|
Saynazarov Mirzohidjon Mavzu bayoni
|
bet | 4/12 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 285,94 Kb. | | #255821 |
Bog'liq kimyo10 tezis 22.05Nomi
|
Monomerlar
|
Eng muhim xossasi va qo’llanilishi
|
Divinil
kauchuk
|
CH2 = CH ̶ CH = CH2
butadiyen-1,3
|
Chidamliligi va elastikligi jihatidan tabiiy kauchukdan ustun. Shina ishlab chiqarishda ishlatiladi.
|
Butadiyen
kauchuk
|
CH2 = CH ̶ CH = CH2
butadiyen-1,3
|
Suv va gazlarni o‘tkazmaydi. Elastiklik jihatidan tabiiy kauchukdan keyinda turadi. Kabel, poyabzal, turmush uchun zaruriy buyumlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
|
__________________________________________________________________________________
Oqsil molekulasi tarkibida 4 ta oltingugurt bo’lib, u molekulaning 5,5 % ini tashkil etadi. Oqsilning molekulyar massasini toping. Javob: 2327,27 gramm
Katta odamning sutkalik ratsionida 120 g oqsil bo’lishi kerak. Surkalik ratsionda oqsilning 30 % ini mol go’shtidan olishi uchun 1 kunda necha gramm go’sh iste’mol qilishi kerak? Go’shtning 20,2 % ini oqsil tashkil etadi. Javob: 178 gramm
Polistirolning o’rtacha molyar massasi 104000 grammga teng bo’lsa, uning polimerlanish darajasini toping. Javob: 1000
Molyar massasi 56280 g/mol bo’lgan poliizobutilenning polimerlanish darajasini hisoblang.
Javob: 1005
Uyga vazifa: 152-betdagi 5-6-9-10-masalalarni yechish __________________________________________________________________________________
Mavzu : Polisaxaridlar
O‘qituvchi: Saynazarov Mirzohidjon
Mavzu bayoni:
Polisaxaridlar tabiiy yuqori molekular moddalar bo‘lib, tabiatda juda ko‘p tarqalgan hamda inson va hayvonlar hayotida muhim rol o‘ynaydi. Polisaxaridlar juda ko‘p monosaxarid qoldiqlaridan tashkil topgan. Ularga kraxmal va sellulozalar misol bo‘ladi.
Kraxmal (C6H10O5)n tabiiy polimer modda bo‘lib, bu moddaning molekular massasi aniq topilma-gan, lekin uning juda kattaligi ma’lum va har xil namunalarida turlicha bo‘lishi mumkin. Shu sababli boshqa polisaxaridlar singari kraxmalning formulasi (C6H10O5)n tarzida ifodalanadi.
Kraxmalning gidrolizi natijasida faqat glukoza hosil bo‘lgani uchun bu zvenolar glukoza molekulasi qoldiqlari degan xulosaga kelamiz: (C6H10O5)n + (n-1)H2O H2SO4 , t nC6H12O6
Kraxmal makromolekulasi halqali α-glyukoza molekulalari qoldiqlaridan tashkil topganligi isbot-langan. Kraxmal hosil bo‘lishini quyidagicha ifodalash mumkin :
|
| |