• Abu Rayhon Beruniy
  • Buyuk qomusiy olimlar Abu Nasr Forobiy va Abu Rayhon Beruniy kasb-hunar to‘g‘risida




    Download 43,37 Mb.
    bet10/201
    Sana20.06.2024
    Hajmi43,37 Mb.
    #264727
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   201
    Bog'liq
    «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi

    2. Buyuk qomusiy olimlar Abu Nasr Forobiy va Abu Rayhon Beruniy kasb-hunar to‘g‘risida

    Buyuk qomusiy olim Abu Nasr Forobiy kasb-hunar to‘g‘risida ilk fikrlarini bildirib, qimmatli maslahatlar bergan, chunonchi, ta’lim so‘z va ko‘nikmalar majmui, tarbiya esa amaliy malakalardan iborat ish-harakat ekanligini, muayyan kasb-hunarni o‘rganishga berilgan, u bilan qiziqqan kishilar shu kasb-hunarning chinakam shaydosi bo‘lishini aytgan. Bu mulohazalardan anglanib turibdiki, alloma kasb-hunar insoniyat uchun azaldan juda zarur hayotiy vosita bo‘lib kelganini tan olgan.


    Forobiy ta’lim-tarbiya ta’limotining asosi komil insonni shakllantirish, bunda yoshlarga o‘z vaqtida o‘rinli ta’lim va tarbiya berish, ularni kasb-hunarga yo‘llash orqali baxt-saodatga erishtirish, jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga yordam berish g‘oyasidan iborat.
    Sharqda birinchi bo‘lib yer va osmon globusini yasagan Abu Rayhon Beruniy ilm fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shish bilan bir qatorda, ta’lim-tarbiyani amalga oshirish usullari, metodlarini ham ko‘rsatib o‘tgan. Eng muhimi, mutafakkir inson kamolotida, mehnat va mehnat tarbiyasi haqida muhim fikrlarni bayon etadi. U har bir hunar egasining mehnatiga qarab turlarga bo‘ladi. Og‘ir mehnat sifatida binokor, ko‘mir qazuvchi, hunarmand va fan sohiblari mehnatini keltiradi. Ayniqsa, ilm ahli olimlar mehnatiga alohida e’tibor berish, hayrixoh bo‘lishga chaqiradi, ularni ma’rifat tarqatuvchilar, jamiyat ravnaqiga hissa qo‘shuvchilar deb biladi.
    Olim bolalarni mehnatga o‘rgatish metodlari, yo‘llari haqida ham fikr yuritadi. Masalan, bolalarni eng kichik yoshdan mehnatga o‘rgatish kerak, deydi. Mehnat tarbiyasida o‘sha davr an’anasiga ko‘ra vorislikka katta ahamiyat beradi. Beruniyning “Mineralogiya” asarida hunarmandchilikka oid, shogird tayyorlash jarayoni, ustalarning hunar o‘rgatish metodlari haqida ham qimmatli fikrlar bayon etilgan. Bunda shaxsiy namuna metodidan foydalanilgan. Ish jarayoni bevosita ham nazariy, ham amaliy jihatdan ustaxonaning o‘zida bajarilganligi shogirdlarning malakali usta bo‘lib yetishishida katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Beruniy inson har tomonlama kamolga yetishishi uchun u ilmli bo‘lishi bilan birga mehnatsevar va hunar egasi bo‘lishi ham kerak deydi.
    Beruniyning pedagogik ijodida inson va uning baxti-saodati, ta’lim-tarbiyasi, kasb-hunar egallashi va kamoloti bosh masala bo‘lgan. Beruniy insonni tabiatning bir qismi deb biladi. Tabiatni va jamiyat ilmini o‘rganishda “o‘zim tekshirib ko‘rmaguncha ishonmayman” degan shiorga butun umr amal qiladi. Umuman olganda Abu Rayhon Beruniyning pedagogik – psixologik qarashlari asosan, oilada bola tarbiyasi, aqliy ta’lim, ahloqiy va jismoniy ta’lim, mehnat va insonparvarlik tarbiyalaridan iborat bo‘lgan.

    Download 43,37 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   201




    Download 43,37 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buyuk qomusiy olimlar Abu Nasr Forobiy va Abu Rayhon Beruniy kasb-hunar to‘g‘risida

    Download 43,37 Mb.