‘shimcha ozuqa sifatida foydalanish mumkin. Shuningdek, azollani sholichilikda “yashil o‘g‘it” sifatida ishlatish natijasida sholi hosildorligi nazorat variantiga nisbatan 20–25% ga oshganligi va 1 gektar sholi maydonidan olingan iqtisodiy samaradorlik 2008 yilda 500 000 (besh yuz ming) so‘mni tashkil etgan. Angren “Suvoqova” tozalash inshootida oqova suvlarni pistiya, eyxorniya va azolla yordamida tozalash natijasida elektroenergiya va oqova suvlarini zararsizlantirishda
1 Уманская М.В. Высшая водная растительность оз. Кандрикул (Респ.Башкордостан). Самарская лука: проблемы региональной и глобальной экологии. –Самара, 2014. – Т.23, –с.141-145
2 Мержвинский Л.М., Мартиненко В.П., Висотский Ю.И. Становая Ю.Л. Высшая водная растительность озера Островцы.- Витебск, 2011 – с.75-81
3 Bo’riyev S.B., Jalolov E.B., Ikromova H.S. Buxoro viloyatining janubi-sharqida joylashgan baliqchilik suv havzalarining yuksak suv o’simliklari va ularning sistematikasi / NamDU ilmiy axborotnomasi/ 2019-yil 9-son b- 39-43
ishlatiladigan xlor va uning birikmalarini tejash hisobiga olingan iqtisodiy samaradorlik 2012 yilda 306 mln (uch yuz olti million) so‘mni tashkil qilgan.
Yuksak suv o'simliklarining suvdagi turli moddalarni, biogen elementlar (azot, fosfor, kaliy, kal`tsiy, magniy, marganets, oltingugurt), og'ir metallar (kadmiy, mis, qo'rg'oshin, rux), fenollar, sulfatlar, xloridlarni to'plashi, neft mahsulotlari, sintetik sirtfaol moddalarni zararsizlantirishi bois ulardan sanoat, kommunal– maishiy va boshqa oqova suvlarni tozalashda dunyoning turli mamlakatlarida, shu jumladan respublikamizda ham qo'llaniladi1.
Yuksak suv o'simliklari suvdan tuzlarni ham o'zlashtiradi. Yuksak suv o'simliklarining bu xususiyati suv havzalaridagi tuz rejimini boshqarishda ulardan foydalanish imkoniyatini ko'rsatadi2.
Ta'kidlash joizki, eyxorniya, pistiya va azolla ayrim mamlakatlarning botanika bog'larida manzarali hamda akvarium o'simligi sifatida o'stiriladi. Bundan tashqari pistiya biomassasidan dori –darmonlar, eyxorniyadan qog'oz, biogaz va spirt olish mumkin. Azolladan esa, atmosferadagi azotni to'plovchi “yashil o'g'it”, sholi hosildorligini oshiruvchi va tuproq unumdorligini yaxshilovchi vositalar, qishloq xo'jalik hayvonlari, maishiy–kommunal, baliq va yovvoyi qushlarni boqishda oqsil–vitaminli mineral ozuqa sifatida foydalanish mumkin3.
|
| |