|
Tadqiqot obyekti va predmeti
|
bet | 3/25 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 1,97 Mb. | | #108594 |
Bog'liq monograph Satorov indiya 2022 besh (1)Tadqiqot obyekti va predmeti. Yuqoridagi dolzarblikni yechishda, tadqiqot obyekti sifatida suvo‘tlar (Eichhornia crassipes, Pistia stratiotes, Azolla, Lemna
minor), turli xil darajada ifloslangan ichimlik suvlari tanlandi. Oqava suvlarni tozalash usullari tadqiqot predmeti qilib olindi.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Tadqiqot ishimizda quyidagicha maqsad qo‘yildi: Termiz shahridagi turli xil darajada ifloslangan ichimlik suvlarini o‘rganish, fizik–kimyoviy xossalarini tekshirish, ularni biotexnologik usulda tozalash.
Qo‘yilgan maqsadni amalga oshirish uchun quyidagicha asosiy vazifalar qo‘yildi va yechildi:
adabiyotlar va elektron manbalarni tahlil qilish asosida, O‘zbekistonda mavjud ichimlik suvi manbalari hozirgi holati, ularning ifloslanish darajasi va manbalari, ifloslangan suvlarni tozalash usullari haqidagi ma`lumotlarni to‘plash;
Termiz shahri turli hududlarining ichimlik suvlaridan namunalar olish, uni fizik va kimyoviy jihatdan tekshirish ;
ifloslangan deb aniqlangan namunalarda yuksak suv o‘simliklari o‘stirish orqali suvni tozalash tajribalarini olib borish;
tajribalarda aniqlangan ma’lumotlar asosida tegishli xulosa va tavsiyalar tayyorlash.
Ilmiy yangiligi. Ifloslangan ichimlik suvlarni biotexnologik usulda, ya’ni yuksak suv o‘simliklari yordamida tozalashga qaratilgan tajribalar Termiz shahrida mahalliy sharoitda birinchi marta olib borildi.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Tadqiqotda asosiy masala aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash va ifloslangan suvni iqtisodiy jihatdan samarali tozalash usullarini izlab topishga qaratilgan. Agar tadqiqot natijalari ishlab chiqarishga joriy qilinsa, aholini toza ichimlik suviga bo‘lgan talabini qondirishga birmuncha erishiladi deb faraz qilish mumkin.
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi. Ushbu sohada bajarilgan ishlar bilan tanishish borasida quyidagi xulosaga keldik, hozirga qadar ifloslangan ichimlik va oqava suvlarni tozalash va qayta ishlash sohasida ko‘p ishlar amalga oshirilgan va bu ish davom etmoqda, shulardan biri mening tadqiqot ishim hisoblanadi.
|
| |