Scientific Bulletin of




Download 60.8 Kb.
bet7/7
Sana22.06.2023
Hajmi60.8 Kb.
#75240
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1.4 Axborot xavfsizligi, Malakaviy amaliyot 2020, integratsiya-tehnologiy-v-vuze, 7777777, ADP, 55 hgjhg tron, primenenie-informatsionnyh, 55555 uiot, тест-1, Testlar boshi, yangi test, Test 30 ta rus 1, tanladim, bo`ladimi, Oling

Tahlil va natijalar


Bugungi kungacha koʻplab terminologik izlanishlar amalga oshirilgan boʻlishiga qaramay, hanuzgacha terminlarni tasniflash, xususan, ularning sohalararo integratsiyasida qoʻllanadigan alohida turlarini ajratish muammolari oʻz dolzarbligini saqlab qolmoqda. «Terminlarning oʻziga xos jihatlari turlicha tasniflanishi va tavsiflanishi uchun asos boʻlib xizmat qiladi». V.P.Danilenko toʻgʻri taʼkidlaganidek: «Tilshunoslik fanining maxsus leksikasiga uning alohida boʻgʻinlari, yaʼni sohaviy sistemalarining tobora yuqori darajadagi tizimliligi xosdir. Mazkur tizimlilik bir tomondan belgilangan asoslar boʻyicha muayyan tushunchalar tasniflarining mavjudligi boʻlsa, boshqa tomondan esa, tilshunoslik fanining turli terminosistemalarni oʻz tarkibiga birlashtirishdagi ishtiroki bilan shartlangan».
Terminologiyada oʻz ifodasini topgan tushunchalarni tasniflash imkoniyati va zarurati terminologik leksikaning umumxalq tiliga nisbatan farqli xususiyati sifatida koʻrib chiqiladi. Chunki terminlar maʼlum ilmiy konsepsiya bilan bogʻliq, ularda ilmiy kashfiyotlar, tadqiqotlar hamda nazariy va amaliy natijalari oʻz ifodasini topadi. Terminlar maxsus kasbiy sohalardagi kommunikatsiya, u yoki bu kasbiy sohada yuzaga keladigan hodisalar, konsepsiyalar, fenomenlarni tavsiflash vositalari sanaladi. Bu tabiiy ravishda vatanimiz, xorij olimlarining terminlarni tartibga solish, unifikatsiya qilish va tizimlashtirish uchun urinishlariga olib keladi. Terminlarni maxsus sohalar boʻyicha tasniflash va tavsiflash muhim ahamiyatga ega: u ilm-fan, ijtimoiy sohalarning maʼlum davrdagi tadrijiy rivojlanish darajasini aks ettiradi. Gap shundaki, alohida olingan termin kontekstdan tashqarida mohiyat kasb etmaydi. Termin terminosistemada, yaʼni oʻz tizimi yoki boshqa maxsus, kichik (ixtisoslashgan) tizimlarning terminlari bilan uzviyligida ishtirok etadi.
Mutaxassislarning terminologiyalarni tartibga solish va tizimlashtirish maqsadida tasniflash tizimini yaratish zarurligi haqidagi fikr va qarashlari turlichadir. Chunonchi, Sven Yakobsanning fikriga koʻra: «...ijtimoiy fanlar terminologiyasida standartlashtirishning mavjud emasligi qator fanlarda yangi tushunchalarning cheklanmagan darajada ortishiga olib keldi». Juan Sager esa: Maxsus fan sohalarining terminologik maydonlari umumiy tilning leksik maydonlaridan farq qilishi lozimligini taʼkidlaydi.
«Three types of terminologies» (Terminologiyalarning uch turi) maqolasida shved tilshunosi Sven Yakobson terminologiyaning tizimliligini standartlashtirishda, yaʼni terminning akademik yoki kasbiy faoliyat sohasida mustahkamlanishida ekanini uqtirib, terminologiyaning quyidagi uch turini ajratib koʻrsatadi:

  1. standartlashtirishga boʻysunadigan, notoʻgʻri talqinning oldini olish imkonini beradigan, terminlar va ekstralingvistik omillar natijasida yuqori darajada muvofiq keladigan akademik yoki kasbiy terminologiya;

  2. foydalanuvchi tomonidan terminning faol qoʻllanilishiga taʼsiri koʻproq boʻlgan akademik yoki kasbiy terminologiya;

s) terminosistema va umumadabiy til periferiyasida yuzaga keladigan, meʼyorlashtirilishga qaratilgan urinishlarga qaramay, koʻp hollarda oddiy til kabi rivojlanish yoʻnalishiga ega boʻlgan terminologiya .



1 https://uz.wikipedia.org/wiki/Raqamli_texnologiya_asoslari

2 https://lex.uz/ru/docs/-4767514



www.journal.namdu.uz
ISSN: 2181-0427



Download 60.8 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 60.8 Kb.