|
Sattarov abdumurod sattarovich oqava suvlardan sifatli
|
bet | 8/25 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 1,97 Mb. | | #108594 |
Bog'liq monograph Satorov indiya 2022 besh (1)II BOB. TADQIQOT OBYEKTLARI VA USULLARI
Suvning sifati va ichimlik suvi sifatiga qo’yiladigan talablar
Ichimlik, xo‘jalik va texnik maqsadlar uchun ishlatiladigan suvning sifati suvdagi turli eruvchan va erimaydigan mineral va organik moddalarning tarkibiga bog‘liqdir va suvning fizik, ximik, bakteriologik hamda biologik xossalari yig‘indisi (majmuasi) bo‘yicha aniqlanadi.
Ichimlik suvning sifatiga qo‘yiladigan talablari O‘zbekiston Davlat “Ichimlik suvi. Gigienik talablar va sifatni nazorat qilish” andozasi O‘zDSt 950:2011 talablari asosida belgilangan. Ishlab chiqarish korxonalarida foydalaniladigan suvni sifatiga qo‘yiladigan talablar turli tarmoq me’yorlari va texnik shartlar bilan chegaranaladi.
Ichimlik suvining fizik xossalari–toza ichimlik suvi tiniq, rangsiz, hidsiz, mazasiz va kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalarsiz bo‘lishi kerak. Suv harorati yil davomida mumkin qadar bir tekis bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Jumladan chorvachilikni mahsuldorligini oshirish uchun eng qulay harorat 7–120C oralig‘idadir. Suvning rangliligi turli eruvchan va erimagan moddalar miqdoriga bog‘liqdir. Ranglilikning o‘lchov birligi gradus bo‘lib, platina–kobaltli shkala nomli asbob yordamida etalon rangli suv bilan taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Ichimlik suvining rangi 20 gradusdan yuqori bo‘lmasligi kerak. Suvning hidi uning tarkibidagi turli gazlar va organik moddalar miqdoriga bog‘liq. Suvdagi yoqimsiz hid uning tarkibida tuzlar, o‘simlik qoldiqlariga xos bo‘lgan chirindi mahsulotlari borligidan dalolat beradi. O‘zDSt 950:2011 bo‘yicha harorati 20 gradusgacha bo‘lgan ichimlik suvini 60 gradusgacha isitilganida ham, hidi va mazasi 2 (ikki)
balldan yuqori bo‘lmasligi zarur (<2ball).
Suv tarkibidagi aralashma suzib yuruvchi moddalar quyidagi guruhlarga bo‘linishi mumkin:
Aralashmagan moddalar;
Kolloid;
Eruvchan.
Tabiiy suvlarning loyqasi erimaydigan va kolloid holida noorganik (loy, qum va h.k) va organik (balchiq, mikroorganizmlar) hollarida bo‘lishi mumkin. Loyqalik yer usti suvlariga xosdir. Daryolar suvining loyqaligi bir necha ming “mg/l”gacha yetadi. Ayniqsa, Markaziy Osiyo daryolarida suvning loyqaligi kattadir. Yer osti suvlari yer usti suvlariga qaraganda tiniq bo‘ladi. UzDSt 950:2011 bo‘yicha ichimlik suvdagi erimagan moddalar miqdori 1,5 mg/l dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Suvning tiniqligi "mutnomer", hozirgi vaqtda "nefelometr" nomli asboblar bilan o‘lchanadi. Suvning tiniqligini tubi yassi bo‘lgan 30–50 sm balandlikdagi maxsus shisha silindr yordamida ham aniqlash mumkin. Agar silindrni 5 sm yuqorida joylashtirilib, pastga qo‘yilgan matnga silindrdagi 30 sm balandlikdagi suv ustuni orqali qaralganda u aniq ko‘rinsa, olingan suv namunasi tiniq hisoblanadi. Suv ustuni balandligi santimetrda o‘lchanib, u suvning tiniqligini belgilaydi.
Ichimlik suvi quyidagi kimyoviy xossalarga ega bo’lishi lozim. Suvda mineral moddalar kalsiy va magniy tuzlarining bo‘lishi, unga qattiqlik xossasini beradi. Qattiqlik “mg.ekv/l” yoki graduslarda o‘lchanadi.
1 gradus qattiqlik suvning tarkibidagi 10 mg kalsiy oksidi (CaO) yoki 14 mg magniy oksidiga (MgO) mos keladi. Qattiqlikni gradusdan “mg.ekv/l” ga o‘tkazish uchun gradusdagi miqdorni 2.804 soniga bo‘lish kifoya.
Tabiiy suvlarni qattiqlik darajasi quyidagicha xarakterlanadi.
Yumshoq suv < 4 mg ekv/l
O‘rta qattiqlikdagi suv 4–8 mg ekv/l
Qattiq suv 8–12 mg ekv/l
Juda qattiq suv > 12 mg ekv/l
Daryo suvlarining qattiqligi odatda katta emas (1–6 mg ekv/l). Biroq so‘nggi davrda antropogen ta’sirning kuchayishi oqibatida daryo suvlarining qattiqligi ham keskin ortdi. Masalan, Amudaryo suvining qattiqligi uning quyi oqimida vaqti vaqti bilan 16–18 mg ekv/l gacha etmoqda. Yer osti suvlarining qattiqligi odatda yer usti suvlarinikiga qaraganda kattaroqdir. Ichimlik suvining qattiqligi 7 mg ekv/l dan ortmasligi lozim.
Qattiq suv aylanma suv ta’minotida, bug‘ qozonlarida, yuqori sifatli sellyuloza va sun’iy tola ishlab chiqarish sanoatlari uchun foydalanishga, ayniqsa, yaroqsizdir.
Quruq qoldiq – bu suvdagi barcha erimagan moddalarning umumiy miqdoridir. Uning miqdorini aniqlashda suvning namunasi qaynatilib bug‘latiladi va so‘ngra t=105 gradus temperaturada quritiladi. Idishda qolgan moddalarning og‘irligi suvning umumiy minerallashganligini belgilaydi. Odatda loyqaligi kam bo‘lgan tabiiy suvlarning quyuq va quruq qoldiqlari miqdori juda yaqin bo‘ladi, chunki bunday suvlarda aralashmagan va organik moddalar nisbatan ozdir. Ichimlik suvda quruq qoldiq (suvni mineralizatsiyasi) 1000mg/l dan ko‘p bo‘lmasligi zarur.
Tabiiy suvlarni minerallashganlik darajasiga qarab, ular:
Chuchuk suv – 200–500 mg/l
Mo‘tadil minerallashgan suv – 500–1000 mg/l
Sho‘rtak suv – 1000–3000 mg/l 4. Sho‘r suv – 3000–10000 mg/l
Yuqori minerallashgan suv – 10000–35000 mg/l
Namakobga yaqinlashgan suv – 35000–50000 mg/l
Namakob – 50000–400000 mg/l.ga bo‘linishi mumkin.
Boshqa ko‘rsatkichlaridan ichimlik suvi tarkibida suvda eruvchan temir tuzlari 0.2–0.3 mg/l gacha bo‘lgani ma’qul. Bu tuzlar ko‘p bo‘lishi havodagi kislorod ta’siri ostida temir oksidi hosil bo‘lishiga olib keladi.
Suvda hayvon chiqindilariga xos bo‘lgan organik moddalarining bo‘lishi xavflidir, chunki buning natijasida ammiak tuzi va azot kislotasi tashkil topadi. Bu moddalarning suv ichida organik xlor bilan bir vaqtda bo‘lishi (mineral xlorning 300 mg/l gacha bo‘lishi zararsiz) suvni hayvon chiqindilari bilan ifloslanganligini ko‘rsatadi. Bu holda suvga xlor bilan ishlov berish zarur chunki, suvda xavfli kasalliklar qo‘zgatuvchi bakteriyalar bo‘lishi mumkin.
Suvni bakteriyalar bilan ifloslanishi undagi bakteriyalarni soni bilan ifodalanadi. O’zDSt 950:2011ga binoan ichimlik suvning 1 litrida 100 tadan ko‘p bakteriya bo‘lishi mumkin emas. Suvda, ayniqsa, "ichak tayoqchalari"
guruhiga kiruvchi bakteriya va mikroblarining bo‘lishi xavflidir. Bakteriologik tahlil qilish yo‘li bilan 1 litr suvda mavjud bo‘lgan bakteriyalar soni aniqlanadi (koli–indeks).
Yoki 1 ichak tayoqchasiga to‘g‘ri keluvchi suv hajmi aniqlanadi (koli– titr). O’zDSt 950:2011ga binoan vodoprovod tarmog‘iga uzatiladigan ichimlik suv tarkibida har bir litrda 3 dan ko‘p koli–indeks bo‘lmasligi kerak.
Turli manbalardagi suvlarning ichimlik maqsadlari uchun yaroqliligi fizik, kimyoviy, bakteriologik analiz bo‘yicha aniqlanadi. Suvni yaroqliligi to‘g‘risidagi xulosa sanitariya nazorat organlari tomonidan beriladi.
Vodoprovoddan berilayotgan suvning sifati O’zDSt 950:2011 bo‘yicha belgilanadi. Uni tekshirish esa, GOST24481–80, GOST18963–73 usuli bo‘yicha bajariladi. Suv namunasini olish quyidagicha amalga oshiriladi. Yer usti manbaidan namuna suv olish inshooti quriladigan joyida suvning sathidan 0,5–1,5m pastdan, yer osti suvlarining namunasi esa, suv chiqarish boshlangan vaqtdan kamida 15–20 min o‘tgandan keyin olinadi. Namuna 2–3 litrli shishaga olinadi. Bakteriologik analiz uchun olingan namuna 4–5 soatdan kechikmay laboratoriyaga yetkazilishi kerak1.
|
| |