• ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Ota-ona - o‘z farzandining eksperti
  • «scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 3




    Download 402,1 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/6
    Sana14.05.2024
    Hajmi402,1 Kb.
    #232763
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    aqli-zaif-o-quvchilarni-ijtimoiy-moslashtirishning-pedagogik-sharoitlari

    41
     
    Keywords:
    mental retardation, adaptation, socialization, Autism or Autistic, 
    Asperger syndrome, tutor, inclusive education, disability, Down syndrome, DEGS, 
    dyslexia, cerebral palsy in children 
    KIRISH 
    “Biz XXI asrda - IT-texnologiyalar juda rivojlangan va bolaning “aqlan zaif” yoki 
    boshqa qandaydir bir rivojlanishdagi o‘ziga xosliklarini muhokama qilish emas, balki 
    unga ko‘proq narsalarni berish va kuchli tomonlarini rivojlantirish imkoniyatlari mavjud 
    bo‘lgan davrda yashamoqdamiz. Ba’zida hatto “oddiy” odamlar nimadir qila oladi
    nimanidir qila olmaydi. Bolaning imkoniyatlaridan kelib chiqish kerak!” - deb 
    hisoblaydi mazkur soha mutaxassislari. 
    ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
    Ota-ona - o‘z farzandining eksperti
    «Biz ota-onalar sifatida farzandlarimizni - ularning kuchli va zaif tomonlarini 
    yaxshi bilamiz. Biroq hech kim bizning fikrimizni so‘ramaydi. Hech kim bizga 
    bolalarimiz uchun ishlab chiqilgan rejalar va o‘quv dasturlarini ko‘rsatmaydi. Ta’lim 
    sohasi vakillari ko‘pincha bolani tarbiyalash va unga ta’lim berish to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
    oilaga - ota-onalar/vasiylar yoki qarindoshlarga bog‘liq deb ta’kidlashadi. 
    Amaldorlarning bolalar rivojlanishida ota-onalarning o‘rni muhimligini ta’kidlashlariga 
    qaramay, aslida juda kamchilik ularning fikri va ovozini inobatga oladi. Har bir ota-ona 
    o‘z farzandining «mutaxassisi» ekanligini tan olish muhim hamda ular o‘quv 
    dasturlarini ishlab chiqishda bevosita jalb etilishi va bolalarining ehtiyojlarini o‘rganish 
    bo‘yicha birgalikda tadqiqotlar o‘tkazishlari kerak. Xorijiy mamlakatlarda o‘zlarining 
    manfaatlarini mustaqil ilgari sura olmaydigan va huquqlarini himoya qila olmaydigan 
    nogironligi bo‘lgan bolalarning ota-onalari tashkilotlari faoliyati keng yo‘lga qo‘yilgan. 
    Masalan, butun Rossiya bo‘ylab o‘zining hududiy filiallariga ega bo‘lgan Butunrossiya 
    nogiron bolalarning ota-onalari tashkiloti (VORDI) mavjud, VORDI ota-onalarni 
    «bolalarining hayot sifatini yaxshilash uchun qonunchilik va amaliy o‘zgarishlarni 
    harakatlantiruvchi kuch» deb hisoblaydi. Afsuski, O‘zbekistonda hanuzgacha ushbu 
    yo‘nalish va miqyosda faol bo‘lgan bu kabi tashkilotlar yo‘q. 

    Download 402,1 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 402,1 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 3

    Download 402,1 Kb.
    Pdf ko'rish