|
-rasm Esda olib qolish jarayoni
|
bet | 129/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 43,37 Mb. | | #264727 |
Bog'liq «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi47-rasm Esda olib qolish jarayoni
Jahon psixologiya fani to‘plagan ma’lumotlarga qaraganda o‘zlashtirilayotgan materialni mexanik tarzda egallashga nisbatan uning ma’nosini tushunib o‘zlashtirish bir necha marta mahsuldordir.
Esda olib qolish jarayonida o‘zlashtirilayotgan materialning ma’noga ega bo‘lishi yoki bo‘lmasligi muhimdir. Assotsiativ psixologiya maktabining vakili, taniqli psixolog G.Ebbingauz jahon psixologiyasida birinchi bo‘lib 1885 yilda oliy ruhiy jarayon bo‘lgan xotirani, 1888 yilda intellektni ilmiy tajriba metodi negizida tekshirdi va keng ko‘lamda turmushga tatbiq etdi. U xotira jarayonini tajriba orqali tekshirishning asosiy yo‘nalishini ishlab chiqdi. Xotirani «sof» ko‘rinishda o‘rganishga harakat qilib ma’no kasb etmaydigan bo‘g‘inlardan foydalandi. Uning bu tadqiqoti kishining mantiqiy xotirasi emas, balki mexanik xotirasiga nisbatan qo‘llanishiga xos to‘g‘ri yo‘nalishdir.
G.Ebbingauzning bu tadqiqoti psixologiyada introspektiv (o‘z-o‘zini kuzatish yoki ichki kuzatish) metodiga qarama-qarshi qo‘yilgan ilmiy tajribaviy metod yutug‘i sifatida ilmiy-amaliy ahamiyatga egadir. U xotira jarayonini tekshirishda o‘z oldiga 38 ta ma’no anglatmaydigan bo‘g‘inlardan tuzilgan materialni esda olib qolishni maqsad qilib qo‘ygan. Bu materialni o‘zlashtirish o‘rtacha 55 marta takrorlashni talab qiladi. Esda olib qolish uchun 38-40 so‘zdan, 11 ta so‘z o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan so‘zlardan foydalangan. Bu materialni o‘zlashtirish 6-7 marotaba takrorlashni talab etgan, umumiy hisob esa 9÷1 nisbatga to‘g‘ri keladi.
Rus psixologlari tadqiqotlarining natijalari ma’noga ega bo‘lgan materialni o‘zlashtirishda esda olib qolish uchun turli xil yo‘nalish, ko‘rsatma berish muhim ahamiyat kasb etadi, degan fikrni tasdiqlaydi. A.N.Leontev, S.L.Rubinshteyn, P.A.Ribnikov va boshqalar bolalarning xotira faoliyatini o‘rganganlar. Shuningdek, ular o‘qish faoliyatiga asoslangan holda maktab o‘quvchilarida tekshirish ishlarini olib borganlar.
I.P.Zinchenko, M.N.SHardakov, A.I.Lipkinalar tadqiqot ishlarining aksariyati shunga bag‘ishlangan bo‘lib, turli materialni esda olib qolishda tushinishning ahamiyati muhimligini tasdiqlashga intilgan. Bu materialni esda olib qolishga to‘g‘ri yo‘nalish berilishining natijasida material mazmunini tushunib olgan hamda esda olib qolish tezligi, aniqligi, mustahkamligi va to‘liqligi ta’minlanadi.
A.A.Smirnovning ta’kidlashicha, shu davrgacha hech kim hech bir ilmiy adabiyotlarda bolalarga va quyi sinf o‘quvchilariga ahamiyatli bo‘lgan materialni mexanik tarzda esda olib qolishlari ko‘rsatilmagan.
Nemis psixologi Vilyam SHtern (1871-1938) fikricha, bolalarda ham katta yoshdagi odamlarda ham ma’nosiga tushunib o‘zlashtirishga nisbatan mexanik egallash kam miqdordir. Bu mulohaza haqiqatdan ham to‘g‘ri, Meymon fikriga ko‘ra, inson ulg‘ayishi bilan ma’nosiz materialni esda olib qolish kamayib boradi va kam samara beradi, lekin ma’noga ega bo‘lgan bilimlarni esda olib qolishi esa sezilarli darajada rivojlanib boradi. Shunga o‘xshash omillar boshqa psixologlar tomonidan ham to‘plangan bo‘lib, bu haqda boy materiallar umumiy psixologiya xrestomatiyalarida o‘z aksini topgan.
A.A.Smirnov ma’no anglatmaydigan bo‘g‘inlarda va ma’no kasb etuvchi so‘zlardan tuzilgan material asosida tekshirish o‘tkazgan. Katta va kichik yoshdagi ixtiyoriy va ixtiyorsiz esda olib qolishni alohida tekshirish har ikkala yosh davrida mazmunli va mazmunsiz materiallarni esda olib qolishning munosabatini tekshirish maqsad qilib qo‘yilgan.
Ma’no kasb etgan materialni esda olib qolish yosh bolalarga nisbatan kattalarda ustunligi lekin, ma’nosiz materialni esda olib qolish kichik yoshdagi bolalarga qaraganda kam samara bermasligi aniqlangan. Ma’nosiz bo‘g‘inlar nafaqat kichik yoshdagi bolalarda, balki katta yoshdagilarda ham yaxshi o‘zlashtiriladi.
A.N.Leontev tadqiqot ishlarida katta yoshdagilarning ma’nosiz bo‘g‘inlardan tuzilgan materialni yaxshi, puxta esda saqlab qolishi ta’kidlangan. Katta yoshdagilar ma’nosiz bo‘g‘inlarni qandaydir mazmun bilan tez va oson bog‘lay oladilar. Shuning uchun ularda bolalarga nisbatan kuchliroq ma’no kasb etadi. Shuningdek, ma’no anglatmaydigan materialni o‘zlashtirish jarayoni tez ko‘chadi, mahsuldorroq bo‘ladi. Ma’nosiz materiallarni egallash uchun iroda kuchi, irodaviy sifatlar muhim ahamiyatga egadir.
Esda olib qolishga hech qanday yo‘nalish berilmay, materialni yaxshi olib holinishi kishining jadal faoliyati bilan bog‘liq. Ixtiyorsiz esda olib qolish faol irodaviy kuch sarflash hisobiga amalga oshadi. A.A.Smirnov ma’noli materialni esda olib qolishning bolalar uchun engil ko‘chishi ularning yosh xususiyatlariga bog‘liq narsa emasligini ta’kidlab o‘tadi. Chunki bolalar hali tushunib olmagan materialni go‘yo ma’nosi yashirinib yotgandek qabul qiladilar. Matn ma’nosining noma’lumligi unga nisbatan qiziqish, bilishga intilish mazmunini izlashga talabchanlikni uyg‘otadi. Odatda ma’nosiz so‘zlarni laboratoriya sharoitiga qaraganda kundalik turmushda puxtaroq eslab qolinadi.
Qator psixolog olimlarning mulohazalariga binoan: 1) materialni esda olib qolish darajasi yosh davrlari xususiyatiga ega emas, balki uning yakkahol shaxsiy xususiyatlariga bog‘liqdir; 2) mexanik esda olib qolishning odat tusiga kirib qolishi ham yosh davrlarining xususiyati emasdir; 3) so‘zlarni esda olib qolish, mexanik esda olib qolishning biron-bir xususiyatidir.
|
| |