|
Tadqiqot obyektlari sifatida olingan yuksak suv o’simliklarining
|
bet | 9/25 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 1,97 Mb. | | #108594 |
Bog'liq monograph Satorov indiya 2022 besh (1)Tadqiqot obyektlari sifatida olingan yuksak suv o’simliklarining
biologiyasi
Tadqiqotlarimizda obyekt sifatida har xil darajada ifloslangan ichimlik suvi, yuksak suv o‘simliklardan foydalandik.
Suv havzalarida o’sib rivojlanuvchi yuksak suv o’simliklari quyidagi 3 guruhga bo'linadi;
1 guruh suv ostida o’suvchi suv o'tlari, bularga asosiy vakillaridan bo'lib, tabiatda eng ko'p tarqalgan yashil suv o'simliklari: xlorella, xlamidomonada, yevgeniya va boshqa suv o'tlari kiradi;
1 Maxmudova I.M., Salohiddinov A.T. Qishloq va yaylovlar suv ta'minoti. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim Vazirligining muvofiqlashtiruvchi Kengashi tomonidan oliy o'quv yurtlari talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan - Toshkent- 2013 y. – 20-24 b
2 guruh suv o'simliklari bo'lib bular asosan suv yuzasida qalqib o'sadigan o'simliklar kiradi, bularga eyxorniya, pistiya, ryaska, azolla va boshqa tur o'simliklar kiradi;
3 guruh tanasining yarimi suvda o’suvchi yuksak suv o'simliklar guruhi bo'lib hisoblanadi, bularga qamish, trasnik va boshqa tur o'simliklar kiradi.
Yuqoridagi o'simliklar yer yuzida keng tarqalgan bo'lib suv o'tlarini turlari 4000 ga yetadi, suv o'simliklarini turi esa, 3000 ga yaqinni tashkil etadi. Ulardan MDHda
403 ta turi ma'lum. Respublikamiz suv havzalarida 100 dan ziyod yuksak suv va suv–botqoq o'simliklari turi uchraydi1.
Umuman suv o'tlari va suv o'simliklarini tabiatda tutgan o'rni katta ahamiyatga ega bo'lib, ular tabiatda borayotgan turli jarayonlarda ishtirok etadi va hosildorligi yuqori bo'lishi va tarkibidagi biologik faol moddalarni ko'p saqlash jihatidan boshqa yem xashak o'simliklardan ustun kelishi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari yuqorida o'simlik guruhlari, ayniqsa, suv yuzida qalqib o'sadigan o'simliklar biologik filtr vazifasini bajaradi va suvni kislorod bilan boyitadi.
Yuksak suv o’simliklari tabiatda keng tarqalgan bo’lib, ularning bir nechta turlari mavjud. Ular asosan suv havzalari, havza bo’ylarida ham namlik bo’lgan joylarda faol o’sib rivojlanadi.
Suvning yuza qismida o’suvchi suv o’simliklari faol rivojlanib, kata miqdorda biomassa hosil qilganligi sababli, ular turli sohalarda qo’llanilmoqda. Bularning turlari–azolla, ryaska, pistiya, eyxorniya va boshqalar tabiiy suv havzalarida uchraydi. Pistiya va eyxorniya o’simliklari subtropik sharoitlardan olib kelinib, O’zbekiston sharoitida o’sib rivojlanishga moslashtirilgan. Pistiya va eyxorniya o’simliklarining oqova suvlardan faol rivojlanib, suvlarni har xil ifloslanishdan tozalash darajasi, ko’pchilik olimlar tomonidan o’rganilgan.
Tadqiqot obyekti sifatida olingan yuksak suv o‘simliklari quyidagilar: eyxorniya (Eichhornia crassipes (Solms.), Pontederiaceae), Pistiya (Pistia stratiotes (L.), Araceae), Azolla (Azolla carolinana, Azollaceae), Kichik ryaska (Lemna minor) (2.1–rasm).
1 Скрепников Н. К. Право водопользование, водопотребления и охрана вод. - -Т.: -2011. -352 с.
|
| |