|
Sattarov abdumurod sattarovich oqava suvlardan sifatli
|
bet | 5/25 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 1,97 Mb. | | #108594 |
Bog'liq monograph Satorov indiya 2022 besh (1) 1.1–jadval
O‘zbekiston Respublikasi suv resurslari1
Havza va hudud
|
Q, m3/s
|
W, km3/yil
|
Surxondaryo havzasi (Surxondaryo viloyati)
|
96,2
|
3,033
|
Qashqadaryo havzasi (Qashqadaryo viloyati)
|
42,4
|
1,336
|
Zarafshon daryosi havzasi (Samarqand viloyati)
|
7,96
|
0,251
|
Amudaryo havzasi bo‘yicha jami
|
146,6
|
4,620
|
1 Буриев С.Б., Хужжиев С.О., Шоякубов У.Р. Биодеструкция цианидовс водными растениями// Акт. пробл. альгологии, микологии игидроботаники: Межд. науч-практ конф. -Ташкент, 2009.– С. 235-237.
Farg‘ona vodiysi (Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlari)
|
6,12
|
0,193
|
Turkiston va Nurota tog‘ tizmalarining shimoliy
yonbag‘ridan boshlanuvchi daryolar (Jizzax, Navoiy viloyatlari)
|
4,49
|
0,142
|
Ohangaron daryosi havzasi (Toshkent viloyati)
|
38,5
|
1,214
|
CHirchiq daryosi havzasi (Toshkent viloyati)
|
112,0
|
3,532
|
Sirdaryo havzasi bo‘yicha jami
|
161,1
|
5,081
|
O‘zbekiston bo‘yicha jami
|
307,5
|
9,701
|
O‘zbekiston hududini kesib o‘tuvchi eng katta suv artereyalari bo‘lmish Sirdaryo va Amudaryo hamda ularning irmoqlari O‘zbekistondan tashqarida boshlanadi. Norin, Qoradaryo, So‘x, Chirchiq, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo, Sheroboddaryo O‘zbekistonning yirik daryolari hisoblanadi. Ularning ko‘pchiligi faqat o‘rta va quyi oqimda yig‘ish maydonida 38 kub kilometr suv to‘planadi. Uning faqat 10% O‘zbekiston hududiga to‘g‘ri keladi. Amudaryoning suv yig‘ish maydonidan to‘plangan 78 kub kilometr suvning esa, faqat 8 foizi O‘zbekistonga tegishli.
O‘rta Osiyodagi muzliklarning asosiy qismi O‘zbekiston hududidan tashqarida joylashgan. O‘zbekistondagi daryolarga suv beruvchi muzliklarda sifatli tabiiy suvning katta zahirasi mavjud. Daryolarning to‘kinsuv davri suv manbaining turi va suv yig‘ish havzasining balandligiga qarab bahor yoki yozda kichikroq daryolarda 1– 2 oy, yirik daryolarda 3–4 oy muddatda davom etadi. Bu davrda daryolarda yillik suv hajmining 70–95% oqib o‘tadi. Ba’zi yillari daryolar yomg’ir suvi hisobiga bo‘ladi.
Sayyoramizda suv resurslari cheklangan bo‘lishiga qaramasdan hozirgi kunda uni tejab ishlatishga va muhofaza qilishga kam e’tibor berilayapti. Natijada suvning ko‘p qismi bekorga sarf bo‘lmoqda. Suv zahiralarining, jumladan yer usti va yer osti
suvlarining keskin taqchilligi va ifloslanganligi O‘zbekiston uchun ham katta tashvish tug‘dirmoqda.
Mutaxassislarning asosiy qismi suv resurslaridan oqilona foydalanishning quyidagi asosiy variantlarini taklif qilishmoqda:
Suv resurslarini tejab ishlatish, ya’ni mahsulot ishlab chiqarish jarayonida suv kam talab qilinadigan texnologiyalarni qo‘llash;
Suv resurslarini muhofaza qilish. Buning uchun oqova suvlar miqdorini kamaytirish va ularni tozalash jarayonini oxirigacha yetkazish.
Suv resurslaridan samarali foydalanishni amaliyotda qancha keng qo‘llasak, kelajakda kutilishi mumkin bo‘lgan global muammolar xavfini shuncha kamaytirgan bo‘lamiz. Zero suv – bu yashash va ishlab chiqarish, sog‘lom va go‘zal hayot, shuningdek, insoniyat taraqqiyotining fundamental asosidir.
Keyingi yillarda ichki suv havzalari, dengiz va okeanlarning ifloslanishi insoniyatni tashvishga solmoqda. Chunki suvlarning ifloslanishi oqibatida tabiiy muhit ham zarar ko‘radi. Ifloslangan suvlarda baliqlar, turli xil qush va hayvonlar bilan bir qatorda o‘simliklar ham zararlanadi. Suv o‘z–o‘zini tiklash va tozalashdek ajoyib xususiyatga egadir. Bu xususiyat, asosan Quyosh radiatsiyasi ta’sirida ro‘y berib, ifloslangan suvning toza suv massasi bilan aralashishi va keyinchalik organik moddalarning mineralizatsiyalanishi hamda ifloslangan suvdagi bakteriyalarning o‘lishi jarayonidan iboratdir.
Suv quyosh radiatsiyasi va iflos suvga toza suv kelib quyilishi natijasida qaytadan tozalanishi mumkin. Turli bakteriya, zamburug‘ va suvo‘tlar suvning qayta tozalanishida faol agentlardan hisoblanadi.
Suvning o‘z–o‘zini tozalash omillaridan biri avvalo bakteriyalar, zamburug‘lar va suv o‘tlari faoliyati tufayli amalga oshadigan jarayondir. Suv o‘z–o‘zini bakterial tozalanishi natijasida unda 24 soatdan keyin 50%, 96 soatdan keyin esa, – 0,5% bakteriya qoladi. Bu jarayon qishda keskin susayadi, ya’ni 150 soatdan keyin ham 20% gacha bakteriya saqlanib qaladi. Ifloslangan suvlarning o‘z–o‘zini tozalashini taminlash uchun ularni bir necha baravar ko‘p toza suvga qo‘shish kerak bo‘ladi. Agar
suv juda ifloslangan bo‘lsa, u o‘z–o‘zini tozalay olmaydi. U holda uni tozalash uchun turli texnologik usullardan foydalanish kerak.
Shahar aholisini sifatli va zarur miqdorda suv bilan ta’minlash, shaharda hosil bo‘ladigan oqova suvlarni oqizish va ularni qaytadan suv havzalariga chiqazishdan oldin, tozalash inshootlarida talab qilingan darajada tozalash sanitariya gigienik jihatdan ahamiyatga molikdir. Ichimlik suv bilan ta’minlash, oqova suvlarni oqizish va tozalash aholining turmush darajasini yaxshilash bilan birga, suv orqali o‘tadigan har xil kasalliklarning oldini ham oladi. O‘rta Osiyo xalqlari, shu jumladan, shahar aholisi barcha zamonlarda suvni ariqlardan yoki suv yig‘ish va tindirish uchun mo‘ljallangan maxsus moslama–hovuzlardan olishgan. Tabiiy manbalardan suv olish, uni tozalash, zararsizlantirish, tashish hamda aholi, sanoat korxonalari va boshqalarga uzatishni ta’minlovchi muhandislik inshootlari hamda qurilmalari majmuyini qurish bilan aholini kerakli miqdorda va bosimda, sifatli ichimlik–xo‘jalik suvi bilan ta’minlash mumkin.
Hozirgi vaqtda chuchuk suv tanqisligi hamma regionlarda sezilayotgan bir davrda tozalangan chiqindi suvlarni ochiq suv havzalariga tashlamay, undan ma’lum maqsadlar uchun qayta foydalanish shu kunning dolzarb masalasi bo‘lib qoldi. Xuddi shu usul bilan aholi uchun zarur bo‘lgan suv havzalarini saqlab qolish mumkin. Buning uchun markazlashgan vodoprovod sistemasida ishlatiladigan usullardan foydalanish, ya’ni bir qavatli qumli filtrdan yoki ikki qavatli qum–antratsitli filtrdan foydalanish mumkin.
So‘ngra xlorlab suv ilgarigi holatiga qaytariladi. Shu usul bilan suvdagi oksigenni 2 mg ga, osilma moddalarni esa, 1,5–3 mg ga yetkazish mumkin. Bulardan tashqari, suv tarkibidagi azot va fosforni ham yo‘qotish zarur. Chiqindi suvlarni qayta tozalash juda qimmatga tushadi, shuning uchun faqat zarur hollardagina bu usuldan foydalaniladi.
Shuni aytish kerak–ki, qayta tozalangan suvni faqat texnik ehtiyojlar uchun sarflash zarur. Ichimlik suv sifatida ishlatishga also yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Og‘ir metall tuzlari, politsiklik aromatik karbon suvlar, nitroza birikmalar shahar chiqindi suvining doimiy tarkibiy qismi bo‘lib qolgan. Ular kanserogen, mutagen ta’sir
ko‘rsatish qobiliyatiga ega. Tozalangan suvlarni qayta tozalash vaqtida ham shunday kimyoviy moddalar paydo bo‘ladi–ku, ular suvning sifatini mutlaqo o‘zgartirib yuboradi. Jumladan, suvni xlorlashda galoidometanlar hosil bo‘ladi, ular blastomogen ta’sir ko‘rsatuvchi kimyoviy moddalardir. Shu sababli qayta tozalangan suvlarni texnik maqsadlarda ishlatganda ham tarkibida turli kimyoviy moddalar borligini hisobga olib ochiq usulda ishlatishga ruxsat berilmaydi.
Gigiyenistlar tomonidan qayta tozalangan suvlar uchun ularning zarar bermaydigan sifat ko‘rsatkichlari ishlanib chiqilgan. Shu ko‘rsatkichlar qayta tozalangan chiqindi suvlarda saqlana olsa, unday suvlarni texnologik jarayonlarda ishlatish mumkin.
O‘zbekistonning bir qator sanoat korxonalarida ishlab chiqarishning ko‘p miqdordagi turli xil chiqindilari, ayniqsa, oltin va boshqa turdagi metallar ajratish jarayonining oqova suvlari ishlatishga yaroqsiz bo‘lib, maxsus havzalarda saqlanmoqda va ularning miqdori yildan–yilga ko‘payib, katta maydonlarni egallab turibdi. Natijada atrof–muhitni muhofaza qilish, sanoat oqova suvlarini tozalashning ekologik xavfsiz texnologiyasini yaratish zamonaviy biotexnologiyaning eng dolzarb mummolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Shu bois qoldiq oqova suvlarni tozalashning samarali va arzon usullarini ishlab chiqish zamonaviy biotexnologiyaning dolzarb masalalaridan biridir. Ayni paytda, ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan oqova suvlar hamon tozalanmasdan, maxsus havzalarda saqlanmoqda. Bu esa, oqova suvlarni ekologik xavfsiz bo‘lgan uslublar yordamida tozalash texnologiyasini yaratishni taqozo etadi.
O‘zbekistonda urbanizatsiya jarayonining tez sur‘atlar bilan rivojlanishi shaharlarning yiriklashuviga va shaharlarda sanoatning rivojlanishiga olib kelmoqda. Shahar aholisi sonining o‘sib borishi va u bilan bog‘liq kommunal maishiy chiqindilar miqdorining tez sur‘atlarda oshib borishiga sabab bo‘lmoqda. Kommunal–maishiy chiqindilar suyuq–oqova va qattiq chiqindilardan iborat. Suyuq chiqindilar suv bilan yuvilganligi uchun uning miqdori suv sarfi bilan bog‘liq. Inson uchun kunlik 130–150 litr suv yetarli bo‘lgan holda, Respublikamiz shaharlarida yashovchi aholining jon boshiga o‘rtacha 350–400 litr suv sarflanadi.
Qurilish qoidalariga ko‘ra uylarning qulayligi oshgan sari suv sarfi miqdori ham oshib boradi.
|
| |