Foydalanilgan adabiyotlar royhati




Download 60.8 Kb.
bet5/7
Sana22.06.2023
Hajmi60.8 Kb.
#75240
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1.4 Axborot xavfsizligi, Malakaviy amaliyot 2020, integratsiya-tehnologiy-v-vuze, 7777777, ADP, 55 hgjhg tron, primenenie-informatsionnyh, 55555 uiot, тест-1, Testlar boshi, yangi test, Test 30 ta rus 1, tanladim, bo`ladimi, Oling

Foydalanilgan adabiyotlar royhati


  1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmoni.

  2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-martdagi “Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4642-son qarori.

  3. D. Babaraximova. Ta`lim tizimida axborot texnologiyalarini qoʼllashning ilmiy pedagogik masalalari; 6 – tom 3 – son / 2022 - yil / 15 – mart.

  4. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Oʼzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-6108-son Farmoni.

  5. https://bestpublication.org/index.php/pedg/issue/view/81


ilmiy-falsafiy qiziqish bu kabi tadqiqotlar uchun zamin yaratdi. XVIII—XIX asrlarda terminologiya muammolari tilshunoslarning diqqat markazida boʻldi. Buning asosiy sabablaridan biri terminlarning yaratilishi bilan bogʻliq boʻlsa, ikkinchi sababi ekstralingvistik omillarning terminologiyaga taʼsiri edi. Biroq ularni terminologiyada uchrovchi sinonimiya va polisemiya muammolari, shuningdek, termin-leksemalar, gibrid terminlar va sof terminlarning kontekstdagi paradigmatik va sintakmatik munosabatlari, muayyan tushunchalar bilan oʻzaro aloqalarni xilma- xilligi koʻproq oʻylantirgan.
Avvaldan qoʻllanib kelgan «termin» va «terminologiya» masalalari yuzasidan koʻplab tadqiqot ishlari olib borilgan boʻlib, turli taʼriflar berilgan. «Termin» leksemasi lotincha «terminus» soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, «oxiri», «chek», «chegara», «tugash» degan maʼnolarni bildiradi» . P.Nishonovning taʼkidlashicha, «Termin – tuzilishiga koʻra soʻz yoki soʻz birikmasi boʻlib, semantikasi jihatidan maxsus soha doirasi bilan chegaralangan va shu sohaga oid tushunchani ifodalovchi leksik birlikdir». Termin – mazmunan muayyan mantiqiy tushunchalar tizimidagi maʼlum bir birlik bilan shartsiz ravishda (majburan) nisbatlanadigan (qiyoslanadigan) soʻz. Terminning tilshunoslik obʼekti sifatida belgilanishi va uning tizimli ravishda oʻrganilishi
«termin» tushunchasi izoh (definitsiya)larining shakllanishiga, terminning tavsiflanishiga, u bilan bogʻliq muammolarning yechimlarini ishlab chiqilishi pirovardida, terminshunoslik fanining yuzaga kelishiga turtki boʻldi. A.Reformatskiy fikriga koʻra, termin «shunchaki soʻz» emas, balki u «noodatiy» yoki «yangi soʻz» boʻlsin, uni «ratsionallashtirish» va, hatto «oʻylab topish» mumkin boʻlsa ham u, eng avvalo, soʻzdir, deya eʼtirof etadi. Professor S.Usmonovning tadqiqotlari terminshunoslik uchun muhim ahamiyat kasb etib, termin «...ham ishlab chiqarish qurollari sohasida, ham madaniyat va fan sohasidagi har qanday yangiliklar dastavval til birliklari, toʻgʻrirogʻi, terminlar orqali oʻz ifodasini topadi. Shu maʼnoda terminologiya (maʼlum tildagi terminlar majmui) zamona tarixining guvohi, koʻzgusidir», deya taʼrif beradi. Bizningcha, termin oʻz lingvistik tabiatiga koʻra, adabiy til lugʻaviy tizimining ajralmas tarkibiy qismi boʻlib, boshqa toifadagi soʻzlardan ilmiy, texnikaviy yoxud boshqa kasbiy tushunchalarni aniq, ixcham ifodalashi va axborotga boyligi bilan ajralib turadi.
Soʻnggi yillarda termin soʻzi bilan birgalikda «atama», «istiloh», «nomenklatura» soʻzlari ham keng qoʻllanib kelmoqda. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasida keltirilishicha, «termin» soʻzi bilan bir qatorda ayni maʼnoda «atama», «istiloh» soʻzlari ham qoʻllanilmoqda. Lekin ular
«termin» soʻzining toʻliq maʼnosini ifoda eta olmaydi. Usmonov fikriga koʻra: « atama soʻzining
maʼnosi termin soʻzining maʼnosiga nisbatan keng boʻlib, u barcha narsalarning nomi sifatida tushuniladi, termin esa muayyan bir tor sohada qoʻllanuvchi rasmiylashgan soʻzdir. Shu maʼnoda, termin tushunchasi «atama» tushunchasining ichiga kiruvchi ilmiy-lugʻaviy birlikdir».O.Axmedov oʻz tadqiqotida «termin», «atama», «istiloh», «nomenklatura» tushunchalarini farqlab, «Terminlar aslida leksik-semantik jihatdan umumadabiy qolipga ega boʻlib, ular umumxalq tiliga muayyan terminologik tizim orqali oʻtadi. Zero, terminlar va umumisteʼmoldagi soʻzlar bir-birini toʻldiradigan leksik birliklardir», deya taʼkidlaydi. Shunday qilib, terminshunoslik bu til leksikasini shakllantiruvchi omillardan biri hisoblanadi.

Download 60.8 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 60.8 Kb.