|
Sayyoramizda jumladan, respublika hududida vujudga kelgan ekologik vaziyat ta‘lim-tarbiya tizimi oldiga quyidagilarni hal etishni muhim vazifa etib qo‘yadi, ular
|
bet | 3/9 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 1,18 Mb. | | #106354 |
Bog'liq Sayr orqali bolalarda sadoqat xissini tarbiyalashSayyoramizda jumladan, respublika hududida vujudga kelgan ekologik vaziyat ta‘lim-tarbiya tizimi oldiga quyidagilarni hal etishni muhim vazifa etib qo‘yadi, ular: - Sayyoramizda jumladan, respublika hududida vujudga kelgan ekologik vaziyat ta‘lim-tarbiya tizimi oldiga quyidagilarni hal etishni muhim vazifa etib qo‘yadi, ular:
- Bolalarning tabiatga ongli munosabatlari, tabiat komponent-larini yaxlitlikda va o‘zaro aloqadaligini his etish;
- Tabiatning Bolalar ekologik madaniyatini belgilab beradigan vosita sifatida namoyon bo‘lishi;
- Atrof muhitga munosabatni ma‘naviy madaniyatning ajralmas qismi ekanligini anglash;
- Tabiat talabaning ekologik madaniyatini shakllantirishi uchun asosiy omil ekanligini tushunish;
Shular asosida talabaning ekologik madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta‘lim-tarbiya tizimini didaktik jihatdan ta‘minlanishiga erishamiz. Buning uchun ekologiyaga oid o‘quv materiallarini tanlash, tabiatni muhofaza qilishga oid faoliyat turlari va ular mohiyatini Bolalar ongiga singdirish, insonning tabiat hodisalarini anglashi, mazkur hodisalarning hayotiyligi, mukammalliligini tushunish lozimligining ustuvorligini anglashi zarur. Bizning fikrimizcha Bolalarga o‘rgatiladigan ekologik bilim mazmuni o‘z ichiga quyidagilarni qamrab olishi lozim: - Bolalar ongida olamning ilmiy manzarasini shakllantirish;
- tabiat va jamiyat o‘rtasidagi ma‘lum bo‘lgan ekologik bilimlar ahamiyatini ilmiy-amaliy jihatdan yoritib berish;
- Bolalar tomonidan ekologik qonuniyatlarning o‘zlashtirilishiga erishish;
- tabiatda sodir bo‘ladigan turli xildagi fojialarni anglash, ularning mohiyatini bilib olish, ekologiyaga oid ta‘lim vazifalarini ifodalash, ko’zatish va tajribalarni rejalashtirish hamda amalga oshirish, ekologiyaga oid nazariy-amaliy g‘oyalarni oydinlashtira olish, ulardan ta‘lim-tarbiya jarayonida foydalana olish malakalarini hosil qilish;
- tabiatga qadriyat sifatida qarash tuyg‘usini uyg‘otish va madaniyatini shakllantirish, tabiatni muhofaza qilish va uning boyliklaridan unumli foydalanishni takomillashtirish;
- Respublika hududidagi biologik xilma – xillikni bilishga imkon beradigan nazariya va g‘oyalarni o‘rganishni tashkil etish;
- ekologiya sohasidagi muayyan bilimlar hajmini, tasavvur va tushunchalar doirasini ilmiy-amaliy jihatdan ishlab chiqish;
- atrof muhitni muhofaza qilish, uning zahiralaridan unumli foydalanishga o‘rgatish;
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Sayyoramizda jumladan, respublika hududida vujudga kelgan ekologik vaziyat ta‘lim-tarbiya tizimi oldiga quyidagilarni hal etishni muhim vazifa etib qo‘yadi, ular
|