• Tadqiqot metodologiyasi
  • Scientific Bulletin of




    Download 60.8 Kb.
    bet6/7
    Sana22.06.2023
    Hajmi60.8 Kb.
    #75240
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1.4 Axborot xavfsizligi, Malakaviy amaliyot 2020, integratsiya-tehnologiy-v-vuze, 7777777, ADP, 55 hgjhg tron, primenenie-informatsionnyh, 55555 uiot, тест-1, Testlar boshi, yangi test, Test 30 ta rus 1, tanladim, bo`ladimi, Oling

    Adabiyotlar tahlili


    Terminshunoslik tarixining 1960 yillar boshlariga qadar davom etgan dastlabki davrida
    «terminosistema» (D.S.Lotte), «terminologik maydon» (L.A.Kapanadze) kabi bir qator asosiy tushunchalar shakllantirilgan. Chunonchi, D.Sageder taʼkidlaganidek: «Jadal taraqqiyot va texnologiyalarning rivoji nafaqat yangi tushunchalarni nomlashni, balki terminlarni qoʻllash
    borasida kelishuvni ham talab etardi. Amaliy natija sifatida terminologik ishlar muayyan bir
    ixtisoslashgan sohalar (mutaxassisliklar) doirasida tashkil qilina boshladi» .
    A.V.Superanskaya esa quyidagicha taʼriflaydi: «Termin – bu muayyan kasbiy professional faoliyatda qabul qilingan va alohida sohalarda, sharoitlarda ishlatiladigan maxsus soʻzdir. Termin
    – bu professional bilimlarning muayyan sohasi tushunchalar tizimiga kiruvchi tushuncha boʻlib, u soʻz bilan ifodalanadi. Termin — bu maxsus maqsadlar uchun moʻljallangan tilning asosiy tushunchaviy elementidir. Oʻz terminologik maydoni ichida termin bir maʼnoda qoʻllaniladi. Turli maydonlarning bir xil aytiladigan terminlari – omonimlardir. Oʻzining toʻgʻri tushunilishi uchun termin maxsus definitsiya (aniq ilmiy taʼrif)ni talab qiladi».

    Tadqiqot metodologiyasi


    Terminologiyani tushunishdagi xilma-xillik (rus tilshunosligida) oʻzbek tilshunosligida boʻlgani kabi, xorijiy til ilmida ham mavjud. Terminologiyaning mohiyati xususidagi nuqtai nazarlar tafovuti haqida D.Sageder shunday yozadi: Terminologiyani ilmiy fan sifatida qarashga doir nuqtai nazarlar ancha tarqoq. Hozirgi vaqtda ushbu soha va unga yondosh boʻlgan bir qator munozarali masalalar boʻyicha turli talqinlar mavjud. Terminologiya fanmi yoki faqat metodmi? Terminologiya oʻz xususiy nazariyasiga ega boʻlgan alohida gumanitar fan maqomiga egami yoki u oʻzining nazariy imkoniyatlari uchun nisbatan konsolidatsiyalangan fanlardan minnatdor boʻlishi kerakmi, nazariy jihatdan nisbatan barqaror biror fan tarkibimi? Terminologiya fanining ahamiyatini kamsitib boʻlmaydi. Uni oʻz evolyutsiyasi va zamonaviy texnologiyalarning tez oʻzgaruvchan olamida oldinga tomon harakatlanishi tufayli tarixan muhim kuch sifatida koʻrib chiqish lozim .
    Ingliz-amerika tadqiqotchilarining termin va terminologiyaga bagʻishlangan asarlarining batafsil sharhi V.V.Kasyanovning tadqiqotida yoritib berilgan. Muallifning yozishicha, mazkur olimlarning ishlaridagi nuqtai nazarlarning bir xilligi haqidagi taʼkidlar – izohtalab; ingliz-amerika tilshunoslarining nazariy va amaliy materiallarini chuqurroq oʻrganish, tahlil qilish terminlarning oʻziga xosligi hamda ularning umumisteʼmoldagi lugʻatdan farqi yuzasidan talqinlaridagi nazariy tafovutlarni yuzaga chiqaradi.
    V.V.Kasyanovning xulosalari slovak tilshunosligi vakilining amalga oshirilgan tadqiqotida oʻz tasdigʻini topdi: Kabre va Kageuraning terminologiyani oʻrganishga bagʻishlangan tadqiqotlari aniq bir yoʻnaltirilgan maqsadga ega boʻlib, mazkur soha metodologiyasi uchun poydevor vazifasini bajarishi mumkin boʻlgan, unga mustaqil fan maqomini olish uchun nazariy jixatdan asos boʻlib xizmat qiladigan xususiyatlarini aniqlashdan iborat. Shunga qaramay, ularning har ikkalasi tegishli nazariy modelning paydo boʻlishiga imkon beradigan istiqboldagi tadqiqotlar va hamkorlikdagi saʼy-harakatlarning zarurligini taʼkidlaydi. Mutaxassislar oʻrtasida kommunikatsiyaning yetarlicha emasligi, bahs predmetlarining turli yoʻllar bilan rivojlanishi va variativ idrok qilinishi tufayli bu vazifani bajarish oson kechmaydi .
    N.V.Serbinovskaya taʼkidlaganidek, «termin boshqa turdosh (oʻxshash) hodisalar –
    nomenlar, professionalizmlar, terminoidlar va h.k. lardan farqlanadi». R.Doniyorovning ishida
    «Termin bilan professionalizmlar oʻrtasidagi farq shuki, termin bu muayyan fan, sanoat sohasi, qishloq xoʻjaligi, texnikadagi tamomila rasmiy boʻlgan, qonunlashtirilgan biror tushunchaning ifodasi va nomidir. Professionalizm esa biror kasb, mutaxassislik, koʻp hollarda ilmiy uslubdagi tilda keng tarqalgan, aslini olganda, tushunchaning qatʼiy, ilmiy tavsifiga ega boʻlmagan yarim rasmiy soʻzdir» deb qayd etilgan.
    N.V.Serbinovskaya haqli ravishda eʼtirof qilganidek, «Terminologik maydon vaqt oʻtishi bilan yangi bilimlar yutuqlarini oʻzida aks ettirgan holda oʻzgaradi; uning tarkibidagi baʼzi birliklar yoʻqolib, yangilari paydo boʻladi, terminologik maydon doirasida terminlarning koʻchishi, oʻzga semantik guruhlar tarkibiga oʻtishi, yangi mavqe egallashi kuzatiladi».

    Download 60.8 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 60.8 Kb.