«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 3




Download 402,1 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana14.05.2024
Hajmi402,1 Kb.
#232763
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
aqli-zaif-o-quvchilarni-ijtimoiy-moslashtirishning-pedagogik-sharoitlari

44
 
haqidagi qotib qolgan tushunchalarni (stereotiplarni) parchalash hamda jamiyatdagi 
mavjud to‘siqlarni buzib tashlash lozim. O‘zbekiston 2009 yilda imzolagan va haligacha 
ratifikatsiya 
qilmagan 
BMTning 
“Nogironlar 
huquqlari 
to‘g‘risida”gi 
konvensiyasining
 24-moddasida 
“Ishtirok 
etuvchi 
davlatlar 
nogironlarning ta’lim olish huquqini tan oladilar. Ushbu huquqni kamsitishsiz va teng 
imkoniyatlar asosida amalga oshirish uchun ishtirokchi davlatlar barcha darajalarda 
va butun hayoti davomidagi inklyuziv ta’limni ta’minlaydilar”, deb yozilgan. 
Nogironligi bo‘lgan bolalarni nogironligi sababli umumiy ta’lim tizimidan chiqarib 
bo‘lmaydi va ularning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda oqilona sharoitlar 
bilan ta’minlanishi kerak. O‘ziga xos ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar ko‘p 
hollarda aksariyat insonlardagi stereotip va noto‘g‘ri qarashlar, ta’lim olishi qiyin 
bo‘lgan bolalarni yaxshi bilmaslik, ularning real imkoniyatlari va kuchli tomonlarini 
inkor qilish kabi holatlar sababli ta’lim olmay qolishlarini e’tirof etadilar. Ularning ota-
onalari o‘z farzandlarining sifatli va inklyuziv ta’lim olish huquqini qanday himoya 
qilishni bilmaydilar. Ayniqsa, mutasaddi vazirlik va tashkilotlar amaldorlari tomonidan 
noto‘g‘ri munosabat mavjud bo‘lgan bir vaqtda ta’lim va ijtimoiy himoya tizimlari 
qarshisida qo‘rquv his etadilar. 
XULOSA
Ta’lim dasturlari va jarayonida jismoniy holati yoki rivojlanishdagi o‘ziga 
xosliklardan qat’i nazar, har bir o‘quvchining individual ehtiyojlari hisobga olinishi 
lozim. Biz bolalarni nogironlik alomatlari bo‘yicha kamsitishimiz emas, balki ularga 
olishlari mumkin bo‘lgan har narsani berishimiz kerak. Ta’lim dasturini rivojlantirib, 
qamrovini oshirishni xohlar ekanmiz, «bitta dastur barcha uchun» tamoyilining 
allaqachon eskirgani va bugungi kun talablariga javob bermasligini tan olishimiz zarur. 
Buning uchun bolaning o‘ziga xosliklaridan kelib chiqqan holda individual ta’lim 
dasturini shakllantirish lozim. «Inklyuziya ta’lim to‘g‘risidagi asosiy qonunda 
maktabgacha ta’limdan boshlab barcha huquqlar mustahkamlangan bo‘lsagina 
rivojlanishi mumkin. Aks holda barcha qonunosti hujjatlari “sandiqda chang bosib 
yotaveradi”. Ota-onalar o‘z farzandlarining qiziqishidan kelib chiqqan holda ularni 
ixtisoslashgan va umumta’lim maktablarida o‘qishlarini tanlash hamda umumta’lim 
maktablarida qonuniy huquqlari bo‘lgan maxsus sharoitlar yaratilishini talab qilish 
imkoniyatiga ega bo‘lsalar, o‘shandagina haqiqatdan ham yaxshi tomonga o‘zgarishlar 
boshlanadi!» - deydi «Buyuk kelajak» eksperti Odila Atabayeva. 
2030-yilgacha 
O‘zbekiston 
xalq 
ta’limi 
tizmini 
rivojlantirish 
konsepsiyasida
 inklyuziv ta’lim dasturlari yetarlicha rivojlanmagani 
hamda moslashtirilgan umumta’lim dasturlarini ishlab chiqish, OTM dasturlarida 
inklyuziv ta’lim bo‘yicha o‘qituvchilarni maxsus tayyorlash zarurligi qayd etilgan. 


www.scientificprogress.uz 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 3

Download 402,1 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 402,1 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 3

Download 402,1 Kb.
Pdf ko'rish