|
«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi
|
bet | 127/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 43,37 Mb. | | #264727 |
Bog'liq «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasiAtkinson va SHiffrinning klassik 3 bosqichli modeli xotira jarayonini tushunishda yordam beradi ammo bugungi tadqiqotchilar uzoq muddatli xotiraning boshqa yo‘llarini ham topishdi. Masalan ayrim axborotlar xotiraning ongli ishtiroki orqali “orqa eshik”dan uzoq muddatli xotiraga o‘tadi. Ishchi xotirasida ko‘p va faol ishlash qisqa muddatli xotira bosqichida uchraydi. Doktor Penfild faoliyati davomida epilepsiya kasaliga chalingan bemori miyasining qaysi qismi jarohatlanganini bilish uchun miyasi qismlariga kichik elektr toklar jo‘natadi. Bemor og‘riq sezmaydi chunki miyada og‘riq sezuvchi nervlar yo‘q. Shunda bemor yoshligidagi voqealarni eslayotganini aytdi. Bu doktorning hujayralarga birma bir tegib chiqayotgani natijasi edi. Shundan keyin Penfild o‘z taklifini bildirdi, biz deyarli barcha ma’lumotlarni xotiramizda saqlab qolamiz, gap ularni qayta eslash uchun turtki berishda.
Xotira jarayoni
Xotira faoliyati esda qoldirishdan boshlanadi. Esda qoldirish idrok qilingan narsa va hodisalarni miya po‘stida iz hosil qilishdir. Uning fiziologik asosi miya po‘stida muvaqqat nerv bog‘lanishining vujudga kelishidir. Esda qoldirish o‘zining faolligi jihatidan ikkiga bo‘linadi:
a) ixtiyoriy esda qoldirish;
b) ixtiyorsiz esda qoldirish.
Ixtiyorsiz esda qoldirishda oldindan maqsad qo‘yilmaydi, mavzu tanlanmaydi va iroda kuchi sarflanmaydi. O‘zining go‘zalligi, hissiy ta’sirchanligi, hajmi, harakatchanligi, tezligi, shakli va boshqa xossalari bilan farq qiladigan narsa va hodisalar ixtiyorsiz esda qoladi. Masalan, tasodifiy hodisalar, karnay-surnay ovozi ixtiyorsiz esda qoladi.
Ixtiyoriy esda qoldirishda esa oldindan maqsad qo‘yib mavzu belgilanadi. Masalan, dars materiallarini esda olib qolish, imtihonga tayyorlanish va boshqalar. Ixtiyoriy esda qoldirishda quyidagi turli usullardan foydalaniladi:
− maqsad qo‘yish, masalan, institutga kirish oldidagi maqsad;
− o‘quv materiallarini tushunib esda qoldirish;
− esda qoldirishning ratsional usullaridan foydalanish, masalan, esga tushirish yo‘li bilan esda qoldirish.
Beixtiyor esda qoldirishda qiziqish katta rol o‘ynaydi. Bizning oldingi tajribamiz bilan bog‘liq narsa va hodisalar beixtiyor oson esda qoladi. Biz ba’zi bir faktlarni bilsak, ular haqida tushunchaga ega bo‘lsa, shu faktlarga tegishli bo‘lgan hamma narsalar oson esda qoladi.
|
| |