Hozirgi vaqtda ichki suv havzalari, ayniqsa, ba’zi daryolar shu qadar ifloslanib ketayaptiki, ular tabiiy yo‘l bilan o‘zini o‘zi tozalay olmayapti. Ifloslangan daryo va ko‘l suvlari iste’mol uchungina emas, balki maishiy xizmat, turmush va sanoat ehtiyojlari uchun ham yaroqsiz bo‘lib qolayapti, odamlarning turli kasalliklarga chalinishiga olib kelayapti. Chuchuk suvlar ifloslanishining asosiy sabablari urbanizatsiyaning va sanoat ishlab chiqarishining jadal rivojlanishi bilan bog‘liq. Yirik sanoat korxonalari va shaharlar hududlarida ko‘p miqdorda erigan va muallaq holatda mavjud bo‘lgan har xil mineral va organik moddalar hisobiga ifloslangan oqar suvlar hosil bo‘ladi va bu suvlar, odatda, daryolarga tashlanadi.
Chuchuk suv havzalarini ifloslovchi asosiy manbalar qatoriga sanoat korxonalari, maishiy xo‘jalikdan chiqadigan oqova suvlar, rudali va rudasiz qazilma boyliklarni ishlab chiqarishdagi chiqindilar kiradi. Konlar va neft korxonalarida ishlatilgandan keyin chiqariladigan suvlar, temir yo‘l transportlarining tashlanma suvlari, shahar hududlaridan hamda o‘g‘it va zaharli ximikatlar ishlatilgan dalalardan oqib chiqqan suvlar, chorvachilik fermalari va komplekslaridan oqib chiqadigan tozalanmagan suvlar va boshqalardir. Ayniqsa, sanoatda ifloslangan oqar suvlar tarkibida har xil kislotalar, fenolli birikmalar, vodorod sulfidi, ammiak va boshqa birikmalar, shuningdek har xil biogen moddalar bo‘ladi. Ifloslangan ko‘plab daryo va ko‘l suvlari faqat iste’molgagina emas, hatto maishiy–xo‘jalik va sanoat ehtiyojlari uchun ham yaroqsiz bo‘lib qolayapti. Bunga G‘arbiy Yevropadagi ayrim mamlakatlar daryolarini misol qilib keltirish mumkin. Bu hududlardagi suvlarni tubdan tozalamasdan qayta ishlab bo‘lmaydi. Zarafshon daryosi Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlari hududidan oqib o‘tadigan yagona suv manbaidir. Daryo havzasida yirik sanoat korxonalarining to‘planishi hamda 600 ming gektardan ortiq sug‘oriladigan yerning mavjudligi, sug‘orish tizimining takomillashmaganligi daryo suvining sifat ko‘rsatkichlarini keskin pasayishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, daryoning
bosh o‘zanidagi Tojikiston Respublikasining tog‘ boyitish kombinatining oqova suvlari tarkibidagi og‘ir metallarning me’yoridagidan 1,5 barobar ortiq bo‘lishi ham suvning ifloslanishiga ta`sir qilmoqda. Daryo suvining ifloslanish darajasi yildan yilga oshib bormoqda.
Keyingi vaqtlarda qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan pestitsidlar, gerbitsidlar, fungitsidlar, insektitsidlar daryo, ko‘l va kanallarga tushib, suvda hayot kechiruvchi organizmlarga va ular orqali esa, odam organizmlariga o‘tadi, ba’zi hollarda yomon oqibatlarga olib kelmoqda.
Ifloslangan oqar suvlar ikki guruhga: mineral va organik moddalar bilan ifloslangan suvlarga bo‘linadi.
Mineral ifloslangan oqar suvlarga metallurgiya va mashinasozlik korxonalarining oqindilari, neft, uni qayta ishlash va tog‘–kon sanoatining chiqindilari kiradi. Mineral ifloslangan oqar suvlar tarkibidagi har xil tuzlar, kislotalar, ishqorlar, qum, shlak, mineral yog‘lar va boshqalar bo‘ladi. Hayvon va o‘simlik yog‘lari, o‘simlik tolalari, sabzavot poliz va meva qoldiqlari, to‘qimachilik, oziq–ovqat va boshqalar bilan ifloslangan oqar suvlar suv havzalarining organik ifloslanishiga sabab bo‘ladi. Organik ifloslangan oqar suvlar tarkibida azot ko‘p bo‘ladi.
Organik ifloslanishning ko‘rinishlaridan bo‘lgan bakterial va biologik ifloslanish achitqi va mog‘or zamburug‘lari, mayda suv o‘tlari va bakteriyalar: jumladan, tif, paratif, dizenteriya qo‘zg‘atuvchilari, gelmintlar va boshqalarning borligi bilan xarakterlanadi.
Ifloslangan oqar suvlar tarkibida ko‘pincha 40% mineral va 60%gacha organik moddalar bo‘lib, ular toza suvni kimyoviy zaharlanishiga sabab bo‘ladi, suv normal fizik–kimyoviy xossalarini buzadi va nihoyat bu suvlar iste’mol uchun yaroqsiz bo‘lib qoladi.
Yer osti suvlarning ifloslanishi esa, asosiy yer ustidagi ifloslangan suvlar oqimidan va filtratsion suvlardan hosil bo‘lishi tufayli yuz beradi.
Rivojlangan davlatlarning sanoatida ishlatiladigan toza suvlar kommunal maishiy xo‘jaliklarga sarflanadigan suvlardan bir necha barobar ko‘pdir. Chiqindi
suvlar insonni ichimlik suv bilan ta’minlashda yaroqsiz hisoblanadi. Chunki zaharli moddalar bilan to‘yingan suv inson salomatligiga salbiy ta’sir etadi. Turli yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Keyingi vaqtda shifokorlar poliomiyelit, sariq va sil kasalliklar mikroblarining suv orqali tarqalishini aniqladilar.
Kimyo sanoatida sintetik yo‘l bilan ishlab chiqariladigan bo‘yoq, portlovchi modda va turli xil dori– darmon kauchuk sun’iy tola va boshqalar toza suvni ko‘p miqdorda talab qiladi. Oqibatda bunday ishlab chiqarish manbalaridan chiqqan iflos suvlar tarkibida tabiatda uchramaydigan zararli moddalr ham uchraydi.
Suv shaxtalarda ko‘mir olishda ham ishlatiladi. Ko‘mir qatlamlari oralig‘idagi tog‘ jinslarining tarkibiga qarab suv turli moddalarga to‘yinadi. Ba’zan shaxtalar gurunt suvidan to‘lib qoladi. Natijada, ish jarayoniga katta zarar yetkazadi. Bunday hollarda shaxtalardagi iflos suvlar kuchli nasoslar yordamida turli suv havzalariga chiqarib tashlanadi.
Qora va rangli metallurgiya, kimyo, qog‘oz, neftni qayta ishlash, tog‘– kon sanoati chiqindilari va qishloq xo‘jaligi sababli yer yuzasidagi suvlar ifloslanmoqda. Neft sanoati tarmoqlaridan neftni olish, tashish va uni qayta ishlash suv havzalarining ifloslanishida asosiy sababchilaridan biridir. Suv ostidan neftni olishda achinarli hodisalar ro‘y bermoqda. Masalan, Santo Barbaradagi birinchi neft qudug‘i 10 sutkada 900 tonna neft yo‘qotgan. Bir qancha neft tankerlari halokatga uchrab okeanga ming– ming tonna neft to‘kilgan. Natijada necha ming tonna suv yuzasi yupqa neft pardasi bilan qoplangan. Bir litr neft 200 litr suvni ifloslaydi. Yoki bir tomchi neft 1– 1,5 kvadrat metr kub suv yuzasini yupqa pardasi bilan qoplaydi. Natijada baliqlar va boshqa dengiz hayvonlari, suv qushlari hayotini xavfga soladi.
Sanoat obyektlari atroflariga chiqarib tashlangan issiq oqova suvlar mazkur joydagi fauna va flora hayotiga zararli ta’sir qiladi.
Issiqlik va atom elektr stansiyalarining sovitish uchun ishlatiladigan iliq suvlardan foydalansa bo‘ladi. Masalan, Angliyada Xatterson atom elektr stansiyasidan chiqqan iliq suv ulkan suv havzasiga oqizib quyilgan va u yerda turli xil baliqlar boqilgan. Bu baliqlar o‘zini yaxshi his qilib, ochiq dengizga qaraganda ikki baravar tez yetilgan. Insoniyat jamiyati taraqqiyoti jarayonida tabiiy suv tarkibini
tezlik bilan o‘zgartirmoqda. Shuning uchun suvni muhofaza qilishda, iflos suvlarni tozalashdagi muhandislik usullarini yanada takomillashtirish lozim.
Keyingi paytlarda suvni ko‘p sarflaydigan sanoat tarmoqlari joylashgan sex va zavodlarda chiqindi suvlarni tozalaydigan uskunalar qurilmoqda. Sanoat va qishloq xo‘jaliklaridan chiqqan iflos suvlarni zararsizlantirib yana qaytadan ishlatish mumkin. Masalan, hozirgi zamon neftni qayta ishlash va metallurgiya zavodlari va sexlarida ishlatilgan suvning 97% i qaytadan ishlatilmoqda.
Zavod va fabrikalardan chiqqan tashlandiq suvlardan qimmatbaho moddalarni ajratib olish va suvni qaytadan ishlatish xo‘jalik uchun katta iqtisodiy samara bermoqda. O‘rmon, texnika sanoatiga tegishli zavodlar chiqindilaridan nitrobenzol, anilin bo‘yoq zavodlari chiqindilaridan brom va anilin, koks, kimyo zavodlari tashlandiqlaridan turli fenollar va kimyo zavodining chiqindi suvlaridan esa, sulfat kislotasini ajratib olish mumkin.
Yaqin kunlargacha bir tonna ruda eritib olish uchun 80 m3 suv sarflangan bo‘lsa, hozirgi zamon texnikasi bilan qurollangan ba’zi sex va zavodlar shu miqdordagi rudaga 4 m3 suv ishlatmoqda. Biroq hamma zavod va kombinatlar hozirgi zamon texnikasi bilan to‘la ta’minlangan emas. Metallurgiya zavodlarida suvni muhofaza etishda Xarkov “Giprostal” instituti ilmiy xodimlarining xizmati katta. Ular domna, marten va boshqa pechlarni sovitishda suv o‘rniga havodan foydalanishni taklif etishdi.
Hozirgi kunda mamlakatimizning bir qancha sanoat korxonalaridan ko‘plab iflos chiqindi suvlar chiqmoqda. Xo‘jalik maishiy obyektlardan chiqqan iflos suv ilgarigiga qaraganda endilikda 4 marta ko‘p.
Hozirgi paytda suv havzalari ifloslanishining oldini olishga juda katta ahamiyat berilmoqda. Maishiy xo‘jalik va sanoat korxonalaridan chiqadigan oqova suvlar muayyan inshootlarda tozalanib, ular yana suv havzalariga oqiziladi. Oqova suvlar suv havzalarini ma’lum darajada ifloslantiradi. Keyingi yillarda hukumatimiz tomonidan suv havzalarining sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan qator amaliy chora–tadbirlar ko‘rilmoqda.
Suv sanoat va kommunal xo‘jaliklardan chiqqan oqava suvlar, neft, radiaktiv moddalar va boshqalar bilan ifloslanadi.
Rivojlangan davlatlarning sanoatida ishlatiladigan toza suvlar kommunal maishiy xo‘jaliklarga sarflanadigan suvlardan bir necha barobar ko‘pdir. Chiqindi suvlar insonni ichimlik suv bilan ta’minlashda yaroqsiz hisoblanadi. Chunki zaharli moddalar bilan to‘yingan suv inson salomatligiga salbiy ta’sir etadi. Turli yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Keyingi vaqtda shifokorlar poliomiyelit, sariq va sil kasalliklar mikroblarining suv orqali tarqalishini aniqladilar.
Iflos suvlarni tozalashda asosan uch usuldan mexanik, kimyoviy, biologik usullardan foydalanilmoqda.
Suvni iflos chiqindilardan holi etish va yana inson xizmatiga bo‘ysundirish uchun yana o‘nlab usullar ishlab chiqildi. Har bir tozalash usulini amalda qo‘llash uchun joyning tabiiy sharoitini ilmiy asosda juda yaxshi o‘rganish kerak. Shundagina qo‘llaniladigan usul xo‘jaligimiz uchun katta foyda keltiradi. Buni biz misol tariqasida Uchquduq shahrida qurilgan va ishga tushirilgan “Biologik tozalash stansiyasi”ning 1–navbatida ko‘rsatib o‘tamiz: Bu stansiya 1 yilda 1,5 million kub metr oqava suvni tozalaydi va shuning 1,3 million kub metri shahar yashil bog‘larini sug‘orish uchun sarflanadi.
Shunday qilib, iflos suvlarni tozalash va toza suvlarni muhofaza qilish dolzarb muammolardan biri bo‘lib qoldi va bu sohada mamlkatimizda anchagina ishlar amalga oshirildi, ammo hali qilinishi kerak bo‘lgan ishlar juda ko‘p.
O‘zbekiston Respublikasida 1993 yil 6–mayda qabul qilingan “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi 837–XII sonli Qonunning 4–moddasida O‘zbekiston Respublikasining yagona suv fondi:
daryolar, ko‘llar, suv omborlari, boshqa yer usti suv havzalari va suv manbalari, kanal va hovuzlarning suvlaridan;
yer osti suvlari va muzliklardan iboratdir;
davlatlararo daryolar Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryosi, Orol dengizi va boshqa suvlardan foydalanish huquqi davlatlararo bitimlarda belgilab beriladi;
Suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo‘lib, u davlat tomonidan qo‘riqlanadi1. Suv qishloq xo‘jaligi va sanoat ishlab chiqarishidagi barcha jarayonlarning zaruriy tarkibiy qismi hisoblanadi. Suv yer yuzida eng ko‘p tarqalgan modda bo‘lsa–da, ularning 98% zahirasini dengizlarning sho‘r suvlari tashkil etadi. Umumiy chuchuk suvning atigi 0,1 foizidan foydalanish imkoni bor, xolos. Shuning uchun ham suvdan foydalanishni davlat tomonidan nazorat qilinishi maqsadga muvofiqdair.
Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, dehqon xo‘jaliklari va fuqarolar suv to‘g‘risidagi qonunlarni buzish natijasida yetkazilgan zararlarni qonunlarda belgilangan miqdorda va tartibda qoplashlari shart. Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar zarar xarajatlarni to‘lashida aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslar va boshqa xodimlar belgilangan tartibda moddiy javobgar bo‘ladilar (117–118– moddalar)2.
“Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 74–moddasiga ko‘ra tabiiy suv oqimlari (jilg’alar, soylar, daryolar va boshqalar), suv havzalari (ko’llar, dengizlar) va boshqa tabiiy suv obyektlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalarini, suv olish limitlarini buzish, shuningdek, loyihada nazarda tutilgan baliqlarni muhofaza qilish inshootlari va qurilmalari bo‘lmagan holda ulardan suv olishni amalga oshirish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa, besh baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi3.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa, o’n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
1 O‘zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida» gi 1993-yil 6-maydagi 837-XII sonli Qonunning 4- moddasi.//Manba : http://www.lex.uz
2 O’zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to’g’risida”gi 1993-yil 6-may 837-XII- sonli Qonunining 117-118-moddalari/ Manba: http://www.lex.uz
3 O’zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentyabrdagi “Ma’muriy javobgarlik to’g’risida”gi Kodeksining 74- moddasi/ Manba: http://www.lex.uz
Suv obyektlaridan olinadigan va ularga quyiladigan suv miqdorining dastlabki hisobini yuritish va oqib kelib qo‘shilayotgan suvlar sifatini aniqlash qoidalarini buzish, shuningdek, davlat suv kadastri yuritishning belgilangan tartibini buzish mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, – mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi (Qonunning 75–moddasi)1.
“Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida” gi Kodeksning 76–moddasiga muvofiq suv xo‘jaligi inshootlari va qurilmalarini shikastlantirish bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Suv xo‘jaligi inshootlari va qurilmalaridan foydalanish qoidalarini buzish mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o’n baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi 2.
Suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa jinoyat hisoblanadi. Shuning uchun “Jinoyat kodeksi”ning 203– moddasiga ko‘ra bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soat majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi3.
Mamlakatimiz suv fondi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni “Yer kodeksi” bilan tartibga solinadi. Kodeksning 77–moddasida shunday deyiladi: “Suv havzalari ( daryolar, ko’llar, suv omborlari va shu kabilar), gidrotexnika va boshqa suv xo‘jaligi inshootlari egallab turgan, shuningdek, suv havzalarining va boshqa suv obyektlarining qirg‘oqlari
1 O’zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentyabrdagi “Ma’muriy javobgarlik to’g’risida”gi Kodeksining 75- moddasi/ Manba: http://www.lex.uz
2 O’zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentyabrdagi “Ma’muriy javobgarlik to’g’risida”gi Kodeksining 76- moddasi/ Manba: http://www.lex.uz
3 O’zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentyabrdagi 2012-XII-son Qonuniga muvofiq tasdiqlangan Jinoyat Kodeksining 203-moddasi/ Manba: http://www.lex.uz
bo‘ylab ajratilgan mintaqadagi suv ehtiyojlari uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda berilgan yerlar suv fondi yerlari jumlasiga kiradi. Suv fondi yerlarida suv obyektlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan xo‘jalik faoliyati yuritish va qurilish ishlari olib borish ta’qiqlanadi. Suv fondi yerlaridan foydalanish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi”1.
Bugungi kunda suv ta’minotining asosiy va an’anaviy manbalari hisoblangan daryolar, ko‘llar, Shimoliy qutb muzliklari, dengizlar, suv omborlari muttasil ifloslanmoqda. Insoniyatning eng katta oziq–ovqat manbalaridan biri hisoblangan jahon okeanlari ham hozirgi vaqtda inson sivilizatsiyasi qurboniga aylanmoqda. Har yili jahon okeanlariga millionlab tonnagacha neft va neft mahsulotlari, sanoat va maishiy chiqindilar kelib tushmoqda. Ilmiy texnikaviy taraqqiyot davriga nazar tashlasak, erishilgan yutuqlar bilan birga katta iqtisodiy, ekologik xatoliklarga yo‘l qo‘yilganini ham kuzatish mumkin. Ayniqsa, O‘rta Osiyoda yoki o‘zimizning Respublikamizda oqibatini o‘ylamasdan yangi yerlarni o‘zlashtirilishi hayotimizning asosi bo‘lmish suvning isrof bo‘lishiga va uning ifloslanishiga, yagona dengizimiz Orolning qurishiga olib keldi. Orol dengizining suvi qochgan qirg‘oqlaridan ko‘tarilayotgan chang–to‘zonlar 400 km uzoqlikkacha yetib bormoqda va respublikamizning hosildor yerlariga zarar yetkazmoqda. Shuningdek aholining oqova suvlari tarmoqlariga har xil suyuq chiqindilarni oqizishi, ayniqsa, ko‘p qavatli turar joylarda yashovchi aholining ekologik madaniyat darajasining yetarli emasligi natijasida oqova suvlari tarmoqlariga oziq–ovqat qoldiqlarini, tiqilmalarni tozalash maqsadida har–xil kislotalarni, maxsus xojatxona qog‘ozi o‘rniga, har– xil nostandart qog‘ozlarni tashlanishi, oqova tarmoqlaridan foydalanishni qiyinlashtiradi.
Keyingi 60 yillarda turli xil kimyoviy yuvuvchi moddalarning ko‘payganligi, yuvish jarayonida ulardan samarasiz foydalanishi oqibatida, oqova suvlarining ifloslanishini kuchaytirib, ularni tozalash jarayonini qiyinlashtirmoqda.
Inson organizmi uni o‘rab turgan tashqi muhit bilan chambarchas bog‘liq. Ifloslangan suv organizmga ta’sir qilish va kasallik keltirib chiqarish jihatidan katta
1 O’zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-apreldagi Yer Kodeksining 203-moddasi/ Manba: http://www.lex.uz
ahamiyatga ega. Ayniqsa, u me’da–ichak, gepatit va boshqa turli yuqumli kasalliklar tarqatishda muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham chiqindilar tashlanadigan suv tez–tez bakteriologik jihatdan tekshirib turilishi kerak. Bu bir tomondan ochiq suv havzalarini ifloslanishdan asrasa, ikkinchi tomondan shu bilan bog‘liq ko‘pgina kasalliklarning oldini oladi. Demak, tashqi muhitning ifloslanishi kishi organizmiga salbiy ta’sir etar ekan. Shuning uchun ham tashqi muhitni asrash inson sog‘ig‘ini saqlash demakdir.
|