www.scientificprogress.uz
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 3
42
tashqari, bolalar va kattalarda dislekiya - o‘qish va yozish, ularni tushunishga qiynalish
kuzatiladi. AASBning yengilroq, nutq va intellektual darajasi
nisbatan rivojlangan
shakllaridan biri Asperger sindromi deb ataladi. Bu nom 1943 yilda katta yoshli
bolalardagi ushbu holatni tavsiflagan avstriyalik olim
Gans Asperger sharafiga
qo‘yilgan. 16 yoshli
eko-aktivist
Greta Turnberg, 2010 yilda hayoti badiiy
film
sifatida
suratga olingan amerikalik olim va yozuvchi Templ Grandin hamda butun dunyoga
mashhur ko‘plab iste’dodli
rassomlar, bastakorlar, olimlar
va siyosatchilar ham xuddi
shu sindromga ega bo‘lishgan.
MUHOKAMA
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti
ma’lumotlariga
ko‘ra,
autistik spektr buzilishi
holati har 160 bolaning birida uchraydi va AASB bo‘lgan bolalar soni geometrik
progressiyada o‘sib bormoqda. AQSHda bu muammo yetarlicha keng yoritilgan hamda
Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazining
ma’lumotlari
shuni ko‘rsatadiki,
2008 yilda 125 nafar bolaga bir nafar AASB bo‘lgan bola to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2018
yilda allaqachon 59 boladan biriga autizm tashxisi qo‘yilgan.
Rossiyada so‘nggi besh yil ichida autizmi bor insonlar soni 2014 yilda ro‘yxatga
olingan 13897 kishidan 2018 yilda 31415
kishiga
ko‘paydi
. Afsuski, kam va o‘rtacha
daromadli mamlakatlarda xabardorlikning past darajada ekani,
mutaxassislarning
yetishmasligi, diagnostika vositalarining yo‘qligi va daromadlarning o‘rtacha darajada
ekani tufayli autizmning tarqalganligi to‘g‘risida kamchilik biladi.