Scientific Bulletin of




Download 60.8 Kb.
bet4/7
Sana22.06.2023
Hajmi60.8 Kb.
#75240
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1.4 Axborot xavfsizligi, Malakaviy amaliyot 2020, integratsiya-tehnologiy-v-vuze, 7777777, ADP, 55 hgjhg tron, primenenie-informatsionnyh, 55555 uiot, тест-1, Testlar boshi, yangi test, Test 30 ta rus 1, tanladim, bo`ladimi, Oling

Tahlil va natijalar


Yuqorida taʼkidlagan maqsadlarimizga qay darajada erishilganligi jamiyatda taʼlimning izchilligini taʼminlash, sohaga innavatsion texnologiyalar hamda milliy va xalqaro pedagogik tajribalarni qoʼllash orqali yoshlarimizda teran fasafiy tafakkur, ilmiy mushohadalarga chorlovchi gʼoyalar asosida mustaqil fikr va keng dunyoqarashni shakllanishiga xizmat qiladigan shart-sharoitlarni yaratib berilganligi bilan bogʼliqdir. Buning uchun, taʼlim tizimida oʼzaro aloqadorlik, integratsiyani taʼminlash va tizimining barcha sohalarida nazariy hamda amaliy ahamiyat kasb etadigan jarayonlarga yanada kengroq eʼtibor qaratish lozim boʼladi.
Darhaqiqat, mustahkam va sifatli zamonaviy taʼlim — bu barqaror iqtisodiy oʼsish, fan, texnika va texnologiyalarning rivoji, ijtimoiy xizmatlar sifatini taʼminlashning garovi boʼlib kelgan. Shuning uchun ham mamlakatimizda taʼlimga davlat siyosatining ustuvor yoʼnalishlaridan biri sifatida eʼtibor qaratish kundan-kun kuchayib bormoqda. Ayniqsa, bugungi kunda taʼlim tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali sohani rivojlantirish davlatimiz siyosatining bosh maqsadi sifatida qaralmoqda.
Hozirgi kunda mamlakatimizda taʼlim tizimini yangilash va takomillashtirishga qaratilgan izchil islohotlar olib borilayotgan ekan, bunday islohotlar zamirida rivojlanayotgan taʼlimning oldiga ham muhim vazifalarni yuklash taabiiy albatda. Bu borada pedagog olim M.M.Xolmuxammedov oʼzining “Professional taʼlim tizimini zamonaviy yondashuvlar asosida modernizatsiya qilish” mavzusidagi maqolasida: “Tizim oʼz oldiga hududlar va sohalar kesimida iqtisodiy yuksalishga munosib hissa qoʼsha oladigan oʼrta boʼgʼin kadrlarini tayyorlash, yoshlarni malakali mehnat orqali oʼz hayot farovonligini taʼminlashga oʼrgatish, oʼz mehnat faoliyatiga innovatsion va keriativ yondashish, yaratuvchanlik, intelektual, maʼnaviy potensialni rivojlantirish kabi vazifalarni qoʼyadi”,-deb yozadi[1].
Pedagog olim M.M.Xolmuxammedov tomonidan ilgari surilgan yuqoridagi vazifalarga tayangan xolda, taʼlim tizimining asosiy maqsadlarini belgilab olish maqsadga muvofiqdir. Darhaqiqat, bugungi Yangi Oʼzbekiston sharoitida taʼlim tizimining asosiy vazifalari mazmunan boyib borishi, ijtimoiy vazifalarining takomillashib borishi taabiiy xolatdir. Ana shunday ijtimoiy vazifalardan biri, taʼlimda raqamli texnologiyalarni qoʼllash va ulardan foydalanish boʼyicha oʼquvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishning barcha komponentlarini oʼzida mujassamlashtiruvchi strategiyalarni ishlab chiqish, bugungi axborot asrida tizimining bosh maqsadini tashkil etmogʼi zarur. Ushbu maqsaddan kelib chiqib, mamlakatimizda bir qator qonun hujjatlari va davlatimiz rahbarining farmon va qarorlari qabul qilinib, amaliyotga joriy etilmoqda.
Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev tomonidan: “…mamlakat taraqqiyoti uchun yangi tashabbus va gʼoyalar bilan maydonga chiqib, ularni amalga oshirishga qodir boʼlgan, intellektual va maʼnaviy salohiyati yuksak yangi avlod kadrlarini tayyorlash, taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari zamonaviy kasb egalari boʼlishlari uchun ularda zarur koʼnikma va bilimlarni shakllantirish;
dunyo miqyosidagi bugungi keskin raqobatga bardosh bera oladigan milliy taʼlim tizimini yoʼlga qoʼyish, darslik va oʼquv qoʼllanmalarini zamon talablari asosida takomillashtirish, ularning yangi avlodini yaratish, oʼquv dasturlari va standartlarini optimallashtirish;
taʼlim-tarbiya muassasalarining rahbar xodimlari, pedagog va murabbiylari, professor- oʼqituvchilari va ilm-fan sohalari vakillarining jamiyatimizdagi oʼrni va maqomini oshirish, ularning mashaqqatli mehnatini munosib qadrlash va faoliyat samaradorligiga qarab moddiy ragʼbatlantirish;
pedagog xodimlarning kasbiy mahorati va faoliyat samaradorligini muntazam oshirib borish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, malaka oshirish tizimini “hayot davomida oʼqish” tamoyili asosida takomillashtirib borish;
ilmiy-tadqiqot va taʼlim xizmatlarini koʼrsatish boʼyicha xususiy sektorning salmogʼini kengaytirish, hududlarda nodavlat taʼlim tashkilotlarini tashkil etish orqali raqobat muhitini shakllantirish, taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʼllagan xolda taʼlimni boshqarishni avtomatlashtirish va har tomonlama tahlil qilib borish tizimini yaratish, elektron resurslar va masofaviy taʼlimni yanada rivojlantirish, taʼlim oluvchilar oʼrtasida IT-sohasidagi kasblarni ommalashtirish;
ilm-fanni iqtisodiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylantirish, ilmiy tadqiqotlar koʼlamini kengaytirish, iqtidorli yosh olimlarning innovatsion faoliyatini ragʼbatlantirish, mavjud ilmiy tashkilotlar salohiyatini yanada mustahkamlash va rivojlantirish;
taʼlim tizimiga yuqori samarali xalqaro amaliyotni joriy etish, respublika taʼlim tashkilotlarini nufuzli xalqaro reytinglarga kiritish boʼyicha tizimli ishlarni amalga oshirish”,[4] kabi Oʼzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirishning asosiy yoʼnalishlari belgilab berildi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda taʼlim tizimida axborot texnologiyalarini taʼlim tizimida qoʼllashni umumlashtirib shuni takidlab oʼtish mumkunki, bugungi kun auditoriyalari oʻn yil avvalgilaridan juda katta farq qiladi va sinf xonalari kompyuterlar, iPad, planshetlar, smart-doskalar va boshqa turdagi taʼlim texnologiyalari bilan jihozlangan. Dunyoning boshqa joylarida boʻlgani kabi Oʻzbekistonda ham raqamli avlodning yangi ekranli avlodi - televizor, kompyuter, planshet, fablet, smartfon va smartsoatlari paydo boʻlmoqda. Bunday zich raqamli muhitga ega boʻlish va u bilan doimiy oʻzaro munosabat natijasida bugungi kun talabalarining fikrlashi va axborotlarga ishlov berish jarayonlari oldingi fikr yuritish va axborot jarayonlaridan tubdan farq qilmoqda. Bugungi avlodni oʻqitishda qora doska va oq boʻrdan foydalanish ham mumkin emas. Qora doskani oqiga va boʻrni markerga oʻzgartirish hech narsani oʻzgartirmaydi, yaʼni zamonaviy talabalarni bilim olishga va mehnat bozorida muvaffaqiyatga erishish koʻnikmalarini rivojlantirishga undash usuli boʻla olmaydi.



Download 60.8 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 60.8 Kb.