Scientific Bulletin of




Download 60.8 Kb.
bet2/7
Sana22.06.2023
Hajmi60.8 Kb.
#75240
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1.4 Axborot xavfsizligi, Malakaviy amaliyot 2020, integratsiya-tehnologiy-v-vuze, 7777777, ADP, 55 hgjhg tron, primenenie-informatsionnyh, 55555 uiot, тест-1, Testlar boshi, yangi test, Test 30 ta rus 1, tanladim, bo`ladimi, Oling
Adabiyotlar tahlili
Raqamli texnologiyalar (inglizcha: Digital technology) - signallarni uzluksiz spektr shaklida emas, balki analog darajadagi diskret diapazonlarda koʻrsatishga asoslangan texnologiyalar1.
Boshqacha qilib aytganda, raqamli texnologiya kodlashtirilgan (raqamli signallar yordamida uzatiladigan) axborotlarning diskret holda, yaʼni, uzlukli – qisqa, ammo muayyan vaqt oraligʻida olish imkonini beruvchi texnologiya sanaladi.
Oʻqitish tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish “taʼlimni raqamlashtirish” deb nomlanadi. Bunda barcha oʻquv hujjatlari – oʻquv rejalari, fan dasturlari, tegishli fanlarning ishchi-oʻquv dasturlari, guruh jurnallari, oʻquv materiallari onlayn shaklga oʻtkaziladi. Talabalar istalgan sharoitda – axborot-resurs markazida, uy sharoitida Internetga bogʻlanish orqali masofadan tashkil etilayotgan oʻquv mashgʻulotlari, sinov va imtihonlarda ishtirok etishi mumkin.
2020-yil 17 martida Prezidentimizning “Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4642-son2 qarori qabul qilinib, mazkur qarorda taʼlimning barcha sohalarini raqamlashtirish boʻyicha aniq vazifalar belgilab berildi[2]. Shu yil 23 martdan talabalar uchun televizion darslar efirga uzatila boshladii. Bundan tashqari, bir nechta oliy taʼlim muassasalari talabalar va oʻquvchilar uchun virtual taʼlim tizimlarini ishga tushirdi. Masalan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Oʻquv jarayonini tashkil etish va boshqarish” axborot tizimi hamda MOODLE masofaviy taʼlim platformasi ishga tushirildi. Boshqa oliy taʼlim muassasalarining rasmiy veb-saytlarida ham MOODLE, Platonus, Moodle LMS, SRS (Student Records System), MOOC kabi masofaviy taʼlim platformalari hamda mobil telefon va planshetlar uchun Google Classroom, Ereader ilovalari ishga tushirilib onlayn darslar tashkil qilinishi boshlandi. Bugungi kunda mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalarining asosiy faoliyatlarini avtomatlashtirish hisobiga maʼmuriy xodimlar, professor-oʻqituvchilar va talabalarga elektron taʼlim xizmatlarini taqdim etuvchi HEMIS axborot tizimi yo`lga qo`yildi.

Download 60.8 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 60.8 Kb.