«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi




Download 43,37 Mb.
bet125/201
Sana20.06.2024
Hajmi43,37 Mb.
#264727
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   201
Bog'liq
«servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi

Operativ xotira inson tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan faol tezkor harakatlar, usullar uchun xizmat qiluvchi jarayonni anglatuvchi mnemik holat operativ xotira deb ataladi. Hozirgi zamon psixologiyasida ushbu holatni namoyon qilish uchun quyidagi misol keltiriladi. Matematik amalni bajarishga kirishar ekanmiz, biz uni muayyan bo‘laklarga ajratib hal qilishni maqsad qilib qo‘yamiz. Shu boisdan oraliq natijalarni yodda saqlashga intilamiz, nihoyasiga yaqinlashgan sari ayrim materiallar esdan chiqa boshlaydi.
Mazkur holat matnni talaba yoki o‘quvchi tomonidan o‘qishda, uni ko‘chirib yozishda, ijodiy fikr yuritishda, aqliy faoliyatni amalga oshirishda yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Amerikalik Psixolog olimlar Devid G. Mayers “Psixologlar inson xotira tizimini qanday tasvirlashadi? Xotiraning qanday ishlash modeli bizga xotirani qanday tuzish va avvalgi holatiga qaytarish haqida o‘ylashimizga yordam beradi” deb yozadi. Devid G. Mayers “U xotiraga o‘ziga xos modelni tavsiya etadi. Odatda ko‘p uchraydigan birinchi model: kompyuterda axborot ishlash tizimining ba’zi jihatlari inson xotirasiga o‘xshash.
Biz har qanday hodisani eslashda: miyamizga ma’lumotlarni olamiz (kodlash), ma’lumotlarni mustahkamlaymiz (saqlash) keyinchalik u ma’lumotlardan foydalanamiz (qayta ishlash). Kompyuterda ham xuddi shunday ma’lumotlarni kodlash, saqlash va qayta ishlash mavjud. Kompyuterda ham ma’lumotlar kodlarda saqlanadi. Kompyuterga ma’lumotlar klaviaturda kiritilsa, miyada hissiy ma’lumotlarni kodlashtiradi. Kompyuterda ma’lumotlarni saqlashda chegaralar bor. Ammo kompyuter xotirasi biznikiga nisbatan aniq va mustahkam. Bundan tashqari kompyuter xotirasida ma’lumotlar jarayoni tez ammo inson miyasida bu jarayon sekin va bir vaqtning o‘zida ko‘p vazifalarni bajarishi mumkin. Psixologlar bir necha axborotni qayta ishlash modellarini taklif qilishmoqda.
Birinchi zamonaviy model: Muvofiqlik bir-biriga bog‘liq xotiralarning nerv tarmoqlarida paydo bo‘lishi. Muayyan xotiralar asosan shu operatorlar tarmog‘ida faollashadi.
Biroz eskiroq ammo oson bo‘lgan ikkinchi model: Richard Atkinson va Richard SHiffrinxotirani 3 bosqichda tashkil etishni taklif etdi:

Download 43,37 Mb.
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   201




Download 43,37 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi

Download 43,37 Mb.