«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 3




Download 402,1 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana14.05.2024
Hajmi402,1 Kb.
#232763
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
aqli-zaif-o-quvchilarni-ijtimoiy-moslashtirishning-pedagogik-sharoitlari

Na statistika, na mutaxassislar
O‘zbekistonda rivojlanishda o‘ziga xosliklari bo‘lgan bolalarning turli xil toifalar 
(AASB, Daun sindromi, DEGS, disleksiya va boshqalar) bo‘yicha aniq soni 
to‘g‘risidagi rasmiy statistik ma’lumotlar yo‘q. Davlat statistika qo‘mitasi 2000 yildan 
beri «jismoniy yoki aqliy rivojlanishida og‘ish» bo‘lgan o‘quvchi-bolalar soni 
to‘g‘risida ba’zi ma’lumotlarni taqdim etib 
kelmoqda
. XTV rasmiy saytida «Imkoniyati 
cheklangan shaxslar uchun» 
bo‘limi
 mavjud, ammo u yerda bunday o‘quvchilar soni 
to‘g‘risida ma’lumot yo‘q. Faqatgina Sog‘liqni saqlash vazirligiga yozma so‘rov orqali 
biz 2013 yildan 2019 yilgacha bo‘lgan davrda bolalar serebral sholligi (BSSH) bo‘lgan 
bolalar haqidagi ba’zi ma’lumotlarni olishga muvaffaq bo‘ldik xolos. Autizmi bor 
bolaning otasi va O‘zbekistonda AASBga uchragan bolalar huquqlarini himoya qilish 
bo‘yicha ijtimoiy faol Farhod Ortiqboyevning 
so‘zlariga
 ko‘ra, autizmi bor 400 ga yaqin 
bola Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazida (RBIMM) ro‘yxatga olingan 
bo‘lib, ularning aksariyati Toshkentda istiqomat qiladi. Biroq shaxsan uning o‘zi 
bunday bolalari bo‘lgan 1000 dan ortiqroq oilalarni biladi. 
Aslida ular soni ko‘proq, ammo ota-onalar ko‘pincha bolalarini yashirishadi. Eng 
asosiysi, 
bizda 
“autizm/autistik 
spektrning 
buzilishi” 
tashxisini 
qo‘ya 


www.scientificprogress.uz 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 3
43
 
oladigan mutaxassis deyarli yo‘q. Bunday mutaxassislarni barmoqlar bilan sanash 
mumkin! Viloyatlarda esa ota-onalar qayerga murojaat qilishni, qayerda to‘g‘ri tashxis 
qo‘yilishini va bu bilan qanday ishlash kerakligini bilishmaydi», - deydi XTV 
mutaxassisi Farhod Ortiqboyev. Yana bir muammo - odatiy maktablar sharoitida ta’lim 
olishda qiynalayotgan o‘quvchilarni individual qo‘llab-quvvatlaydigan tyutorlarning 
(inglizcha tutor – “pedagog-murabbiy”) yetishmasligi. Ota-onalar bu muammoni o‘z 
moddiy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda hal qilishga majbur. Hozirgi vaqtda 
rivojlanishda o‘ziga xosliklari bo‘lgan bolalar bilan ishlash tajribasiga ega defektologlar 
yoki psixologlar bu vazifani tijorat asosida amalga oshirmoqdalar. 
NATIJA
“Tyutorlik lavozimi xodimlar shtat jadvaliga kiritilishi hamda ushbu lavozimga 
qabul qilinadigan mutaxassis rivojlanishda o‘ziga xoslikka ega bolalar bilan ishlash 
va ularning muvaffaqiyatli integratsiyasi uchun sharoitlarni yaratish borasida 
ma’lumotga ega bo‘lishi zarur. Ideal holatda tyutorlar pedagogika oliy ta’lim 
muassasalarida tayyorlanishi kerak, ammo bizda bu haqda gap-so‘z ham bo‘lgani yo‘q. 
Hozircha faqat Oliy ta’lim vazirligi bilan fan o‘qituvchilari uchun inklyuziv ta’lim 
bo‘yicha 24 soatlik dasturni joriy etish to‘g‘risida muzokaralar olib bordik, biroq 
bilishimcha bu dastur joriy etilgani yo‘q”, - deydi o‘zbekistonda tavallud topgan, 
hozirda Yangi Zelandiyaning Vaykato universiteti inklyuziv ta’lim sohasida tadqiqot 
olib borayotgan Galina Nam. Afsuski, tyutor lavozimi umumiy maktablarni qo‘ying, 
hattoki umumta’lim jarayoniga rivojlanishda o‘ziga xosligi bo‘lgan bolalar 
kiritilgan 
tajriba
 maktablarimizda ham ko‘zda tutilmagan. Galina Namning so‘zlariga 
ko‘ra, tyutor vazifasini odatda bolaning ota-onasi bajaradi, bu esa, so‘zsiz, ularning 
shusiz ham qiyin bo‘lgan hayotiga yanada murakkablashtiradi. Ota-onalar uchun 
qiyinchilik shundan iboratki, birinchidan ular juda charchashgan. Ikkinchidan, ular 
nafaqat farzandiga darslarni o‘zlashtirishga yordam beradilar, balki uni qolgan 
sinfdoshlaridan ham himoya qiladilar. Ayrim hollarda volontyor yoki amaliyotchi tyutor 
sifatida ish olib boradi. Bunday amaliyot Samarqandda joriy etildi, u yerda volontyorlar 
tyutorlikka taklif qilindi, Urganchda esa pedagogika OTMlari talabalari amaliyot o‘tash 
davrida tyutorlik bilan shug‘ullanishdi. «Buni vaqtinchalik qaror sifatida ko‘rish 
mumkin, biroq mening nazarimda, ushbu holatlarning hech birini ta’lim olishga 
qiynaluvchi o‘quvchilarni samarali va barqaror individual qo‘llab-quvvatlash sifatida 
ayta olmaymiz», - deya xulosa chiqaradi Galina Nam. 
Bizning maqsadimiz, bu - tayanch-harakat apparati, eshitish, va ko‘rish 
nuqsonlari bo‘lgan yoki rivojlanishda o‘ziga xosligi bo‘lgan barcha uchun inklyuziv 
jamiyat barpo etish va inklyuziv ta’limni rivojlantirishdan iborat. Mazkur maqsadga 
erishish uchun nogironligi va rivojlanishda o‘ziga xosligi bo‘lgan bolalar imkoniyatlari 


www.scientificprogress.uz 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 3

Download 402,1 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 402,1 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 3

Download 402,1 Kb.
Pdf ko'rish