Ibn Sino va Yusuf Xos Hojibning mehnatsevarlik tarbiyasi borasidagi fikrlari




Download 43,37 Mb.
bet11/201
Sana20.06.2024
Hajmi43,37 Mb.
#264727
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   201
Bog'liq
«servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi

3. Ibn Sino va Yusuf Xos Hojibning mehnatsevarlik tarbiyasi borasidagi fikrlari

Sharqning ulug‘ allomalaridan biri “Shayx-ar-Rais” nomi bilan mashhur bo‘lgan Abu Ali Ibn Sinodir. Mutafakkirning pedagogik-psixologik qarashlari ilmiy asosda qurilgan bo‘lib, u bolaning fe’l-atvori va tasavvurlarini shakllantirishda umuminsoniy g‘oyalar qo‘llanishini ta’kidlagan hamda murabbiy, ota-onalarga bolani qattiq tan jazosidan ko‘ra, shaxsiy ibrat orqali voyaga yetkazish ma’qulligini ko‘rsatadi.


Mutafakkirning “Donishnoma”, “Risolai ishq”, “Uy xo‘jaligi”, “Tib qonunlari” asarlari xalqimiz odob axloq psixologiyasi va tabobat olamida alohida o‘rin tutadi.
Ibn Sinoning mehnatsevarlik tarbiyasi borasidagi fikrlari ham diqqatga sazovordir. Jumladan, u har bir bolani biror hunarga o‘rgatmoq shart, deydi. Yosh yigit biror hunarni o‘rgansa, uni hayotga tatbiq eta olsa va mustaqil hunar orqali oilani ta’minlaydigan bo‘lsagina, otasi uni uylantirib qo‘ymog‘i lozim, deb hisoblaydi. O‘spirin hunar egallashi bilan unda nafaqat axloqiy hislar, balki xarakterning irodaviy xislatlari ham tarkib topa boshlaydi. Hunar egallash orqali o‘spirinlarda sabr-bardoshlik, chidamlilik, mehnatsevarlik, ishbilarmonlik, tadbirkorlik, zukkolik kabi insoniy sifatlar shakllanadi.
Ibn Sino har bir insonning mijozidan kelib chiqqan holda kasb tanlashga alohida e’tibor berish kerakligini ta’kidlashi, uning yoshlarni kasb-hunarga yo‘llash masalalariga alohida e’tibor bilan yondashganini ko‘rsatadi. Uning fikricha, har bir inson faqat unga tegishli bo‘lgan xususiyatlargagina egadir, unga o‘xshagan insonlar kamdan-kam bo‘ladi.
Hozirgi davrda ham allomaning falsafiy-psixologik qarashlari ijtimoiy hayotimizda o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Uning tarbiya va mijoz xususidagi fikrlari alohida ahamiyatga ega bo‘lib, shaxslararo munosabatlar etikasiga munosib hissa bo‘lib qo‘shiladi. Olimning falsafa, mantiq, psixologiya, siyosiy-ijtimoiy fanlar bo‘yicha bizga meros bo‘lib qoldirgan asarlari bashariyat uchun dasturilamal sifatida xizmat qiladi.
XI asrning buyuk mutafakkiri Yusuf Xos Hojib o‘zining “Qutadg‘u bilig” asarida (1069 y) inson va uning hayotiga oid qarashlarini bayon etgan. Asar turkiy halqlarning qadimgi ta’lim va tarbiya usullari haqidagi ilk ma’lumotlarni saqlagani bilan juda ahamiyatlidir. U odamning Olloh tomonidan yaratilganligini hamda odamning dunyoga kelishi va uning kelajakda qanday odam bo‘lib voyaga etishi ajdodi va kelib chiqishiga nisbatan munosabatlariga bog‘liqligini aytib: “Kimning nasli otadan boshlab toza bo‘lsa, undan elga yaxshilik, ko‘p manfaatlar keladi”, deb hisoblaydi. Yusuf Xos Hojib insonga bilim nechog‘lik zarur bo‘lsa, kasb-hunar egallash ham shunchalik muhimligini asarida alohida ta’kidlaydi. Alloma jamiyat taraqqiyoti va xalq farovonligida muhim o‘ringa ega bo‘lgan dehqonlar, chorvadorlar, savdogarlar, tabiblar haqida ham muhim fikrlarni bayon etadi. Zero, u kasb-hunar jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, moddiy va madaniy taraqqiyotining o‘lchov birligi sanalishini yetarlicha anglagan. Yana allomaning fikricha, insonning ulug‘ligi aql-idroki, so‘zlash qobiliyati, bilimi, uquvi, kasb-hunarga egaligidadir,-deyiladi.
Mutafakkir ilm-fan, aql-zakovatga ega bo‘lishga inson ma’naviy kamolotining eng muhim va birinchi mezoni sifatida qaraganki, uning bu fikrlari hozirgi davrda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas.



Download 43,37 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   201




Download 43,37 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ibn Sino va Yusuf Xos Hojibning mehnatsevarlik tarbiyasi borasidagi fikrlari

Download 43,37 Mb.